O’rxun va enasoy oбиdalarи



Yüklə 232 Kb.
səhifə12/17
tarix29.11.2023
ölçüsü232 Kb.
#141712
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
O’RXUN VA ENASOY OБИDALARИ

ENASOY BITIKLARI
Enasoy bitiglari deb nomlangan yozuvlar Enasoy daryosi bo’ylaridan, ya’ni Tuva va Hakas avtonom respublikasi xududidan topilgan. D.G.Messershmidt 1720-1727 yillarda Sibirga kelib, bir necha bitiglarni topgan edi. Shundan beri turli yillarda 250 ga yaqin bitigtoshlar qo’lga kiritildi. Bu bitiglar ham Urxun bitiglari singari hukmdor tabaqaga mansub kishilarning qabrtoshlariga o’rnatilgan. Bitigtoshda dafn etilgan shaxsning hayotiga oid ma’lumotlar berilgan. Yozuvlardagi kechinmalar olamdan o’tgan kishining tilidan ifodalanib, u yaqin qarindosh va urug’lariga murojaatnoma tarzida bitilgan. Vatanni sevish va dushmanlardan himoya qilish Enasoy bitiglariga xos muhim xususiyatdir.
Eletmish Bilga xoqon bitigi. Yozuv qahramonlik jangnomasi ruhidagi yodnomadir. Unda o’z xalqidan kuch olib, dushmanni egallagan joyidan quvgan Bilga xoqonning kechinmasi berilgan. U o’z eli va davlatini mustahkamlashning sababini yuqorida Ko’k osmon – Ko’k tangri, pastda qo’ng’ir yer tarbiyalagani va madad bergani, deb tushunadi.
Tangridan bo’lgan, el etgan Bilga xoqon, el Bilga xotun xoqon deb nom olib va xotun degan nom bilan ataldilar. O’tukanning chekkasida, Tez daryosining yuqori oqimida o’z qarorgohini o’rnatdi. Yo’lbars yilida va ilon yilida bu yerda yozni o’tkazdim. Ajdar yilida O’tukanning o’rtasida Sunguz bashqan muqaddas tepalagining g’arbida yozni o’tkazdim. Qarorgohni shu yerda o’rnatdim, toshni ham shu yerda to’qitdim. Ming yillik, tuman kunlik yozuvimni va belgimni bu yerda yozib, toshga o’ydirdim, qalin toshga yozdirdim. Yuqorida ko’k osmon yorlaqagani uchun, ostda qo’ng’ir yer tarbiyalangani uchun elimni va davlatimni vujudga keltirdim. Sharqda – kunchiqardagi xalq, g’arbda – oy botardagi xalq, to’rt tarafdagi xalq menga kuch berar, dushmanim esa o’zi egallagan joyni qo’ldan berdi. Sakkiz daryo oralig’ida mening yerim va yilqim bor. Sakkiz daryo – Selenga, Urxun, To’la meni xursand qiladi. Qarg’a va Burg’a daryosi bo’ylarida, ikki daryo oralig’ida men o’zim o’rnashayapman.
Uyuq Tarlaq bitigi. Bitig Olti bog’ xalqiga beg bo’lgan El Tug’an Tutuq tilidan hikoya qilinadi. U oltmish yoshida olamdan o’tadi va xalqidan ajraladi.
Siz -elimdan, malikalarimdan, O’g’lonlarimdan,xalqimdan,
Sizlardan oltmish yoshimda ayrildim.
Otam El Tug’an tutuq. Men tangri davlatimning
elchisi edim, olti bog’ xalqiga bek edim.


Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə