Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/184
tarix29.11.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#138791
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

5-MAVZU. KIYINISH MADANIYATI
 
Inson tug‘ilishidan boshlab yo‘rgaklanadi. Ammo hozirda dastlabki kunlardanoq 
kiyina boshlaydi. Kiyim insonning suratini emas, balki uning butun ichki dunyosini 
siyratini ham ko‘rsatadigan omildir. Madaniyatlilikning asosiy belgilaridan biri ham, 
bu – kiyinish etiketidir. Kimning qanday kiyinishiga qarab, uning estetik didi, 
farosati, oddiy va ma’naviy darajasini, hatto kasbini ham aniqlab olish mumkin. 
Kiyinish etiketi kiyinish odobi kishilarning o‘zaro muomalasiga, bir-biriga bo‘lgan 
munosabatiga, yurish-turishiga ham ta’sir qiladi.
Lekin kiyinish haqida aniq bir andoza mavjud emas. Kiyim uchun olinadigan 
turli narsalarning har biri kishining didi, bo‘y-basti, yoshi, moddiy imkoniyatlari 
hamda jamiyatda tutgan o‘rniga bog‘liq. Inson kerak bo‘lmagan xaridlardan o‘zini 
asrash uchun doimo o‘zini boshqarib turishi lozim va yangi narsalar uyingizda 
mavjud bo‘lgan kiyimlarning uslubiga, gazlamaning rangiga mos keladimi-yo‘qmi, 
uni boshqa narsalar bilan kiysa bo‘ladimi, va h.k. larga e’tibor berishi lozim.
Kiyinish shahsning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, hamma vaqt go‘zallik, 
uyg‘unlik, noziklik, odob, xushmuomalalik haqidagi tushuncha darajasining 
belgisidir.
Insonning tashqi go‘zalligi kiyim rangining bir-biriga mosligidir, tabiiyligi va 
soddaligidadir. Xushbichim va chiroyli kiyinishning ma’nosi nimada? Ko‘zga 
tashlanmaydigan hamda kishiga tabiiy go‘zallik beradigan va uning ayrim 
kamchiliklarini bilintirmaydigan ust-bosh, chiroyli, xushbichim, gavdaga, yoshiga va 
faslga mos kiyim kiyishdir. 
Ammo bu faqat axloqiy tarbiya bilan bog‘liq emas. Balki estetik tarbiyaning 
qanday shakllaganligi bilan bog‘liq. Rivojlangan estetik did insonni nafaqat kiyinish, 
yashash umuman turmush tarzini go‘zallashtiradi, balki avvaldan qaysi andoza yoki 
qaysi ranglar rusm bo‘lishini ilg‘ash qobiliyatini paydo qiladi. Badiiy asarlar, san’at 
turlarini estetik idrok yetish, estetik anglashni shakllantirish didga juda yaxshi ta’sir 
qiladi. Bunda siz nafaqat boshqalar kabi chiroyli yashashingiz, balki o‘z uslubingizni 
yaratib, ularning tanloviga ta’sir qilishingiz ham mumkin.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə