Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Suhbatlashish etiketi 
 
Etiket bo‘yicha muomala qilishni bilish – avvalambor suhbatni olib bora olish 
qobiliyatidir. Bu yerda ham umumqabul qilingan qoidalar mavjud. Suhbatlashish 
muomala madaniyatini shakllantirishning muhim vositalaridan biri sanaladi. Har 
qanday suhbat avvalo ma’lumotlar almanishuvidir. Suhbatlashish orqali insonlar bir-
birlari bilan muloqotga kirishadilar, bir-birlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar, bir-
birlarini tushunib boradilar, shu bilan birga muomala madaniyatlaridagi ayrim 
bo‘shliqlarni to‘ldiradilar. Suhbatdoshni gapini bo‘lmasdan uni oxirigacha tinglay 
olish muhim xususiyat kasb etadi. Zero, diqqat va sabr-toqat bilan eshita olish 
qobiliyati suhbatdoshga nisbatan hamdardlik, layoqatlilik, xayrixohlikni ko‘rsatadi. 
Lekin bu qobiliyat faqatgina tug‘ma xususiyat kasb etmaydi – har bir inson uni o‘zida 
hamda farzandlarining tarbiyasida mujassam etib, takomillashtirish mumkin. Bunda 
axloqiy tarbiya – axloqiy me’yorlar katta ahamiyat kasb etadi.
Suhbat olib borish mahoratini o‘rganish mumkin, buning uchun qadimgi notiqlar 
kabi sizga zarur bo‘lgan bilimlarni egallash lozim. Ammo bu degani do‘stona 
uchrashuvlarni notiqlik san’ati bo‘yicha musobaqaga aylantirish shart emas. Barcha 
holat va narsalarga yuzaki qaraydigan jamiyatga bir oz hazil va yengillik bilan 
ishonchli so‘zlash – bu iste’dodli odamlar ham tan beradigan qobiliyatdir. Har kimga 
ham aqlli gaplarni osonlik bilan yetkazish qobiliyati berilmaydi. Suhbat san’atida 
sergaplikka yo‘l qo‘ymay mashq qilish lozim, hamsuhbat ruhiyatini hisobga olish 
kerak va bu yetarli darajadagi tajribani talab qiladigan faoliyatdir. Avvalambor biz 
o‘zimizning «men» lashimizdan qochishimiz lozim. O‘z shahsiyligini berkitib, 
o‘zgalarning qiziqishiga e’tibor bermoq – bu har bir suhbatning asosiy afzalligidir. 
Yaxshi ohang suhbatdoshiga ko‘ngilsiz yoki uni tushkunlikka tushiradigan 
suhbatlardan qochishni talab qiladi. Jamoatga yoqish uchun suhbatdoshingizga yaqin 
bo‘lgan va uni ko‘proq qiziqtiradigan suhbat mavzularini tanlashingiz lozim. 
Jamiyatning yoqimsiz a’zolariga doimo hamma narsadan noliyveradigan va ayb 
qidiraveradigan odamlar kiradi. Ammo, muloqot qilish me’yori va tajribasiga ega 
haqiqiy tarbiyali inson hamisha o‘z talabalari darajasida kamtarin, mulohazalarida esa 
notakabbur va bag‘ri kengdir. Agar jamoat sizga notanish bo‘lsa, suhbatda mavjud 
odamlar borasida gaplashmagingiz ma’qul, avval ularning o‘zaro munosabatlarini 
kuzatib, shu asosda biron bir narsa deyish mumkin.
So‘z bu o‘zingizga qarshi qurolga aylanuvchi kuchdir. Yaqin kishini ayblashdan 
oldin, o‘ylab ko‘rgan ma’qul. Hasadgo‘ylik eng yomon illat. U barcha axloqiy 


41 
xususiyatlarni yo‘qqa chiqaradi. Mardlik yoki ochiqlik bahonasida ko‘rolmaslik 
hissini ochiqchasiga ko‘rsatishni odat qilgan kishiga bo‘lgan munosabat hech qachon 
ijobiy o‘zgarish kasb etmaydi. Bu faqat munosabatlarni yomonlashishiga olib keladi. 
Bundan hech kim yaxshi natijaga erishmaydi. Atrofdagilar uchun notanish bo‘lgan 
tilda biror bir odam bilan suhbatlashish madaniyatsizlikdir.
Suhbatdagi har bir so‘z suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bo‘lmog‘i lozim. 
Agar sizning nutqingizni tinglayotgan odam biror-bir so‘zni qaytarish uchun 
gapingizni bo‘lsa, tez orada suhbatdosh sizga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi, deganini 
anglatadi. Bunda nutq o‘ta baland ohangda bo‘lmasligi lozim, aks holda o‘zni 
noqulay ahvolga solib qo‘yish mumkin. Sizning suhbatingizga uchinchi suhbatdosh 
qo‘shilsa-yu, mavzu esa o‘ta nozik xususiyat kasb etsa, o‘zingizni iltifotli va 
xushmuomali jihatdan ko‘rsatganingiz ma’qul. Jamoatda barcha narsalar haqida gap 
ketadi, savollar chuqurlashib ketilmaydi, bir narsani har taraflama ko‘rib chiqilmaydi, 
balki qisqacha mulohaza yuritiladi, ammo yuzaki emas. Boshqalar bilan gaplashish 
istagi borligini yoki suhbat zerikali ekanligini ko‘rsatmaaslik, suhbat chog‘ida atrofga 
alanglab, qo‘lga tushgan biron narsani o‘ynab, yoki soatga qarayverish suhbatdoshni 
jig‘iybiron qilib qo‘yish mumkin.
Suhbat chog‘ida o‘zini ko‘klarga ko‘tarib, o‘z faoliyati, izlanishlari, mulki o‘z 
tanishlari doirasi bilan yoki kimnidir ismini ro‘kach qilish bilan maqtanish va yaxshi 
emas – bunday tushunchalar suhbatdosh aqlini qanchalik tor ekanligi haqida guvohlik 
beradi. Munozara qilinayotgan muammolar doirasi keng bo‘lishi mumkin, biroq nima 
bo‘lganda ham o‘zingizni ishonchli his qiladigan, o‘zingizga mos bo‘lgan 
mavzularda suhbat olib borishingiz maqsadga muvofiqdir. 
Suhbatdoshni sog‘liqdan nolish bilan ob

havo haqidagi so‘zlar bilan 
charchatish ham etiketga to‘gri kelmaydi. Suhbat haqiqatan ham qiziqarliroq bo‘lish 
uchun barcha qobiliyat va imkoniyatlarni yordamga chaqirish lozim. Shu jihatdan 
ham suhbatlashish etiketi bir necha qoidalarni taqozo etadi: 

Suhbatdoshingizga og‘ir botadigan, xafa qiladigan, noqulay vaziyatga solib 
qo‘yadigan, gapirishni xohlamaydigan mavzu bo‘yicha suhbatlashish vaziyatni 
og‘irlashtiradi. 

Suhbatdoshingizga o‘zingizga ta’rif-tavsif berishdan, o‘z muammo va 
yutuqlar haqidagi ma’lumotlarga e’tiborni kuchaytirishdan qochish, suhbat chog‘ida 
o‘z “men” ini markaziy joyga qo‘ymaslik lozim. Bunda axloqning kamtarinlik va 
bosiqlik me’yorlari qo‘l keladi.

O‘z fikrini uqtirishdan avval, noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun 
suhbatdoshning ijtimoiy kelib chiqishi, shahs sifatida, aytilayotgan masala yuzasidan 
qanday ma’lumotga ega ekanligini bilib olgan yaxshi. 

Suhbatdosh hurmat qilishga, hatto uni fikrini noto‘g‘ri deb hisoblaganda ham 
oxirigicha eshitish bilan shahsning so‘z erkinligini ta’minlashga intilish lozim.


42 

Boshqa insonlarini g‘iybat qilishdan, ularning shahsiy hayoti, muammosi 
haqida suhbat qurish ham odobsizlik sanaladi. 

Har qanday suhbat birinchi navbatda ma’lumotlar almanishuvidir. Suhbat 
jamoat joylarida yoki ko‘chada bo‘lsa, boshqalarni o‘ziga jalb qilmagan holda, ovoz 
past ohangda gaplashish lozim. Tez yoki haddan tashqari cho‘zilib gapirish ham 
ma’lumotni o‘zlashtirishga xalaqit beradi.

Kam muomala qilinadigan, yaxshi tanimaydigan insonlar bilan muloqotda 
bo‘lishda barchaga tushunarli yengil mavzu tanlanib olinadi. M: 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə