Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

O‘zini boshqalarga tanitish. 
Vositachisiz tanishish qiyinroq bo‘lib, odob 
nuqtai nazardan noziklikni talab qiladi. Tarbiyali kishi istalgan vaqtda o‘zini tanita 
oladi. Tanishish uchun yo‘l ochib beradigan vositalar juda ko‘p. Tanishish 
mulozamat bilan eshik ochish, tushirib yuborilgan narsani olib berish va shu 
kabilardan boshlanishi mumkin. Shuning o‘zi gaplashib kyetishga va keyinchalik 
tanishishga sabab bo‘ladi. Ko‘chada ketayotib, do‘konda, transportda yoki 
muassasada biror kishini tez-tez uchratib tursangiz, hatto u bilan ikki og‘iz 
gaplashgan bo‘lsangiz, zarurat bo‘lsa, unga o‘zingizni bemalol tanishtirish mumkin. 
Lekin unda tanishish istagi yo‘qligini sezsangiz, tanishish shart emas.
Agar tanishishni istamagan inson bilan tanishtirishsa, buni bildirmagan ma’qul. 
Shunday vaziyatda ham sipolikni qo‘ldan bermay, muloyim muomalada bo‘lish 
maqsadga muvofiq. 
Murojaat qilish etiketi 
 
Murojaat qilish
– insondan ko‘p narsani talab qilmaydi. U kishini tarbiya 
ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Aslida murojaat qilish har – 
xil kechib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay paytda, suhbatdosh bilan o‘zaro 
munosabatdan kelib chiqqan holda bildiriladi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar 
nafaqat unga bo‘lgan hurmat, balki maqsadga muvofiqlikda ham qo‘llanadi.
Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat hurmat belgisi, balki, maqsadga erishish
vositasi hamdir. Murojaat vaziyatga, sharoitga, jamoaga, muhitga qarab yakka 
Shahsga yoki jamoaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Biroq barcha murojaatlar axloq 
me’yorlariga bo‘ysingandagina ijobiy natija berishi mumkin. 
Insoniy munosabatlarda aytilayotgan so‘zlar faqat axloqiy me’yorlarga tayanadi. 
Bu esa qarindoshlar, sevishganlar, er-xotin, do‘stu-birodar, mansabdor shahs va 
xodim o‘rtasidagi munosabatlarda qo‘llaniladigan so‘zlar turlicha bo‘lishini 
anglatadi.. Murojaat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan 
munosabat turi bo‘lib, ular og‘zaki yoki yozma ko‘rinishga ega. 
Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: ular – rasmiy, ishonchli, intim 
va egasiz.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə