Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784



Yüklə 411,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix19.12.2023
ölçüsü411,53 Kb.
#152664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
vitaminlarning-inson-hayotida-tutgan-o-rni

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(1), Jan., 2023 
289 
Vitaminlarning biosintezi - deyarli barcha vitaminlar o’simlik organizmida 
sintezlanadi. Faqat vitamin A va D ni hosil qiladigan birikmalar - provitaminlar 
o’simlik to’qimalarida sintezlanib, hayvon organizmiga o’tgandan so’ng ular o’z 
vitaminiga aylanadi. O’simlik to’qimalarida vitaminlar biosintezining borishi 
hanuzgacha tajribalarda to’la aniqlangan emas. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Inson kundalik hayotida turli xil narsalarni iste’mol qilishi mumkin. Uning 
tarkibida esa turli xil moddalar va vitaminlar mavjud. Inson organizmi uchun A, B, 
B1, B2, B6, B12, C, D, PP, K vitaminlari nihoyatda zarurdir. Ularning ta’siri inson 
organizmi faoliyatida juda muhim rol o’ynaydi. Agar mazkur vitaminlardan birortasi 
yetishmasa, inson organizmida turli xastaliklarning kelib chiqishiga sharoit tug’iladi.
A vitamini.
Agar inson organizmida bu vitamin kamayib ketsa, uning ko’rish 
qobiliyati pasayadi, jumladan, qorong’i bo’lganda ko’ra olmay qoladi. Shabko’rlik 
ham organizmda ana shu vitamin yetishmasligi natijasida paydo bo’lishi aniqlangan. 
Bundan tashqari, A vitamini yetishmasligi oqibatida kishi tanasi sho’rlaydi, 
sochlar tagi qurib ketadi, tirnoq esa yumshab qoladi. Bu vitamin ko’proq sabzi, 
pomidor, ko’k no’xat, qovun, apelsin hamda sut mahsulotlarida bo’ladi. 
B1 vitamini
va uning guruhi kamayib ketsa, kishida parishonxotirlik ro’y 
beradi, xotira pasayadi, asablari tez shamollaydigan bo’lib qoladi va ishtahasi 
bo’g’iladi. Bu darmondori suli, arpa non, qo’y go’shti va yana boshqa bir qator 
mahsulotlarda bo’ladi. 
B2 vitamini
inson organizmida kamayib ketsa, ko’z yoshlanaveradi, kamqonlik 
kelib chiqadi, kishi darmonsizlanadi, lablari bichilib ketadigan bo’lib qoladi, lablar 
ustida ajinlar ham paydo bo’ladi. U tuxum, qo’y go’shti, xamirturush va pishloqda 
bo’ladi. 
B6 vitamini
organizmda kamayib ketishi natijasida kishi yuragi o’ynaydigan 
bo’lib qoladi. U arpa non, karam, sabzi, qovoq, suzma, pishloq va baliqda bo’ladi. 
C vitamini
inson organizmida kamayib ketsa, milklarda og’riq paydo 
bo’ladi, bo’g’imlar og’riy boshlaydi, yaralar tez bitmaydi va kishi tez charchaydigan 
bo’lib qoladi. U kartoshka, karam, bulg’or qalampiri, turli xil oshko’klar, qulupnay, 
limon va apelsinda ko’p miqdorda uchraydi. 
D vitamini
inson organizmida yetishmasligi oqibatida uni oftob tez uradigan 
bo’lib qoladi, sochlari to’kila boshlaydi. Bu vitamin sut mahsulotlarida ko’proq 
bo’ladi. 
K vitamini
yetishmasligi oqibatida inson ichak, jigar va buyrak xastaliklariga 
ko’proq chalinadi, qon yaxshi ivimaydi. Bu vitamin piyoz, karam, qovoq, ko’k 
no’xat, loviya, ko’katlar, jigar va tuxumda mavjuddir. 



Yüklə 411,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə