O’rxun va enasoy oбиdalarи


Oltinko’ldagi ikkinchi bitig



Yüklə 232 Kb.
səhifə16/17
tarix29.11.2023
ölçüsü232 Kb.
#141712
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
O’RXUN VA ENASOY OБИDALARИ

Oltinko’ldagi ikkinchi bitig. Jasoratli qahramon Eran Ulug’ yig’isi. U o’ttiz sakkiz yoshida vafot etadi. Inanchu alplari orasida kurashadi. Tibet xoqoniga elchi jo’natib, undan sovg’a oladi.
Jasoratli xalqni, kuchli xalqni ushlab turibman.
Jangovar otim Eran Ulug’.
Jasoratli qahramonman.
Qahramon yigitlarim, sharafli davlatim bor uchun
Xalq hayajonda yurmadi.
Malikalarimdan, do’stlarimdan, xotinlarimdan
ayrilib bordim.
Men o’g’limga, xalqimga qaray olmadim.
O’ttiz sakkiz yoshimda vafot etdik.
O’n oy eltdi onam, o’g’il bo’lib tug’ildim,
Qahramon bo’lib ulg’aydim.
Elimda to’rt marta sayohat qildim.
Shavkatim uchun Inanchu alplari orasida kurashdim.
Shonu shavkat bo’lsa, shunday bo’lar ekan.
Asinman. Oltin to’plashga bordim.
Sharaf uchun Tibet xoqoniga elchi jo’natdim.
Undan sovg’a keltirdim.

Ubayt bitigi. Qahramon jangchi Tarxon Sangun yig’isi. U olti yoshida otasidan ajralgan. U El Chur elida bahodirligi bilan shuhrat qozonadi. O’ttiz jangchi bilan dushman pistirmasiga duch keladi va halok bo’ladi.
Qahramonlik jasoratidan akamni yo’qotib,
Xalq g’am chekdi. Quli taklif qildi
Marosimni kuchli uchta akamga.
Bek erlardaydir Sabik bosar akamiz.
Jangda ko’p xalqning kuchini bilar edi.
Yuqorida tangri yorlaqadi.
Qora xalqimga, uch o’g’limga egalik qilolmadim.
Men Tarxon Sangunman,
El chur elida shuhrat topdim.
Er qahramonligim uchun yig’ladi. Biz yig’lamaymiz…
Ega bo’lolmadim elda qolgan olti dono bek o’g’liga.
Turk xonining balbali uchun bezakni el aro
to’qqiz er birin-ketin er o’g’illari
Qo’yib, saylab oldi u shavkatli begimga.
To’qqiz marta aylanib, otni to’xtatdim.
O’ttiz erni boshlab borib, pistirmaga duch keldim.
Shunda uch akamdan ayrildim. Tachamdan ayrildim.
to’qqiz bek erdan ayrildim. Bayroqdor edim, ishonchli edim. Olti yoshimda otamdan ayrildim, anglab yetmadim.
Uch akamdan ayrildim, onam, uch akamga men sharaf otasiman.
Elimga, xoqonimga boqmadim.
O’g’lonimga, og’a-inimga boshchilik qila olmadim.

* * *
O’rxun va Enasoy tosh bitiklari adabiy janrlar talablariga ko’ra marsiya va madhiyadir. Shaxsning vafot etganligiga achinish hissi bilan bitilgan satrlar marsiya janrining xususiyatini belgilasa, uning tiriklik paytidagi qahramonlik, bahodirlik, vatanparvarlik fazilatlari ulug’langan satrlar madhiya janri talabi asosida yuzaga kelgan. Enasoy bitiglarida bu ruh yanada kuchli.
Uydagi xotinlarim, malikalarim,
Sizlarni yo’qotib,
O’zimning o’g’illarim,
Sizlardan judo bo’ldim.
Men yuzta qahramon jangchini
kuchiga ega bo’lganim uchun,
Dushmanning yuzta jangchisi
bilan daryo bo’yida urushganim uchun,
Sizlardan ayrildim.
Ko’k osmondagi quyosh va oyni yorita olmadim,
Vatanimni yo’qotib, sizlardan ayrildim.
Xoqonimni, davlatimni, sizlarni yo’qotib,
Sizlarga egalik qila olmadim…

Tosh bitiklar asosan erkak kishilar vafotiga bag’ishlangan. Marsiya ham asosan vafot etgan kishining tilidan berilgan. Marsiya turkiy yozma va og’zaki adabiyotda alohida janrdir. Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» kitobida saqlangan Alp Er To’ngra marsiyasi ham shunday janr namunasidir. U xalq og’zaki ijodi mahsuli hisoblanadi. Lekin marsiyaning Urxun–Enasoy bitiglaridagi marsiyalardan farqi shundaki, u vafot etgan shaxs tilidan bayon etilmaydi, balki xalq yig’isi hisoblanadi.
Urxun-Enasoy tosh bitiglari tarixiylik xususiyatiga ega. Ular hayotdagi aniq shaxslarga bag’ishlangan. Shu bilan birga mifologik tasavvurlar ham ifodalangan. Qadimgi turkiylar mifologiyasiga ko’ra tangri yer va osmonni yaratuvchi, u yagonadir. Tangri turkiylar uchun – ota, yer esa onadir. Kul tegin kichik yozuvi shunday boshlanadi:
Tengri teg. Tengride bolmqsh
Turk Bilga qag’an bu
O’tga o’lurtum.
Sabqnqn tukati esidgil.

Mazmuni:

Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə