Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


-MAVZU. PROFESSIONAL ETIKA VA KASBIY ETIKETNING



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

2-MAVZU. PROFESSIONAL ETIKA VA KASBIY ETIKETNING 
VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI 
ETIKETNING KELIB CHIQISHI, MAQSADI VA ZAMONAVIY 
AHAMIYATI 
 
Professional etika axloqiy madaniyat tizimida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki 
inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida odamlar bilan 
muntazam munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar 
davrasida ro‘y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli 
toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob axloqiy 
madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‘rni 
yuksak.
Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa 
jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Ko‘pchilik jamiyat 
a’zolarining hayot-mamotlari, sog‘ligi, ma’naviy sog‘lomligi, huquqiy himoyasi, 
ilmiy salohiyatining namoyon bo‘lishi kabi omillar huddi shunday imtiyozli kasb 
egalarining o‘z kasbiy burch mas’uliyatini qay darajada his yetishlariga, halollik va 
vijdon yuzasidan ish ko‘rishlariga bog‘liqligi hammaga ma’lum. 
Shuningdek, 
sharqning 
buyuk 
notig‘i Husayn Voiz 
Koshifiyning 
“Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati” nomli kitobida Professional 
etika va kasbiy odob muammolariga atroflicha to‘xtalib o‘tadi. Xususan, kitobning 
beshinchi bobining o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi fasllari turli kasb 
egalari odobiga bag‘ishlangan. Masalan, o‘n to‘rtinchi fasl «Kasb-kor va savdo-tijorat 
odobi haqida» deb nomlanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli 
odobi qonun-qoidalarini o‘zi ichiga oladi. Koshifiy yozadi:
«Bilgilkim, hamma kasblarga birday taalluqli qisqacha qoida-adablar mavjud, 
Shuningdek, har bir kasb uchun alohida odob ham bor. 
Agar barcha kasblar uchun zaruriy odoblar xulosasi nechta, deb so‘rasalar, 
sakkizta deb aytgil: birinchidan, o‘z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‘dan pok 
saqlasin. Ikkinchidan, rizq-ro‘zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug‘ullansin, 
kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin. Uchinchidan, kasbni obro‘y olish, yaxshi 
nom chiqarishning sababi, deb bilsin. To‘rtinchidan, moli harom odamlar 
(amaldorlar, poraxo‘rlar, qaroqchilar, o‘g‘rilar, qimorbozlar, kazzob do‘kondorlar) 
bilan muomala qilmasin...»
1
.
Koshifiy sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmatkorlar) odobi, 
maddohlar odobi singari masalalarda ham xuddi shunday asosli fikrlar bildiradi. 
1
Husayn Voiz Koshifiy.Futuvvatnomai Sultoniy/H.Komilov tarjimasi.- Toshkent:A. Qodiriy nomidagi xalq merosi 
nashriyoti,1994.-B 6970. 



17 
Garchand, 
«Futuvvatnomai 
Sultoniy» 
javonmardlik 
(jo‘mardlik) 
tariqati 
darveshlariga atab yozilgan bo‘lsa-da, unda ilgari surilgan axloqiy tamoyillar va 
g‘oyalar umummintaqaviy, umuminsoniy qamrovga ega. Zero, buyuk forsigo‘y 
o‘zbek shoiri Pahlavon Mahmud ma’lum ma’noda yangilagan bu tariqat darveshlik 
xirqasini kiygan, lekin zarur bo‘lsa, barcha qurollar turini ishga solib, Vatan 
himoyasiga otlanishni birinchi galdagi vazifasi deb bilgan erkparvar insonlar 
sulukidir. Shu bois mazkur kitobda diniylik dunyoviylikdan ajratilmaydi, ular bir-
birini to‘ldirishi bilan inson hayotini axloqiylashtiradigan, go‘zallashtiradigan 
hodisalar sifatida talqin etiladi. Javonmardlikning harbiylashtirilgan nasroniylar 
ritsarlik ordenlaridan farqi ham shunda. 
 
Koshifiy ilgari surgan axloqiy g‘oyalar hozirgi kunda ko‘p jihatdan o‘z ta’sir 
kuchini yo‘qotgan emas. Ayniqsa, uning tijoratchi, sotuvchi va xaridor odobiga doir 
qoidalarini zamonaviy bozorlarimiz, tijorat markazlarimiz va do‘konlarimiz 
devorlariga yozib qo‘yish ayni muddao bo‘lur edi. 
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, kasb etikasida burch asosiy mezoniy tushuncha 
hisoblanadi. Chunki, burch mohiyatan jamiyat, davlat va shahslarga nisbatan 
muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyatdir. U vijdon, e’tiqod, 
mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning 
har bir hatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat 
yotadi. 
Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, fuqarolik 
burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi singari keng qamrovli, barcha 
davrlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, shifokorlik 
burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud. Bu 
borada mashhur olim, akademik Andrey Saxarovning taqdirini olaylik. U buyuk 
nazariyotchi, fizik, termoyadro sohasida tengi yo‘q mutaxassis, vodorod bombasining 
asosiy kashfiyotchisi, Vatan mudofaasini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun 
o‘nlab orden va medallar sohibi. U o‘zi yashagan davrda barcha unvon, lavozim, 
mansab va moddiy ne’matlarga erishdi. Biroq u hammasidan kechishga - ommaviy 
qirg‘in qurollari, jumladan, o‘zi yaratgan vodorod bombasi sinovlariga ochiq 
bayonotlar bilan qarshi chiqishga ahd qildi. Natijada qatag‘onlarga asoslangan 
sho‘rolar tuzumi uni ilmiy jamoatchilikdan ajratib, poytaxtdan olisdagi Rossiya 
shaharlaridan biriga badarg‘a qildi, uning nomini matbuotda yoki kitoblarda qayd 
etilishini ta’qiqladi. Vaholanki, u hammadan izzatliroq yashay olishi mumkin edi. 
Saxarov yuksak axloq yo‘lini tanladi - olimlik burchi, o‘z kasbining odobi talablarini 
bajarishni har qanday boylik, izzat-ikromdan baland qo‘ydi.
Buyuk olim o‘z kashfiyoti insonning eng oliy huquqi bo‘lmish - yashash 
huquqiga rahna solishi mumkinligi va qisman solayotgani uchun uni amalda 
qo‘llanilishiga qarshi kurashdi. U sho‘rolar hukumati va mafkurachilari tomonidan 


18 
o‘zining Vatan mudofaasi quvvatini susaytirishga harakat qilgan salkam xiyonatkor 
fuqaro deb e’lon etilishiga, boshiga behisob tuhmatlar, ta’na-dashnomlar 
yog‘dirilishiga sabot bilan chidadi, ahdidan qaytmadi, yovuzlik saltanati qo‘lida o‘z 
olimlik iste’dodining qo‘g‘irchoq bo‘lishiga, harbiy muruvvatga aylanishiga yo‘l 
qo‘ymadi. Oxir-oqibatda u inson huquqlarining jahon tan olgan eng buyuk 
himoyachilaridan biri sifatida butun insoniyat tahsiniga sazovor bo‘ldi. Bunday 
misollarni o‘zbek xalqining munosib farzandlari misolida ham ko‘plab keltirish 
mumkin.
Etiket tushunchasining kelib chiqishi eramizdan avvalgi 2,5-3 ming yillikda 
Qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. Etiket (étiquette) atamasi esa XVII asrning oxirida 
vujudga kelgan. Ammo qadimgi manbalar etiket qoidalari ta’b, rasm-rusm hamda 
odatlar shaklida azaldan ibtidoiy davrdayoq, qabilalarda mavjud bo‘lganligini 
asoslaydi. Bunday qoidalarni to‘liq bajarmaslik o‘zi yashayotgan jamoat yoki 
qabilaga xiyonat qilish bilan barobar bo‘lgan. Avvalida bunday qoidalar nafaqat 
axloqiy, balki huquqiy, iqtisodiy, diniy hamda qon-qarindoshlik munosabatlarni ham 
qamrab olgan edi. Jamoatning har bir a’zosi unga so‘zsiz bo‘ysunar edi. Shu tariqa 
etiket bu davrda mustaqil qoidalariga ega bo‘lmagan, asosan jamoatning ijtimoiy 
muammollariga bog‘liq holda tatbiq etilgan. Ya’ni bu qoidalar tabiiy jamoatning 
talabi bilan vujudga kelgan. Bunday talablarning bajarilishi qabila yoki jamoatning 
kattalari tomonidan nazorat qilinar edi. 
Keyinchalik esa bu qoidalar mustaqil ravishda ajralib chiqib, faqatgina axloqiy 
me’yorlar darajasida ko‘rila boshlandi. Qadimgi Sharqda, jumladan, Somir 
alqovlarida inson hatti-harakatlarini tartibga soluvchi yozma yodgorliklarida – 
giltaxtalarda o‘z aksini topgan. Qadimgi Misrda esa bu tartib qoidalar qonunlar 
majmui sifatida emas, balki badiiy adabiyotlar orqali namoyon bo‘lgan. Bunday 
qoidalar, ayniqsa Somirda ilohiylik bilan yo‘g‘rilgan. Ularni bajarmaslik Xudoning 
qahri bilan qaytarilishi ta’kidlangan. Qadimgi skandinaviya adabiy yodgorligi “Edda” 
eposida nafaqat dasturxon atrofida o‘tirish qoidalari, balki hatto mezbon sharafiga 
tilak aytish me’yorlarini o‘zida mujassam etganini asoslaydi. 
Bu kabi hatti-harakatlar me’yorlari jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishini belgilab 
berar edi – yashash tarzi, odamlar dunyoqarashi, jamiyatdagi darajalarni farqlardi. Bu 
esa keyinchalik turmush etiketi, balki siyosiy etiketni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. 
U butun bir jamiyat bilan birga o‘zaro davlatlarning tashqi munosabatlarini ham 
belgilar edi. 
Siyosiy etiketning vujudga kelishiga 1278 yilda Qadimgi Misr fir’avni hamda 
Xett qiroli Xattush III bilan kumushga bitilgan yozma kelishuv asos bo‘la oladi. 
Garchi Misr bunda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, qirol uchun Misr kabi davlat 
bilan hamkorlik qo‘l kelar edi. Shu tarzda kelishuvning imzolanishi diplomatik 
etiketning (siyosiy etiket) boshqa etiket turlaridan ancha avvalroq paydo bo‘ldi, 


19 
desak, adashmagan bo‘lamiz. Zotan, davlatlararo munosabatlardagi qabullar qadimgi 
Misr uchun katta ahamiyat kasb etgan. Zero, bunday qablullar juda katta dabdaba va 
va haddan ziyod qoidalar va rusmlar bilan amalga oshirilar edi. Keyinchalik bunday 
qabullar boshqa davlatlarda ham amalga oshirila boshlandi. 
Qadimgi Yunonistonda esa elchilar maxsus “Germes nishonlari” deb nomlangan 
vakillik nishonlarini o‘zlari bilan olib yurganlar. Elchilar xalqaro etiketning 
bilimdonlari sifatida, ushbu yurtda qabul qilingan siyosiy qonun-qoidalarni qay 
darajada bilishlari kelishuv bitimining taqdirini hal qilgan. Qadimgi Rimda esa 
siyosiy etiket yanada ustunlikka ega bo‘lgan. Misol uchun, elchilar qabulining avvali 
ziyofatlar bilan boshlanib, tashrifni tugallanishida esa ikkiomonlama sovg‘a hadya 
qilish bilan yakunlangan. 
Shu tarzda oqsuyaklarni oddiy fuqaro va ulardan pastroq darajada bo‘lgan 
insonlarni farqlay bilish uchun alohida odamlarni o‘zini a’lo jamoatda tutishning 
tartib qoidalari paydo bo‘ldi. 1207 yilda ispaniyalik Petrous Alfonsi muallifligida ilk 
bor “O‘zini tutish qoidalari” deb nomlangan kitob paydo bo‘ldi. Albatta, bu 
izlanishlar qadimgi Turon hamda Eronzaminda bunday yodgorliklar bo‘lmagan, 
degan fikrni bildirmaydi. Zotan, bunda pandnomalarning o‘rni beqiyos. Ammo shuni 
aniqlash zarurki, milliy o‘zligimizni anglash bilan bog‘liq bu ilmiy atamalar juda 
ko‘p chalkashtirilib tushunilishi yoki targ‘ib qilinishi natijasida ko‘pgina 
noaniqliklarni vujudga keltiradi. Aytaylik, axloq bilan xulq va odobni, odob bilan 
etiketni bir ma’noda tushunish hollari uchraydi. Aslida bu tushunchalar bir-biridan 
ham nazariy, ham amaliy, ham qo‘llanish jihatidan farqlanadi.
Qadimgi Sharqda, jumladan, Somir alqovlarida inson hatti harakatlarini tartibga 
soluvchi yozma yodgorliklarida – giltaxtalarda o‘z aksini topgan. Qadimgi Misrda 
esa bu tartib-qoidalar qonunlar majmui sifatida emas, balki badiiy adabiyotlar orqali 
namoyon bo‘lgan. Bunday qoidalar, ayniqsa Somirda ilohiylik bilan yo‘g‘rilgan.
Ularni bajarmaslik Xudoning qahri bilan qaytarilishi ta’kidlangan. Qadimgi 
skandinaviya adabiy yodgorligi “Edda” eposida nafaqat dasturxon atrofida o‘tirish 
qoidalari, balki hatto mezbon sharafiga tilak aytish me’yorlarini o‘zida mujassam 
etganini asoslaydi.
Bu kabi hatti-harakatlar me’yorlari jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishini belgilab 
berar edi – yashash tarzi, odamlar dunyoqarashi, jamiyatdagi darajalarni farqlardi.
Bu esa keyinchalik turmush etiketi, balki siyosiy etiketni vujudga kelishiga sabab 
bo‘ldi. U butun bir jamiyat bilan birga o‘zaro davlatlarning tashqi munosabatlarini 
ham belgilar edi.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə