Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Bahslashish etiketi 
 
Bahsning asosiy qoidasi Shundan iboratki, hatto juda qulay vaziyatlarda ham 
odamlarni fikrini o‘zgartirish juda qiyin masaladir. Agar o‘z qarashlaringizni boshqa 
birovga o‘tkazishni istasangiz, uning fikrini hurmat qiling. Hech qachon odamga 


51 
uning nohaqligini aytmang. Xato qilish ehtimolini o‘zingizda bo‘lishiga ham e’tibor 
bering. Bu barcha turdagi bahslarga yakun yasaydi. Bu suhbatdoshni o‘zi ham siz 
kabi nohaq bo‘lishini tan olishiga imkon beradi.
Bahsni tug‘dirmaydigan Shunday tushunchalar ham mavjudki, ularni diqqat 
bilan eshitishga undaydi. Masalan: 
«Sizni dilingizdan o‘tayotgan fikrlarga qarshi 
emasman, balki men ham xuddi shunday qilgan bo‘lar edim». 
Bahs paytida 
«Janjal 
bilan biron narsaga erishib bo‘lmaydi»
degan iborani eslashga harakat qilish lozim.
Eng yaxshi natijaga eriShuvning yo‘llaridan biri bu – bahsdan qochishdir. Bahsdan 
qizishib o‘z g‘ururini erga urishni istamay, nohaqligini bilib turib ham tan olmaslik 
mumkin ekanligi ehtimoli bor. Bunga nisbatan o‘z fikrini aytib qo‘yishning o‘zi 
etarli. Balki bir oz vaqt o‘tib, hech qanday bosimning ta’sirisiz ham u to‘g‘ri 
xulosaga kelishi mumkin. O‘zining haqligini qaysarlik bilan isbotlash yoki 
bahslashish – ma’lum ma’noda zo‘ravonlik ham hisoblanadi, oqibatda, yagona 
kelishuvga olib kelmasligi mumkin. Anglashilmovchilikni madaniyat, munosabat, 
tavoze’lik va muloyimli aniqlik va sovuqqonlik hamda boshqani tushunishga harakat 
qilish orqali bartaraf qilish mumkin.
Bahs asosli va ishonchli bo‘lishi lozim. Bahsda asosan raqibni 
«chaqib»
xafa 
qilish emas, balki undan qochishga harakat qilish shart. Bahsda keltirilgan asoslar 
mutlaqo to‘g‘ri bo‘lishi lozim. Kasbiy munozara doimo asoslar zanjirini talab qiladi.
Tadqiqotchilarning gaplariga qaraganda, mantiqdan bexabar kishilarga nisbatan 
mantiqiy isbotlarning keltirish usullaridan boxabar kishilarni jamoatda bahsdan 
muvaffaqiyatli chiqib kyetishlariga imkoniyat darajasi balandroq bo‘lar ekan.
Kasbga doir bahsda o‘zni tutish uslubi doimo muloyimlik kasb yetishi zarur.
Bosiq va mulozamatli odam doimo g‘olib keladi. So‘zamollik va diqqatli jimlik bilan 
almashishi lozim. Jizzakilik va asabiylashishga o‘rin yo‘q. Individual bahsda 
asosiysi – asos, mantiq va dalillardir. Imo-ishoralar va hayqirishlarni qabul qilish 
mumkin emas. Cho‘zilib ketadigan bahslarda har ikkala taraf o‘zining axloqi haqida 
o‘ylab ko‘rishi lozim. Har holda gap bunday bahslarda singan kosa ustida ketmaydi.
Janjallarga sababchi bo‘ladigan odamlar o‘zi haqida o‘ylab ko‘radigan bo‘lsa, 
odatda 
«asablari hech narsaga yaramasligiga amin bo‘ladi»
. Lekin bu degan sof 
vijdon bilan ochiqchasiga urishaverish kerak degani emas. Bunday odamlarga 
«nima 
uchun men doimo asabiylashaman?»
degan savolni o‘ziga bermoqlikka da’vat 
etamiz. Ko‘p holatlarda asabiylashishning asl sababini anglab yetgandan so‘ng hayot 
o‘z yo‘liga tushadi. Harakat qilib ko‘rsa arziydi.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə