O’rta Maxsus Kasb-hunar kollejlarida pedagogik fanlarni o’qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanishning ilmiy –pedagogik asoslari


(8-ilova) Mavzu: Boshlang`ich tashkilot yetakchisi va uning faoliyati



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə9/9
tarix17.09.2017
ölçüsü0,55 Mb.
#109
1   2   3   4   5   6   7   8   9

(8-ilova)

Mavzu: Boshlang`ich tashkilot yetakchisi va uning faoliyati

(Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi)

Rezyume

O‘quv jarayonida “Keys-stadi”texnologiyasi qo‘llaniladi. Talabalar kichik jamoalarda kasbiy jarayonda sodir bo‘lgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, uning kelib chiqish sabablarini o‘rganadilar. Talabalar vaziyatning yechimi bo‘yicha aniq va asosli xulosalarni kiritadilar va ushbu takliflarni maqbullik jihatlarini muhokamaga qo‘yadilar.



Maqsad: Yetakchi va yetakchilik faoliyatining mazmuni bilan talabalarni tanishtirish, yetakchi jamoaning manfaatlarini birlashtira oladigan, boshqalarni ma`lum maqsadga yetaklay bilgan hamda buning natijasida jamoa ishonchiga muvaffaq bo`lgan shaxsdir, shundan kelib chiqib talabalarda yetakchiga xos boshqaruv ko‘nikmalarni rivojlantirish, ularni faol, tashabbuskor yoshlarga aylantirishdan iborat. Shuningdek jamoani boshqarishda maqsadni aniqlash va maqsadga ko‘ra boshqarish usullarini to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, yoshlarda o‘ziga nisbatan ishonch tuyg‘ularini shakllantirish, mamlakatimiz istiqboli uchun kurashadigan avlodni tarbiyalashdir.

Mashg‘ulotning turi: amaliy

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiya : keys-stadi

Mashg‘ulot jihozi: kompyuter, slaydlar, tarqatma matnlar, markerlar, anketa so‘rovnomalari, kuzatish, suhbat natijalari.

Ajratilgan vaqt: 80 daqiqa

Tayanch tushunchalar: Yetakchi, yetakchilik faoliyati, ma`muriy boshqarish, iqtisodiy boshqarish, ijtimoiy – psixologik boshqarish, faollik, tashabbuskorlik.

Vaziyat


Shahar markazidagi 15-sonli maktabining o‘quvchilari o‘zlarining bilimli, iqtidorligi va faol, tashabbuskorligi bilan boshqa maktab jamoalaridan ajralib turardilar. Eng yangi g‘oyalar, ommani birlashtiruvchi tadbirlar, loyihalar odatda ulardan chiqardi. Maktab “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining boshlang‘inch tashkiloti maktab yetakchisi maktab o‘quvchilarni doimo o‘z atrofida birlashtira olar edi va boshqaruv usullariga amaliy faoliyatida juda katta e’tibor berardi. U maktab o‘quvchilari bilan tadbir yoki uchrashuvlar o‘tkazganida hamma o‘z iqtidorini namoyish qilishga, tadbirning faol ishtirokchisiga aylanishga harakat qilardi.

Maktab Boshlang‘ihch tashkilot yetakchisining lavozimi o’zgarib boshqa ishga o‘tib ketgandan keyin maktabga yangi yetakchi saylandi. Yangi yetakchi iqtidorli, davlat stipendiyati sovrindori , o‘z sohasining bilimdoni, yangiliklarni sevadigan faol yoshlardan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan maktab jamoasi faollik, tashabbuskorlikni qo‘ldan boy berib qo‘yishdi. Ularda avvalgidek yonib turgan yurakning issiq harorati sezilmasdi. Bir so‘z bilan aytganda maktab jamoasi uxlab qolganga o‘xshardi.

(A.Sh.Bozorov, H.A.Usmonov, A.R.Bo‘stonov.

”Yoshlar yetakchilari uchun qo‘llanma”)



Talabalarga uslubiy ko‘rsatmalar

Ishni tashkil qilish bosqichlari va maslahat va tavsiyalar:

1. Keys bilan tanishish:

a) Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing.

b) Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling.

2. Berilgan vaziyat bilan tanishish:

d) Malumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing.

e) Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling.

f) Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying.

3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish:

Muammoli vaziyatni o‘rganish davomida quyidagi savollarga javob topishga harakat qiling.


  1. Boshlang‘inch tashkiloti yetakchisi faoliyati nimalardan iborat?

  2. Yetakchi deganda sizda qanday tasavvur paydo bo‘ladi?

  3. Yetakchi o‘zida qanday xususiyatlarni o‘zida shakllantirishi lozim?

  4. Maktab o‘quvchilarning faolliyatidagi sustkashlikga nima sabab deb o‘ylaysiz?

  5. Maktabning sobiq va yangi Boshlang‘inch tashkiloti yetakchilari nimasidan bir –biridan farq qiladi? (yutuqlari yoki kamchiliklari)

  6. Yetakchi qanday boshqarish usullariga amal qilishi kerak?

  7. Faollik va tashabbuskorlikning yetakchi faoliyatida ahamiyati?

4. Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarni tanlash hamda asoslash:

d) Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring.

e) Muammoni yechish uchun barcha holatlarni o‘rganing, muqobil variyatlarni tahlil qiling.

f) Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida tayyorlang.



Muammoli vaziyat jadvali

Vaziyat turlari.

Vaziyatning kеlib chiqish sabablari.

Vaziyatni yechish yo`llari va

sizning harakatlaringiz.

Yetakchi faoliyatida


Yetakchi faoliyatidagi sustkashliklar


Yetakchi o’z vazifalarini to’g’ri anglay olishi va yo’lga qo’yishi

O’quvchilar jamoasining uyushqoqligi

O’quvchilar jamoasining faolligining sustligi

Yetakchi vao’quvchilar o’rtasidagi munosabatni ijobiy tomonga o’zgartirish


Maktab jamoasida boshlang’inch tashkilotlarning ahamiyati

Maktab jamoasida boshlang’inch tashkilotlar o’z vazifalarini bajara olmayotgani

Maktab jamoasida boshlang’inch tashkilotlar faoliyatini yaxshilash uchun istiqboli rejalar tuzish

O’quvchilarning psixologik holati

O’quvchilarning yangi yetakchiga moslasha olmayotgani

O’quvchilar va yangi yetakchi bilan uchrashuv tashkil qilish

(9-ilova)



Mavzu: Boshlang`ich tashkilot faollari tomonidan voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini olib borish.

(Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi)

Rezyume

O‘quv jarayonida “Keys-stadi” texnologiyasi qo‘llaniladi. Talabalar kichik jamoalarda kasbiy jarayonda sodir bo‘lgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, uning kelib chiqish sabablarini o‘rganadilar. Talabalar vaziyatning yechimi bo‘yicha aniq va asosli xulosalarni kiritadilar va ushbu takliflarni maqbullik jihatlarini muhokamaga qo‘yadilar.



Maqsad: Boshlang‘inch tashkilotining faol a’zolari ko‘magida Voyaga yetmaganlar ishlari norozigini profilaktik hisobda turgan va tarbiyasi og‘ir yoshlarning sharoitini o‘rganish va ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, faollikka chorlash, muammolarini birgalikda bartaraf etish imkoniyatini yaratish;

- yoshlarni foydali ishlarga jalb qilish, ota-onalar mas’liyatini oshirish, o‘smirlarning bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etish, jamiyatdagi mavjud zararli illatlardan ogohlantirish va saqlash, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, axloqan ijobiy tomonga o‘zgartirish;

- IIB profilaktik hisobida turganlarni hisobdan chiqarish hamda ularning qayta jinoyat va qabohat yo‘liga kirib ketishining oldini olish.

Mashg‘ulotning turi: amaliy

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiya : keys-stadi

Mashg‘ulot jihozi: kompyuter, slaydlar, tarqatma matnlar, markerlar, anketa so‘rovnomalari, kuzatish, suhbat natijalari.

Ajratilgan vaqt: 80 daqiqa

Tayanch tushunchalar: voyaga yetmagan yoshlar, ota-onalar mas’liyatini, bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etish

Tayanch o‘quv materiali:

O‘quv topshirig‘i:


  1. Ushbu vaziyatni o‘qib chiqing.

  2. Vaziyatni tahlil qiling va unda ko‘rsatilgan muammoga nisbatan o‘z fikrlaringizni bildiring.

  3. Muammoni keltirib chiqaruvchi sabablarni ko‘rsating.

Uni bartaraf qilish bo‘yicha o‘z takliflaringizni bildiring

Vaziyat


Voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlarinining sodir etilayotganligi va buning oqibatida ularning voyaga yetmaganlar nozirligi hisobiga tushib qolishi achinarli holdir. Hammamizga ma’lumki voyaga yetmaganlar nozirligi hisobida turgan yoshlarning ko‘pchiligi o‘smirlardir.

O‘smirlik davrining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:

- mustaqil inson bo‘lishga intilish;

- kattalar nazoratidan chiqishga harakat qilish;

- o‘z tengdoshlariga taqlid qilishga moyillik.

O‘smir yoshlar bilan bo‘lgan munosabatlarda ushbu xususiyatlarning inobatga olinmayotganligi, ularga kattalar tomonidan ishonchning sustligi, bo‘sh vaqtlarining mazmunli tashkil etilmayotganligi, oiladagi nosog‘lom muhitning mavjudligi sababli ularning jamoadan ajrab qolishi, turli noqonuniy guruhlarning ta’siriga tushishi turli huquqbuzarliklarning sodir etilishiga olib kelmoqda.

Bundan tashqari, o‘quv muassasasi yotoqxonalarida zarur sharoitlarning yetarli emasligi, o‘quvchi va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishning to‘g‘ri tashkil etilmaganligi (turli xildagi to‘garaklar tashkil etilmaganligi kabilar) ham sabab bo‘lmoqda.

Yuqoridagi muammolarning kelib chiqishi sabablarini aniqlash va uning oldini olish hamda bartaraf qilish uchun yangi g‘oyalar, loyihalar ishlab chiqish juda zarurdir.

(A.Sh.Bozorov, H.A.Usmonov, A.R.Bo‘stonov.

”Yoshlar yetakchilari uchun qo‘llanma”)



Talabalarga uslubiy ko‘rsatmalar

Ishni tashkil qilish bosqichlari va maslahat va tavsiyalar:

1. Keys bilan tanishish:

a) Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing.

b) Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling.

2. Berilgan vaziyat bilan tanishish:

d) Malumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing.

e) Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling.

f) Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying.

3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish:

Muammoli vaziyatni o‘rganish davomida quyidagi savollarga javob topishga harakat qiling.


  1. Sizningcha huquqbuzarlik holatlarining kelib chiqishiga nimalar sabab bo‘ladi?

  2. Farzand tarbiyasida ota-ona va maktab jamoasining o‘rni nimalardan iborat?

  3. O‘smirlik davrining xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?

  4. Yoshlarning sog‘lom turmush kechirishida Boshlang‘inch tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati.

  5. Huquqbuzarlik holatlarini sodir etishga moyil o‘smirlarni qanday aniqlash mumkin?

  6. O‘quvchilar orasida quyidagi so‘rovnomalarni o‘tkazishga siz qanday qaraysiz va muammoni yechimini topishda uning natijalariga e’tibor qarating?

SO‘ROVNOMA

Yoshingiz________________

Jinsingiz_________________

1. Bandligingiz:

1) O‘qiyman

2) Ishlayman

3) Vaqtincha ishsizman

2. Moddiy tarafdan o‘zingizni mustaqilman deb hisoblaysizmi?

1) Mehnatimga ish haqi olaman

2) Ota-onam to‘la ta’minlaydi

3) O‘zim izlab imkoniyatimni topaman

4) Do‘stlarim (dugonalarim) yordam beradi

3. O‘qishdan bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazasiz?

1) Asosan uy ishlarini bilan band bo‘laman

2) Do‘stlarim (dugonalarim) bilan birga bo‘laman

3) Internet klublarida o‘yinlar o‘ynayman

4) Kutubxona (Internet)da ma’lumotlar bilan ishlayman

4. Siz kimga o‘xshashni orzu qilasiz?

1)Yaqin do‘stim (dugonam)ga

2) Otam (onamga)ga

3) O‘qituvchi (rahbarimga)

4) Boshqa ______________ (yozib ko‘rsating)

5.O‘z muammolaringizni hal qilishda kimlar maslahatlashasiz?

1) Aka-uka (opa-singil)larim bilan

2) Yaqin o‘stim (dugonam) bilan

3) Boshqalar bilan_____(kimligini yozib ko‘rsating)

4) Otam (onam) bilan

5) Umuman hechkim bilan maslahatlashmayman

4. Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarni tanlash hamda asoslash:

a) Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring.

b) Muammoni yechish uchun barcha holatlarni o‘rganing, muqobil variyatlarni tahlil qiling.

s) Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida tayyorlang.



Muammoli vaziyat jadvali



Vaziyat turlari.

Vaziyatning kеlib chiqish sabablari.

Vaziyatni yechish yo`llari va

sizning harakatlaringiz.

Huquqbuzarlik holatlarining kelib chiqishi


Huquqbuzarlik holatlarining kelib chiqishdagi e’tiborsizliklar


Yoshlar bilan doimiy ravishda shug’ullanib borish

Farzand tarbiyasida ota-ona va maktab jamoasining o‘rni


Farzand tarbiyasida ota-ona va maktab jamoasining o‘rni to’g’ri tashkil qilinmagan


Farzand tarbiyasida ota-ona va maktab jamoasining o‘rni atrofdagilarga to’g’ri tushuntirish

O‘smirlik davrining xususiyatlari


O‘smirlik davrining xususiyatlari inobatga olinmasligi


O’smirlar bilan psixologik ishlar olib borish

Huquqbuzarlik holatlarini sodir etishga moyil o‘smirlar

Huquqbuzarlik holatlarini sodir etishga moyil o‘smirlar bilan vaqtida koreksion ishlar olip borilmaganligi

Huquqbuzarlik holatlarini sodir etishga moyil o‘smirlarni vaqtida aniqlash, tegishli choralar ko’rish.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə