O‘rolov Bobur Nurali o‘g’lining



Yüklə 70,64 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü70,64 Kb.
#160120
1   2   3   4   5
Boburrr

Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq qaraladi. Chiziq sifatida to‘g‘ri chiziq yoki egri chiziq olinishi mumkin. Rastrli grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli grafikada esa tasvirlarni Yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo‘lgan chiziqlardan Foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Vektorli grafikaning afzallik tomoni tasvirning xotirada kamroq joy olishidir, chunki bu holda xotirada joy chiziq o‘lchoviga bog‘liq bo‘lmagan ravishda bo‘ladi. Buning sababi xotirada chiziqning o‘zi emas balki uni ifodalovchi formula yoki parametrlar saqlanishidadir. Vektorli grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi.
Ko‘pincha vektorli grafikani obyektga mo‘ljallangan grafika deyish mumkin. Chunki bunda, masalan, uchburchak hosil qilish uchun 3 ta chiziq (kesma)dan foydalanilsa, piramida hosil qilish uchun uni uchburchakdan foydalanibgina hosil qilish mumkin. Vektorli grafikani hisoblanadigan grafika deb ham atash mumkin, chunki tasvirni (obyektni) ekranga chiqarishdan awal uning koordinatalari hisoblanadi va mos nuqtalar hosil qilinadi.
Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik figuralarning xossalarini o‘rganish tashkil etadi. Ma’lumki, nuqta tekislikda 2 ta (x, у) koordinatasi bilan, to‘g‘ri chiziq kanonik ko‘rinishida y = kx + b (bunda к va b ixtiyoriy sonlar)da, kesma esa mos ravishda boshlang‘ich va oxirgi nuqtasini berish bilan tasvirlanadi. Egri chiziqlar ham mos ravishda o‘z tenglamalariga ega. Vektorli grafika, asosan, illustratsiyalar yaratish uchun yo‘naltirilgandir. Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyihalash byurolarida, nashriyotlarda va boshqa joylarda keng qo‘llaniladi. Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida
Adobe Illustrator 7.0, Macromedia Freehand 8.0 va Corel Draw 5.0 larni keltirish mumkin.

Fraktal grafikasi. Fraktal grafikasi asosan matematik amallar asosida grafik kompozitsiya tuzishda qo‘llaniladi. Bugungi kunda videoroliklar, kliplar, videoo‘yinlar yaratishda fraktal grafikasining o‘rni beqiyosdir. Fantastik janrdagi kinofil’mlarda yoki kompyuter o‘yinlarida atrof muhitning murakkab Xaitov Bafo Usmonovich «Kompyuter grafukasi» 10 kompozitsiyalari (o‘rmonlar, tog’lar, shahar qiyofasi va h.) yaratishda fraktal grafikasidan keng foydalaniladi. Fraktal grafikasining qo‘llanish printsipi proektiv geometriyaning qonuniyatlariga asoslangan bo‘lib, oddiy geometrik elementni o‘ziga o‘xshash akslantirishdan iborat. Aytaylik qish sovug’ida deraza oynasidagi naqshlar yoki kristal panjaralarning hosil bo‘lishi insonni ajablantiradi. Bunday hodisa va jarayonlrni kompyuterda modellashtirish, ularning formula asosida qonuniyatlarini topish bir qarashda matematik echimga ega emasday ko‘rinadi, lekin echimi oddiydan murakkablikka printsipi asosida yaratiladi. yuqorida keltirilgan misollarda agar diqqat bilan e’tibor qaratsangiz oddiy bir element, aytaylik bir dona qor parchasi xuddi shunga o‘xshash (katta yoki kichik, holati, rangi o‘zgargan) boshqa bir element bilan takrorlanadi. Bunday o‘xshash to‘plamlar fraktal to‘plamlar deb nomlanadi. Fraktallar bizga oddiy geometriyadan ma’lum bo‘lgan figuralarga o‘xshamaydi va ma’lum bir algoritmlar asosida quriladi. Fraktal grafikasida asosiy ob’ekt bu geometrik figura emas, balki matematik formuladir. Formuladagi koeffitsientlarni o‘zgartirish asosida mutlaqo boshqa bir kompozitsiyalarni yaratish mumkin bo‘ladi. Umuman oddiy qilib aytganda fraktallar – bu dastlabki figuraga nisbattan ko‘p marta qo‘llanilgan ma’lum bir almashtirish va o‘zgartirishlar demakdir.

Dastlabki fraktal geometriyasi g’oyalari XIX asrlarda vujudga kelgan. Kantor oddiy rekursiv (qaytariladigan) funktsiya orqali chiziqni chiziqlar to‘plamiga olib keldi, keyinchalik esa Benua Mandel’brot fraktal geometriyasiga asos soldi va fraktal iborasini kiritdi. Fraktal – lat. fractal bo‘lingan (qismlarga ajratilgan) ma’nosini bildiradi. Fraktalning yana bir izoh-tushunchalaridan biri bu – qismlardan iborat va har bir qismi yana bo‘linadigan geometrik figuradir. Har bir bo‘linadigan figura yaxlit figuraning kichraygan yoki o‘xshash nusxasidir. Fraktallarning asosiy xususiyati bo‘ o‘ziga o‘xshashlikdir.

Yüklə 70,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə