Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar 
 
Taraqqiyot ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi 
jarayonidan iborat. Shunga ko‘ra, ziddiyatlarning ko‘rinishi ham har xil bo‘lib, ular 
narsa-hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha ahamiyat kasb etadi. 
Ziddiyatlar ichki, tashqi, asosiy, asosiy bo‘lmagan kabi ko‘rinishlarga bo‘linadi. 
Jumladan, 
ichki ziddiyatlar
– narsa va hodisalardagi ichki jarayonlarning ifodasi, 
harakatlanishning manbai hamda rivojlanishning asosiy sababidir. 
Tashqi ziddiyat

narsa va hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarning ifodasi hisoblanadi. Jamiyat 
rivojlanishining mazmuni va mohiyati ham asosan ichki ziddiyatlarning xal qilinishi 
bilan belgilanadi. Biroq, rivojlanishda tashqi ziddiyatlarning ishtiroki kamroq bo‘ladi, 
degan fikrga bormaslik kerak. Zero, globallaShuv va integratsiya jarayonlarida tashqi 
ziddiyatlarning ham o‘z o‘rni bor. Narsa-hodisalarning mohiyatini, holatini, kelib 
chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilovchi ziddiyatlar esa 
asosiy ziddiyatlar
deb ataladi.
Muomala madaniyatida ziddiyatlar anglashilmovchilik, bir-birini tushunmaslik 
hamda o‘zaro manfaatlar to‘qnaShuvi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, 
ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarning xususityalariga qarab tavsiflash 
mumkin. R.L.Krichevskiy o‘zining «Agar siz rahbarsiz” kitobida ziddiyatlarni 
keltirib chiqaruvchi omillarni 3 ta guruhga bo‘ladi:

Birinchi guruh
– mehnat jarayonidagi ziddiyatlar.

Ikkinchi guruh
– insonlararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari, ya’ni 
impatiya va antipatiya, madaniy-etnik xilma-xillik, rahbar hatti-harakatlari, 
psixologik moslasha olmaslik va hokazo. 

Uchinchi guruh
– jamoa a’zolarining o‘ziga xosligi. Masalan, o‘zini boshqara 
olmaslik, ehtiroslarga berilish, tajovuz, do‘q-po‘pisa, haqoratlash-so‘kinish, 
munosabatga kirisha olmaslik
17

Ziddiyatlar ma’muriy tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari uchun 
ahamiyati hal yetish yo‘llariga ko‘ra farqlanadi, umumiy ma’noda konstruktiv va 
17
Кричевский Р.Л. Если вы – руководитель. –Москва: Дело, 1993. – с. 39. 


49 
destruktiv ziddiyatlarga ajraladi. 
Konstruktiv 
ziddiyatlarga tashkilotning hayotiy 
muammolarini hamda ularni hal yetish orqali samarali taraqqiyotga olib chiqish xos. 
Destruktiv
ziddiyatlar salbiy, vayronkor natijalarga olib keladi. Shuningdek, ayrim 
hollarda bu vaziyat janjallarga va tashkilot faoliyatining susayishiga olib keladi.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə