O’rxun va enasoy oбиdalarи


Achur qishlog’idagi bitig



Yüklə 232 Kb.
səhifə15/17
tarix29.11.2023
ölçüsü232 Kb.
#141712
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
O’RXUN VA ENASOY OБИDALARИ

Achur qishlog’idagi bitig. Uri bek xoqonga el marsiyasi. Uri o’z elining hukmdori. U el og’asi Inanchu bilganing o’g’lidir. Uning haqiqiy ismi Kuch, qahramonlik laqabi Uridir. Uning mamlakati boy bo’lib, «puli ko’p edi, qora sochidek». Yetti ming sonli qo’shini bor edi.
El og’asi Inanchu bilga marhumlar aro,
O’g’li oti Kuch, o’g’lon tug’ildi.
Sizni otingiz O’ri bek.
Elingiz uchun qozonib, o’z ayolingizni yo’qotib,
Siz ayrildingiz.
Shavkatli o’n yetti yoshida shuhrati o’ldi.
Yerdagi tamg’ali yilqi sonsiz edi.
Puli ko’p edi qora sochidek.
Dushmanga yetgan qo’shini yetti
Ming o’g’lon edi.
Yuz erning yuzi, beklarning nazari, beklik qoshi,
Oltmish er do’stlaringiz, ellik er yaxshi do’stlaringiz,
O’zingizning og’a-iningiz, sakkiz mis ko’zgungiz,
O’nta qora ko’zgungiz,
O’kinmadingiz, ko’rmadingiz, butlamadingiz.
Sizning qahramonona ismingiz Uri, elingiz O’z.

Oltinko’ldagi birinchi bitig. Vatani va eli ozodligi uchun jangda halok bo’lgan Umay bek yig’isi. U o’z elining o’kinchi uchun tug’ilganidan g’ururlanadi. Ular to’rt aka-uka edilar. Ularni jangdagi o’lim ajratdi.
Yerdagi bor narsalarimga, shuhratimga boqmadim.
Otuvchi alp edingiz, katta boy edingiz,
Inili bo’ri ucholmay, bars ajralolmay qoldi.
Bu otimiz – Umay bekdir.
Biz merosxo’r erlarmiz, o’zingni qiynamading.
O’zingning oting, o’zingning uch yigitingni olmading,
Ajralma odatlarimdan, istaklarimdan, xalqimdan.
shon-shuhratimdan.
Yigitlik sharafim uchun, aka-ukalarim qudrati uchun,
Mangu toshni tikib bordi.
Biz to’rt uka edik,
Bizni o’lim ajratdi, yo’qotdi.
Oltin o’rdak, yosh kiyikni yo’qot, yig’lat, qichqirtir.
Qudratidan barsim yo’qolib bordi.
O’n oy eltdi onama-a,
Tug’di elimga shuhrat uchun.
Men yashadim.
Elim o’kinchiga, qalin yoviga.
Qarshilashib halok bo’ldim, yo’qoldim.
Iningiz o’lib, qat’iyatsizlikda
Hayotingizni barbod qildingiz.


Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə