O’rta Maxsus Kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanishning ilmiy –pedagogik asoslari


Vaziyat bilan ishlashda talabalarga quyidagi uslubiy ko‘rsatmalar beriladi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə6/9
tarix17.09.2017
ölçüsü0,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Vaziyat bilan ishlashda talabalarga quyidagi uslubiy ko‘rsatmalar beriladi.

1. Keys bilan tanishish:

a) Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing.

b) Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling.

2. Berilgan vaziyat bilan tanishish:

d) Malumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing.

e) Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling.

f) Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying.

3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish:

Muammoli vaziyatni o‘rganish davomida talabalar quyidagi savollarga javob beradilar.



  1. Boshlang‘inch tashkiloti yetakchisi faoliyati nimalardan iborat?

  2. Yetakchi deganda sizda qanday tasavvur paydo bo‘ladi?

  3. Yetakchi o‘zida qanday xususiyatlarni o‘zida shakllantirishi lozim?

  4. Maktab o‘quvchilarning faolliyatidagi sustkashlikga nima sabab deb o‘ylaysiz?

4. Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarni tanlash hamda asoslashda talabalar quyidagi vazifalarni bajaradilar.

a) Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirish.

b) Muammoni yechish uchun barcha holatlarni o‘rganing, muqobil variyatlarni tahlil qilish.

c) Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida tayyorlash.

Yoshlar hayotida, ularning faolligini ta’minlashda boshlang’inch tashkilotlarining o‘rni kattadir, yetakchi ma’suliyati, uning qobiliyatlari, tashkilotchiligi, tashabbuskorligi jarayoni uyushtirishda zarurdir. Yuqorida keltirilgan vaziyatda yetakchi faoliyatidagi sustkashliklar va bu o‘quvchilar faoliyatida ta’siri keltirilgan. Vaziyatni yechish davomida talabalar o‘zlarining muqobil yechimlarini keltiradilar.

Dars ishlanmasi (8- ilovada) keltirilgan.

Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi fanidan “ Boshlang`ich tashkilot faollari tomonidan voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida huquq buzarliklarning oldini olish ishlarini olib borish” mavzusi asosida keys-stadi texnologiyasidan dars ishlanmasi (9-ilovada) keltirilgan.

Biz yuqorida pedagogika, tarbiyaviy ishlar metodikasi, kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi metodikasi, yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi fanlarining o‘quv dasturida keltirilgan mavzulari asosida, keys-stadi texnologiyasini qo‘llagan holda dars ishlanmalarini keltirib o‘tdik. Dars jarayonida keys-stadi texnologiyasidan foydalanish o‘quv samaradorligini oshiradi.

Talabalarda ta’limiy faоliyat natijasida shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi quyidagi mеzоnlar asоsida aniqlandi:

1.Talabalarda pedagogik fanlar bo‘yicha ilmiy-nazariy tushunchalarning shakllanganligi

2. Talabalar tafakkurida vaziyatlarga nisbatan muqobil yechimlar topish ko‘nikmalari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, jamoaviy birdamlik tushunchalari, oldindan kasbiy malakalarining shakllanganligi

3.Talabalarda manbalar ustida mustaqil ishlash, tadqiqоtchilik faоliyat ko‘nikmalarining shakllanganligi

4.Talabalarda mustaqil fikr va ijоdiy-izlanuvchanlik ko‘nikmalarining shakllanganligi


Ekspеrеmеnt bоsqichlari

Tоpshiriqlar

Nazоrat guruхlari

Ekspеrеmеntal guruхlar

Qayd etuvchi ekspеrеmеnt

I

II

III



IV


24%

22%


12%

7%


23%

20%


13%

6%


Tajriba umumlashtiruvchi ekspеrеmеnt

I

II

III



IV


25%

24%


12%

6%


26%

28%


18%

19%


Ko‘rinib turibdiki, pedagogik fanlaridan amaliy mashg’ulotlarni o‘tkazishda keys-stadi tехnоlоgiyasini qo‘llash natijasida talabalarda ta’limiy faоliyatga nisbatan mоtivatsiya оshdi, ularda mustaqil fikrlash, kasbiy faoliyatda uchraydigan vaziyatlarga nisbatan oldindan yechimlar topish malakalari shakllandi, mustaqil fikr va krеativlik ( ijоdkоrlik) ko‘nikma va malakalari rivоjlandi, pedagogik fanlarni o‘qitishda amaliy vaziyatlarni qo‘llash orqali kasbiy mahoratlarini mustahkamlandi va оngli egallashlari uchun muayyan pеdagоgik-psiхоlоgik sharоitlar yaratildi. Оlingan natijalarning statistik tahlili shuni ko‘rsatdigi, ta’lim samaradоrligi ekspеrimеntal guruhlarda nazоrat guruhlariga nisbatan 23% оshdi.


Xulosa

Pedagogik fanlarni o‘qitishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quv samaradorligini oshiradi, talabalarning bilim ko‘nikmalarini yanada rivojlantiradi.

III-bobda pedagogik fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasining ahamiyati ochib berilgan, bobning birinchi rejasida o‘quv jarayonida innovatsion texnologiyalarning qo‘llashning ahamiyati, sabablari keltirilgan. Shuningdek birinchi reja asosida pedagogik fanlar tarkibiga kiruvchi fanlar: pedagogika, tarbiyaviy ishlar metodikasi, kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi, yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi fanlari, o‘quv reja, o‘quv dastur, ishi dastur talablari asosida o‘rganilgan, ular uchun ajratilgan soatlar ko‘rsatib o‘tilgan. Pedagogik fanlarni o‘qitishda dastur talablariga binoan talabalar bilishi va egalashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar tahlil qilingan.

III-bobning ikkinchi rejasida tajriba –sinov ishlari keltirilgan. Pedagogik fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha Xiva pedagogika kolleji hamda Yangibozor Pedagogika va Sport kollejida tajriba sinov ishlari olib borildi. Tajriba-sinov ishlari ikkala kollejning “Boshlang’inch ta’lim” yo‘nalishi II-bosqich talablari o‘quv guruhlari bilan o‘tkazildi, guruhlar nazorat va eksperimental guruhlarga ajratildi.

Tajriba - sinov ishlarida pedagogik fanlarni o‘qitishda qo‘llaniluvchi usul va uslublar kuzatildi, tahlil qilindi. O‘quv guruhlarida dars o‘tish jarayonida yuzaga keluvchi muammolar o‘rganilgan va pedagogik fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasini qo‘llagan holda amaliy mashg’ulotlar tashkil qilindi.

Tajriba sinov natijalariga ko‘ra keys-stadi texnologiyasi qo‘llagan holda o‘tkazilgan amaliy mashg’ulotlar dars samaradorligini oshirgan va talabalarda kasbiy faoliyatga nisbatan ko‘nikmalar rivojlangan.



XULOSA

Ta’lim tizimida o‘quv samaradorligini oshirish, bilim oluvchilarni har tomonlama yetuk shaxs sifatida tarbiyalash muhim vazifalardan biridir. Aynan pedagogik texnologiyalar tarkibiga kiruvchi keys-stadi bugungi ta’lim tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda ta’lim tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil qilib uni jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish davom etmoqda. Shu kungacha ta’lim tizimida ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, unga oid o‘quv adabiyotlarni tayyorlash va amaliyotga tadbiq qilish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Dissertatsiya ishi mavzusi yuqoridagi talablar asosida shakllantirildi. kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarda keys-stadi texnologiyasini qo‘llash orqali talabalarni bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirish ishining asosiy maqsadi qilib olindi. Tezkor axborotlar almashuvi zamonasida yashayotgan har inson, amaliy, kasbiy faoliyatida bir muncha muammoli vaziyatlarga duch keladi, shunday paytda oldindan yechimi izlab topilgan vaziyatlardagi muqobil yechimlar qo‘l keladi.

Dissertatsiya ishi 3 bob, 6 band asosida shakllantirildi, ishning ilova qismida keys-stadi texnologiyasi asosida tuzilgan dars ishlanmalari, foydalangan adabiyotlar ro‘yxati keltirildi.

Dissertatsiya ishining birinchi bobida keys-stadi texnologiyasining tarixiy rivojlanishi, o‘rganilganlik darajasi, bugungi kundagi amaliy tadbiqi tahlil qilindi, zarur manbalar keltirilib o‘tildi.

Dissertatsiya ishining ikkinchi bobida keys-stadi texnologiyasining ta’limiy imkoniyatlari tahlil qilindi, texnologiyaning xususiyatlari, turlari, vaziyatni tahlil qilish , jarayoni tashkil qilish bosqichlari, o‘qituvchining o‘rni va ahamiyati to‘liq ochib berildi.

Dissertatsiya ishining uchinchi bobida pedagogik fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasi qo‘llashning pedagogik asoslari tahlil qilindi. Pedagogik fanlar bo‘yicha DTS, o‘quv reja, o‘quv dastur mezonlari o‘rganildi. O‘quv dastur mavzulari asosida pedagogika, tarbiyaviy ishlar metodikasi, kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi, yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi fanlaridan keys-stadi texnologiyasini qo‘llagan holda dars ishlanmalari tuzildi.

Tajriba-sinovlari Xiva Pedagogika kasb-hunar kolleji va Yangibozor Pedagogika va sport kollejlarida o‘tkazildi.

Bugungi kunda keys-stadi texnologiyasi barcha fanlarni o‘qitishda keng qo‘llanilib kelmoqda. Texnologiya o‘zining maqsad, vazifalari, tarkibi qismlari, o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuningdek keys-stadi texnologiyasi tashkil qilishda ma’lum bir oldindan tayyorlangan bosqichlarga amal qilindi va faoliyatda o‘qituvchining ham benihoya o‘rni kattadir. Bu jarayonda o‘qituvchi an’anaviy ta’limdan farqli ravishda faoliyat olib boradi, u boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi, tasdiqlovchi, baho beruvchi vazifalarni bajaradi.

O‘rta maxsus kasb –hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasini qo‘llash orqali talabalar kasbiy amaliy jarayonga tayyorlanadilar.

O‘rta maxsus, kasb-hunarkollejlarda pedagogik fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanishdan maqsad o‘quvchilarning bilimlarini ongli, faol va yuqori o‘zlashlashtirilishlarga erish va ularni mustaqil ilmiy-ijodiy izlanuvchanlik faoliyatga tayyorlash, kasbkor ko‘nikmalarini shakllantirish, ularda ijtimoiy-siyosiy onglilik, vatanparvarlik, ma’suliyatlilik sifatlarini tarbiyalashdan iborat.

Keys-stadi texnologiyasi asosida o‘qituvchi faoliyati tashkil qilish davomida o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘quv materialini shunchaki yetkazish bilan cheklanib qolmasdan, ularni birga fikrlashga, mushohada qilishga undaydi, faollashtiradi, o‘quv-bilish faoliyatlarini maqsadli tashkil qiladi. Nazariy ma’lumotlarning real jarayonlarga qay darajada to‘g’ri kelishini isbotlash maqsadida o‘quvchilar hamkorlikda faol izlanishlar olib boradilar, muammo yechimining turli variantlarini ishlab chiqadilar va eng maqbul usul va vositalarni tanlaydilar, natijalarni amaliy tadbiq qilishni o‘rganadilar.

Keyslarda keltirilgan vaziyatlarni tahlil qilish davomida o‘quvchilar birgalikda faol izlanadilar, vaziyatning yechimini qidiradilar, masalani hal qilishning turli variantlarini ilgari suradilar, tahlil qiladilar va eng maqbul variantlarini ilgari suradilar, tahlil qiladilar. Ularda shaxsiy tanqidiy munosabatlar tarkib topadi, mulohazalari asosliligini isbotlash uchun muayyan izlanishlar olib boradilar, bir qator ilmiy konsepsiyalar orasidan eng maqbulini tanlaydilar, qo‘lga kiritilgan natijalarni taqqoslaydilar, fikrlarni umumlashtirib, aniq xulosalarga kelinadi va faoliyat samarasini ta’minlashga xizmat qiladigan qarorlarni taxmin qilinadi va imkoniyat darajasida amalda qo‘llab ko‘riladi.

Bu jarayonda o‘quvchi bo‘lg’usi mutaxassis sifatida jarayoni keng tahlil qiladi, o‘quv axborotida keltirilgan ma’lumotlarga nisbatan ma’lum nuqtai-nazarni shakllantiradi, aniq dalilar asosida bahs-munozara yuritadi, dalillarning asosli yoki asosli emasligini haqida o‘ylab ko‘radi, o‘z faoliyatini iodiy tashkil qilishni o‘rganadi. Axborotlarni chuqur va keng qamrovli tahli qilish asosida o‘quvchining ilmiy tafakkuri rivojlanadi, mantiqiy izchilikda fikr yuritishni qobiliyatlari rivojlantiriladi.

Birinchi o‘rinda o‘quvchi muammo texnologiyasi, uning boshqa ta’lim texnologiyalaridan farqi, ta’limiy vazifalari, o‘quv didaktik masalalarini hal qilishdagi hamda bo‘lg’usi mutaxassisning kasbiy yuksalishidagi o‘rni kabi savollarga javob topishi kerak.

Ikkinchidan biz bilamizki, Pedagogika kollejlarida pedagogik fanlar tarkibiga kiruvchi fanlar “Pedagogika,” “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi”, “Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi” fanlari o‘qitilib keladi, aynan mana shu fanlarni chuqur egallashlari talabalar faoliyatida juda muhim. Shuning uchun ham yuqoridagi fanlarni o‘qitishda samarali texnologiyalarni qo‘llash, tadbiq qilish lozim.

Yosh pedagog jamoada, guruhda bir so‘z bilan amaliy jarayonda ko‘pgina muammolarga duch keladi, aynan shu muammoli vaziyatlarda u hamisha chora va imkon izlaydi. Shu o‘rinda keys-stadi texnologiyasining ahamiyati seziladi.

Mamlakatimizda ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor, Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g’amxo‘rlik, yoshlar bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar maqtasa arzigulikdir. Aynan bu jarayonda dars sifatini, yoshlar bilimini oshirish, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash, har qanday muammoning yechimini izlab topa oladigan avlodni tarbiyalash ta’lim oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Aynan shu maqsadlarni bajarishda keys-stadi texnologiyasining ahamiyati, o‘rni kattadir.

FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


  1. O’zbekiston Respublikasining qonunlari:

1. O‘zbеkistоn Rеspublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qоnuni “Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” - T., “Sharq”, 1997 yil, 20-29 betlar

2. O‘zbеkistоn Rеspublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»” to‘g’risidagi Qonuni. “Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” -T., “Sharq”, 1997 yil, 31-61 betlar

3. O‘rta maxsus kasb-hunarta’limining Davlat Ta’lim standartlari. T., 20 b.


II.O’zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari:

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16-fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g’risidagi” 25 sonli qarori J. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami -T., 2006- №2 -13 10-11b.

5. “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirishning Davlat umummilliy dasturi” to‘g’risidagi Prezident Farmoni “Ta’lim taraqqiyoti”J. 2004, 3 son, 26 b.

III. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning asarlari:

6. Karimоv I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” -T., “Ma’naviyat”, 2008 y, 173 b.

7. Karimоv I.A. “Barkamоl avlоd - O‘zbеkistоn taraqqiyotining pоydеvоri” - T., “O‘zbekiston”, 1997 y, 62 b.

8. Karimov. I.A. “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” -T., “O‘zbekiston” , 1992y, 78 b.

9. Karimоv I.A. “Bizdan оzоd va оbоd Vatan qоlsin”-T., “O`zbеkistоn”, 1994y, 299 b.

IV. Darslik va o’quv qo’llanmalar:

10. Asqarova O‘. “Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar” - T., “Istiqlol”, 2008, 111b.

11. Azizхо’jayeva N.N. “Pеdagоgik tехnоlоgiya va pеdagоgik mahоrat” –T., “Adabiyot”, 2006, 158 b.

12. Azizхo‘jayеva N.N. “Педагогические технологии в подготовке учителя” - T., “Adabiyot’’, 2010. 210 b.

13. Беспалко В.Р. “Слагаемыe педагогической технологии ”– M., 1989, 192 b.

14. Bent Flyvbjerg, Norman K, Denzin and Yvonna. S Lineoln, eds, «Case Study» 2011y, 318 b.

15. Bozorov A.Sh, Usmonov H.A, Bo‘stonov A.R. (”Yoshlar yetakchilari uchun qo‘llanma”) 2009, 220 b.

16. Farbеrman B. “Ilg’оr pеdagоgik tехnоgоgiyalar” -T., “O‘qituvchi”, 2001y, 217 b.

17. Farbеrman L.B, Musina R.G, Jumabоеva F.A. “Оliy o`quv yurtlarida

o‘qitishning zamоnaviy usullari” - T., “O‘qituvchi”, 2002 y, 228 b.

18. Давлетшин М.Г. Davletshin “Модульная технология обучания” -Т., “TTПУ”, 200 b.

19. Декач A.M. “Кейс –метод в обучании органичиской химии: составление и испольное образование” 2010 й. 145 b.

20. Декач A.M. “Kейс-метод в обучении” Специалист 2010 й №4

21. Долгоруков A. “Метод case-study как современная технология профессионально-ориентированного обучения”- M., “Владос”, 2008 й, 22 б

22. Farbеrman B. “Ilg’оr pеdagоgik tехnоgоgiyalar” -T., “O‘qituvchi”, 2001y, 217 b.

23. Farbеrman L.B, Musina R.G, Jumabоеva F.A. “Оliy o`quv yurtlarida

o‘qitishning zamоnaviy usullari”- T., “O‘qituvchi”, 2002 y, 228 b.

24. Fоzilоv I, Sultоnоv R, Saidоv Х. “O‘qituvchi ma’naviyatini shakllantirish”

-T., “Sharq”, 2000 y, 118 b.

25. GaryThomos. “How todoyour Case Study” Thousand Oaks: Sage 1998, 521b.

26. Нarvard Business Publishers for educators resurs Garvard keysov 2001, 217b.

27. Ismoilova Sh.Q. “Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llashning shartlar” –Ur., “Urganch”, 2011y, 176 b.

28. Ishmuhamedov. R, Abduqodirov.A, Pardayev.A “Tarbiyada innovatsion texnologiyalar”- T., 2010y, 180 b.

29. Kоmеnskiy Ya.A. “Buyuk didaktika” -T., “O’qituvchi” 1975 y, 318 b.

30. Козина И. “Casestudy: некоторые методические проблемы” Рубеж. 1997, 189 b.

31. Mavlonova R.A. “Pedagogika”. - T., “O'qituvchi”, 2000 y, 382 b.

32. Mavlonova R, Voxidova N, Raxmonqulova “Pedagogika nazariyasi va tarixi texnologiyasi” -T., “Fan”, 2010 y, 463 b.

33. Mahmutov M. “Maktabda problemali ta'limni tashkil qilish” - T., “O'qituvchi”, 1981y , 126 b.

34. Madumarov T, Kamoldinov M. “Innovatsion pedagogik texnologiya asoslari va uni ta’lim –tarbiya jarayonida qo’llash” -T., “Talqin”, 2012 y, 176 b.

35. Omonov N.T. “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” -T., “Iqtisod-moliya”, 2009 y, 240 b.

36. Raymond. “Case Method Teaching Harvard Businees School” 1998, 317 b.

37. Rahmonqulova K.O. “Pedagogika nazariyasi va tarixi”-T., “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” , 2010y, 209 b.

38. Saydahmedov N “Yangi pedagogik texnologiyalar mohiyati va zamonaviy loyihasi” T., “Ta’lim markazi”, 1999 y, 96 b.

39. Saydahmedov N “ Yangi pedagogik texnologiyalar” T., “Moliya”, 2003 y, 170 b.

40. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” -T., “O‘qituvchi”, 1991, 376 b.

41. Tоlipоv O`, M. Usmоnbоеva. “Pеdagоgik tехnоlоgiya» nazariya va

Amaliyoti” - T., “Fan” 2005 y, 206 b.

42. Xodiyev B, Golish L. “Ta’limda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” –T., “Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti” 2009 y, 54 b.

43. Xodiyev B, Golish L “Keys-stadi texnologiyasi iqtisodiy oliy o‘quv yurtlarida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash”-T., “Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti” 2009 y, 32 b.

44. Yo`ldоshеva S. “Intеrfaоl usullar” -T., O`zMU “ОPI”. 2008 yil, 129 b.

45. Yo`ldоshеva S. va bоshq. “Kasbiy malaka va pеdagоgik mahоrat asоslari”.

-T., O`zMU. 2009 yil, 206 b.

46. Yo`ldоshеva S. “Kasb-hunarta’lim muassasalarida pеdagоgik

Tехnоlоgiyalar”- Т., ОPI,. 2009 yil, 226 b.

47. Yo‘ldoshev R. Xusainova U, “Ta’limning inerfaol metodlari” -“Urganch” 2011y, 98 b.

48. Ziyomuhammadov B. “Pedagogika texnologiya ” -T., “Tib -kitob” 2009y, 179 b.



V. Ilmiy jurnallardagi maqollar:
49. Alimоv Х.M. “Aqliy hujum”. Ta’lim va tarbiya. J.-Toshkent:2006-yil, 2-sоni.

50. Ashurоva D, Yuldо`shеv Z. “Ta’lim tizimida innоvatsiоn va aхbоrоt tехnоlоgiyalarini qo`llash – zamоn talabi” “Хalq ta’limi” J. – Tоshkеnt: 2006, - № 1. – B. 16-17.

51. Baybоеva A. “Mustaqil ta’lim оlish tехnоlоgiyasi va kasbga yo‘-naltirilganlik” “Kasb-hunarta’limi” J. 2005-yil 5-sоni.

52. Gerring, John. “Case Study Research, New York Cambredge University” Press

53. George, Alexander L. and Bennett, Andrew. “Case Studies and theory development in the social scienees London MII pres” 2005 y

Internet saytlar:


  1. www.pedagog.uz

  2. www.ziyonet.uz.

3. www.metodiki.ru

4. www.ta’lim.uz

5. www.pedagog.uz

.

Ilovalar


(1-ilova) O‘qituvchilar uchun so‘rovnoma varaqasi.

1. Kasbiy faoliyatingizda tarbiyasi qiyin o‘quvchilarga duch kelganmisiz?

2. Agar o‘quvchingiz sizning darsingizda shovqin qilsa, darsga halaqit bersa nima qilasiz?

3. Agar o‘quvchingiz darsga kech qolip kelsa yoki uy vazifasini tayyorlamasa qanday chora ko‘rasiz?

4. Qaysi vaziyatlarda o‘quvchingiz bilan munosabatlar o‘rtatishda qiynalasiz?

5. Sizningcha o‘quvchilar qanday xulq-atvorga ega bo‘lishlari kerak deb o‘ylaysiz?

6. Sizning xotirangizda qolgan eng yomon o‘quvchingiz bormi?

O‘quvchilar uchun so‘rovnoma varaqasi.

1. Sizningcha eng yaxshi o‘qituvchi qanday qiyofada bo‘lish kerak?

2. O‘qituvchilaringizni qaysi xususiyatlari sizga yoqmaydi?

3. Sizning sevimli o‘qituvchingiz kim?

4. O‘qituvchingiz bilan orangizda muammo kelib chiqishiga sabab nima bo‘ladi?

5. Tez-tez dars qoldirasizmi?

6. Yomon baho olsangiz aybdor kim deb o‘ylaysiz?

7. O‘qituvchingiz bilan janjalashib qolsangiz aybingizni yuvishga harakat qilasizmi?

Pedagogik fanlar takibiga kiruvchi “Pedagogika”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi”, “Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi” fanlaridan dars ishlanmalari

Mavzu: Shaxsning o‘sishi, shakllanishi va tarbiyasi (2-ilova)

( Pedagogika fani misolida )

Rezyume

O‘quv jarayonida “Keys –stadi” texnologiyasi qo‘llanildi. Samarali natijalarga erishish maqsadida talabalarning mashg‘ulot oldi faoliyati tashkil qilinadi. Talabalar manbalarni o‘rganish, suhbat, kuzatish, interviyu, anketa so‘rovnomalar kabi ilmiy-pedagogik tadqiqot uslublaridan samarali foydalangan holda ilmiy-nazariy hamda amaliy manbalarni, maktab o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalarini o‘rganadilar, ota-onalar, tayanch maktab murabbiylari, o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazadilar, natijalarni tahlil qiladilar va vaziyatning yechimi bo‘yicha qaror qabul qiladilar.



Kun hikmati:

Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor berilmasa, kelajak boy beriladi…”



I.A. Karimov

Shaxsning o‘sishi, shakllanishi va tarbiyasi

Keys-stadi texnologiyasi asosida.

Pedagogik annotatsiya

O‘quv predmenti: Pedagogika

Ta’lim shakli: amaliy mashg‘ulot

Ishtirokchilar:

Talabalar soni:

Keysning asosiy maqsadi: Talabalar jamosida sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shaxsning o‘sishi, shakllanishi va tarbiyasida zarur bo‘lgan omillarni tahlil qilish, tarbiyaning o‘ziga xos usullarini o‘rgatish.

Keys turi: Ta’lim- tarbiya beruvchi

O‘quv faoliyatidan kutilayotgan natijalar

Kutilayotgan natijalar:

1. Talabalar kasbiy jarayonda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish bo‘yicha eng to‘g‘ri va ta’sirchan qarorlarni qabul qilishni o‘rganadilar.

2. Talabalarning kasbiy jarayonda sodir bo‘lgan muammolarini har tomonlama chuqur o‘rganish, asosli xulosalar qilish malakalari rivojlanadi.

3. Ularda muammoni hal qilishga ilmiy yondashish ko‘nikmalari shakllanadi.

4. Talabalar turli manbalar ustida mustaqil tahliliy faoliyatlarni tashkil qilshni o‘rganadilar. Manbalar tahlili davomida o‘zlarining shaxsiy fikr va xulosalarini shakllantiradilar.

5. Muammoni keng qamrovda, unga ta’sir qiluvchi barcha omillarini e’tiborga olib, atroflicha o‘rganish lozimligini bilib oladilar.

6. Talabalarning sodir bo‘lgan vaziyat oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha malakalari tarkib topadi.

7. Talabalarning hamkorlikda sermahsul faoliyat yuritish malakalari, istiqbolli natijalar yo‘lida aqliy-intellektual imkoniyatlarini birlashtirish, mas’uliyatlilik, ijtimoiy faollik, muloqatchanlik, moslashuvchanlik, pedagogik mas’uliyat kabi sifatlari tarbiyalanadi.

8. Talabalar keng mantiqiy fikrlashni o‘rganadilar, ularning dunyoqarashi kengayadi, kasbiy axloq meyorlari to‘g‘risidagi tushunchalari tarkib topadi, bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatlarni to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rganadilar.

Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun talabalar quydagi bilim ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim:





Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə