O’rxun va enasoy oбиdalarи


Bilka qog’on otiga yozilgan bitikdan parcha



Yüklə 232 Kb.
səhifə11/17
tarix29.11.2023
ölçüsü232 Kb.
#141712
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
O’RXUN VA ENASOY OБИDALARИ

Bilka qog’on otiga yozilgan bitikdan parcha
Tangrining turki uzra qog’on bo’ldim,
O’ltirdim, o’lmagidan qayg’irib.
Turk beklar, budun qarab sevinib,
Tinchlanib ko’zlari yuqoriga boqdi.
To’rga o’zni o’ltirib,
Buncha og’ir to’rda,
To’rt yondagi budunni boshqardim.
Ko’k tangri ostida o’n yetti yoshimda,
Tuput sar yurish qildim.
Tangut budunni buzdim,
O’g’lin, qizin, barisin anda oldim.
O’n sakkiz yoshimda
Sug’dning olti o’lkasiga yurish qildim,
Budunini unda buzdim,
Tabg’ach, o’ng tutuq, besh tuman qo’shin bilan keldi.
Uduq boshda urushdim,
U qo’shinni unda yo’q qildim.
Yigirma yoshimda basmil, idiqut (qo’shilib)
O’g’uzim budunim ortti.
Soliq yubormas deyin yurish qildim.
……bo’ysundirdim,
Ko’p o’lja keltirdim,
Yigirma ikki yoshimda Tabg’achqa yurush qildim.
Chacha sengunning sakkiz tuman qo’shini bilan urushdim.
Qo’shinini unda o’ldirdim.
Yigirma olti yoshimda
Chin buduni qirg’iz birla yog’iy bo’ldi.
………………………………………
Yigirma yoshimda qirg’iz sari yurush qildim,
Nayza botar darajadagi (chuqur) qorni kechib,
Ko’chman yushga yurib,
Qirg’iz budunni uyqusida bosdim.
Qog’oni birla Sunga yushda urushdim,
Qog’onini o’ldirdim, elini unda oldim.
O’sha yili Turgesh sari Oltin yushin osha,
Irtish suvini kecha yurdim.
Turgesh budunini uyqusida bosdim,
Turgesh qog’on qo’shini o’tga bo’roncha keldi.
Bo’lchada urush qildimiz.
Ungin bitigi. Bitig Mo’g’ulistondagi Ungin daryosi bo’yidan topilgan. Eltarish xoqonning yaqinlaridan biri Eletmish yabg’u va uning o’g’li Cho’ryo’g’a sharafiga qo’yilgan deb taxmin qilinadi. Bitigda Eltarish xoqonning turk xalqini oyoqqa turg’izib, mamlakatni qayta tiklashi hikoya qilinadi. Bitig so’ngida xoqonning tarixiy xizmati haqida ham fikr yuritiladi.
Achamiz,otamiz Bo’mun qog’on
To’rt bo’lakni qismish, yig’mish, yoymish, bosmish.
Ul xon yo’q bo’lgandan so’ngra
El yo’q bo’lmish, qochishmish…
Qog’onlagan qog’onni haydamish,
Turk budun oldinga kun chiqishga
Ortga kun botishga qadar
O’ngga tabg’achga, so’lga yushga (chekinmish)
Alp erini balbal qisdi,
Turk budun oti yo’q bo’lmasin, deyin,
Turk budun yo’q bo’lmasin, deyin,
Yemish bo’lmasin deyin, yuqorida tangri der emish.
Qopog’on Iltarish qog’on qo’lida yetildim
El etmish Yabg’u o’g’li Sabra Tamg’an tarxan
Oltmish besh katta – kichik urug’im
Bu tabg’achdan so’lda
O’g’uz beklari orasida yetti er yog’iy bo’lmish.
Otamni tangri bog’i, deyin,
Unda yurmish, ishi kuchin bermish,
Tangriga ishing berding, deyin
Yarlaqamish, shad otin anda bermish.
Shundan so’ng to’quz o’g’uz bek yog’iy ermish
Ko’tarilmish tangrikan yeri…
Yolg’iz, kuchsiz biz
Ozni, ko’pni ko’rdik erdi,
Yurish qilamiz, der ermish.
Endigi beklarimga, der ermish,
Biz ozmiz, deyin qo’rqmish,
Otam shad ancha o’tinmish,
Tangrimnikin olmasin, deyin,
Budun anda bermaslikka tashlanmish.
Ko’p shaharga bordim, bosib oldim.
Qo’shini keldi, qorasini yengdim, begi qochti.
………………………………………………
………………………………………….erdi.
Tabg’ach buduni……………………….
……………….yengdim, yig’dim, bosdim, yoydim.
………………………………………
…………………buzib kelar erdimiz.
Ikkisi orasida bek yog’iy bo’lmish.
Tegmasmen deb o’yladim.
Tangri bilka qog’onni o’ylab,
Ishini, kuchini berish istagim bor ermish, ekan.
Tegdigi uchun……………..
…………………………yengdim.
Uyiga tegib, urush qilib tegib,
Inimga, o’g’limga bunday so’zladim:
Iltarish qog’ondan achchig’lanib,
Ayrilmadik, chetlanmadik.
Tangri bilan qog’onda
Ayrilmaymiz, uzilmaymiz, deyin.
Ancha so’zladim.
Ortga bordi,
Bilka qog’onning buduni bordi.
O’ligin otiga ishi kuchini berdi.
Uza Tangri xon Luy (ajdaho) yili yetganda oy
Kuchlug’ alp qog’onimdan ayrilib bordingiz.
Bilka Tajam seni ko’mib,
Molingni qozondim.
Moyun Chur bitigi. Bitigni 1909 yilda fin olimi G.I.Ramstedg Shimoliy Mo’g’ulistonning Selenga daryosi bo’yidan topgan. Moyun Chur – uyg’ur xoqoni bo’lib, bitig tosh 759 yilda o’rnatilgan. Yozuvda turkiy qavmlar o’rtasidagi jangavor yurishlarning tafsilotlari Moyun Chur tilidan htkoya qilinadi. Voqyealar Selenga daryosi atrofida bo’lib o’tadi. Uyg’urlar davlati obod edi. Unga avval Bilga xoqon, keyin Bo’yla Bag’an Tarxan (hukmdor, qo’mondon) xoqonlik qilishgan. Bo’yla Bag’an Tarxan shad (turkiy xoqonlar sazovor bo’lgan eng oliy harbiy unvon)ga ega edi. Bu paytda Moyun Chur 26 yoshda edi, otasining qo’shinida mingboshi vazifasini bajarardi. Qarluqlarga qarshi jangda ishtirok etardi. Bitikda Bo’yla Bag’a Tarxan vafot etishi, xoqonlik Moyin Chur qo’liga o’tishi, lekin xalqning bir qismi Tay Bilga Tutuqni xoqon deb e’lon qilishi, Moyun Chur esa hokimiyatni qo’lga kiritish uchun unga qarshi kurashishi voqyealari aks etgan. Moyun Chur bitigi ko’proq tarixiy qimmatga ega. Jang yillari, joy nomlari, qahramonlarning ismi va unvonlari aniq ko’rsatiladi. Bitikda xalq maqollaridan ham unumli foydalanilgan. Masalan, «G’am o’z uyingda» maqoli bir qavmdan o’z qavmiga qarshi chiqqanlar tasvirini umumlashtiradi. Moyun Chur qo’rqmas, adolatli, turkiy halqlarni ahillikka chaqiruvchi, bo’ysunmaganlarga nisbatan shafqatsiz xoqon ekanligi ko’rsatilgan. Uning obodonchilikka, xususan qo’rg’onlar, shaharlar qurilishiga rahnamoligi aniq dalillar bilan tasvirlangan.
* * *
Tangridan bo’lgan, davlatni barpo qilgan Bilga xoqon Tulis, tardush xalqini ushlab turdi. O’tukan atrofidagi xalq bu ikki tog’ oralig’ida edi. Suvi Selenga daryosi edi. U yerda davlat gullab-yashnagan. Qo’shini, u yerda qolgan xalqi, o’n uyg’ur va to’qqiz o’g’uz xalqini yuz yil boshqargan. Turk qipchoqlar bizning ustimizdan ellik yil hukmronlik qildi. Men yigirma olti yoshda edim. Yigirma olti yoshimda otamga shad unvonini berdi. U yerda Bo’yla bag’a tarxan mening otam edi. U turklarni bo’ysundirib qaytdi. To’qqiz o’g’uz xalqimni birlashtirdim. Otam Kul bilga xoqon o’z qo’shini bilan ketdi. Meni esa mingboshi qilib jo’natdi. Men Qayradan o’ngga burilishim kerak edi. Turklarni bo’ysundirib, yana oldinga yurdim. Qayra daryosi boshida uch Birkuda xoqonning qo’shini bilan to’qnashdim. U yerda ularni quvdim. Qora qum (hozirgi Gobi)ni oshib o’tdik. Ko’gurda, Ko’mir tog’ida Yar daryosi bo’yida bayroqli turk xalqiga O’zmish tegin xon bo’lgan ekan. Qo’y yilida unga yurish qildim. Turklarga qarshi ikkinchi jang birinchi oyning oltinchi kuni bo’lib o’tdi. Jangda O’zmish teginni asir qildim, xotinini ham u yerda asirga oldim. Turk xalqining davlati u yerda tugadi. Undan so’ng kelgusi yilda yana hujum qildim.
Uch qarluq xalqi yomon o’yga borib qochib ketdi va g’arbda O’n O’q xalqi bilan birlashdi. To’ng’iz yilida ularni tor-mor qildim.
Ular Tay bilga tutuqqa yabg’u unvonini berganlar. Shundan keyin otam xoqon vafot etdi. Qora xalq mening hokimiyatimga o’tdi. Ammo ba’zilari Tay bilga tutuq tomonidan turib uni xoqon deb e’lon qildilar. Men qo’shinni to’pladim va ularga qarshi jangga otlandim. Ular ustidan g’alaba qildim va bosib oldim. Bukaguga yetib borib kechasi – quyosh botganda, jangga kirdim. O’sha yerning o’zida tor-mor qildim. Yorug’ bo’lganda qochadilar, qorong’i tushishi bilan yana yig’iladilar. Bukaguda birorta ham sakkiz o’g’uz, to’qqiz tatar qolmadi. Ikkinchi chisloda kun chiqqanda jangga kirishdim. Qullarim, cho’rilarim, xalqimni osmon va yer qo’lladi. Ularni o’sha yerda sanchdim. Aybdor, nomdor yo’lboshchilarni tangri mening qo’limga berdi. Qora, oddiy xalqni yo’q qilmadim, uyini, binolarini, yilqisini tortib olmadim. Nomdor boshliqlarini jazoladim va ilgarigiday yashayversin, dedim. Siz mening xalqimsiz, dedim. Mening orqamdan yuring dedim. Ularni qo’yib, O’zim ketdim, ular kelmadi. Men yana ularni ta’qib qildim. Burg’u degan joyda yetib oldim. To’rtinchi oyning to’qqizinchi kunida jang qildim, sanchdim. Yilqisini, mollarini, qiz va xotinlarini olib keldim. Beshinchi oyda ular mening orqamdan keldi; sakkiz o’g’uz, to’qqiz tatar ham bitta qolmay keldi. Selengadan g’arb tomonga, Yilun ko’ldan janubga, Ship boshigacha qo’shin tortdim.
Kargun, Sakishin, Ship boshidan dushman bizga yurib keldilar, Selengaga qadar qo’shin tortdi. Beshinchi oyning yigirma to’qqizinchisida jang qildim. O’sha yerning o’zida sanchdim. Selenga daryosigacha siqib borib, ular ustidan g’alaba qildim. Ularning ko’pchiligi Selenga daryosini tark etib, mening orqamdan bordi. Men Selengani kechib o’tib, ularning orqasidan kuzatib bordim. Jangda o’n yigitni asir olib, ularga quyidagi topshiriqni yuklab jo’natdim.
Tay bilga tutuq yomon bo’lgani uchun, bir-ikki nomdor kishilari yomon bo’lgani uchun, qora xalqim, o’lding, yotib qolding, yana mening davlatimga qo’shil, o’lmaysan, yotib qolmaysan, dedim. Bor mehnatingni, kuchingni bergin menga, dedim, ikki oy kutdim, kelmadi. Sakkizinchi oyning birinchi kuni qo’shin tortayin, dedim. Bayroq yo’lga chiqqanda, otliq odamlar keldilar: dushman kelayotir, — dedilar. Dushmanning qo’mondoni keldi. Sakkizinchi oyning ikkinchi kuni Achchiq Altir qo’lida Kasuyni kechib o’tib, ular bilan to’qnashdim. O’sha yerning o’zida tor-mor qildim va ularni ta’qib qilib bordim. O’sha oyning o’n beshinchisida Qayra boshi va uch Birku daryosi bo’yida tatarlar bilan to’qnashdim. Yarim xalq bizga qo’shildi, yarim xalq esa qitanlarga o’tib ketdi. Men uyga qaytib kelib, O’tukanda qishni O’tkazdim. Dushmandan xavf-xatarsiz edim, ikki o’g’limga Yabg’u, Shad unvonini berdim, tardush, tulis xalqining boshchiligini berdim. Shundan keyin bars yilida chik xalqi tomonga yurish qildim. Ikkinchi oyning O’n to’rtinchisida Kam daryosi bo’yida chiklar bilan jang qildim. Shu yili chiklarni bo’ysundirdim.
Sip boshida oqish O’rda qurishga buyruq berdim. Qal’a devorlarini qurdirdim. Yozni o’sha yerda o’tkazdim, marosim o’tkazdim. Yozuvimni shu yerda yaratdim. Shunday qilib, o’sha yilning kuzida sharqqa yurdim, tatarlardan javob kutdim, quyon yilining beshinchi oyida ularga hujum qildim…
O’tukan yishning boshi u yerda, lashkaringizning boshi ham u yerda. Iduq bashning orqasida – men Yabash tukush daryosining quyilishida yozni O’tkazdim. Saroyni o’sha yerga qurishga buyruq berdim, devorini ham barpo qildirdim, ming yillik, tuman kunlik yozuvimni, binomni o’sha yerda yasab, toshga o’yib yozdirdim. To’quz o’g’uz beklari keldi, aytdilarki, qabila boshlig’i bizlarga dushman ekan. Aqlli beklarini va Qora Bulukni o’sha yerga o’tqazibdi, qirg’izlarga odam jo’natibdi. «Siz qo’zg’olon ko’taring, chiklarni ham qo’zg’olon ko’tartiring, — debdi.- Men ham qo’zg’olon qilayin, — debdi. Qarang, mustaqil bo’lib qoling. O’rmonda siz bilan qo’shilamiz», — dedi u.
To’quz o’g’uz tarafga qo’shin tortdim. Tutuq bosh rahbarligida chik tarafga mingta qismni jo’natdim, uning ittifoqchilari tarafga ozgina odam jo’natdim. Hushyor bo’ling, qirg’iz xoqoni ko’chman ichida, dedim.
G’am o’z uyingda, deydilar. U o’zining otliqlarini ittifoqchilari tomonga jo’natdi, uning ittifoqchilariga esa mening odamlarim hujum qildilar, til tutdilar. Ularning ittifoqchilariga odamlar keldi. Qarluqlar esa ittifoqchilariga kelmadilar, asirlar shunday deb aytdilar. Men Kam daryosini kechib o’tib, oldinga yurdim. O’n birinchi oyning o’n sakkkizinchisida ularni Bo’lchu daryosi bo’yida uchratdim. Uch qorluqlarni o’sha yerda tor-mor qildim. Keyin orqaga burildim va o’sha joyning o’zida qoldim. Chiklarni esa mening mingta otryadim quvib yetdi. O’sha joyda yozni o’tkazib, marosim o’tkazdim. Chik xalqiga tutuq berdim (ya’ni boshliq tayinladim). Ishbar va tarxonlarni ham o’sha paytda tayinladim. Keyin basmil odamlari keldi. Qazluk ko’lida ularni ko’rdi, dushmanlar oz deb ular o’n beshinchi chisloda Tayg’an ko’li bo’yida qo’shinni tO’pladim, u yerdan otryadni ularni qaytarish uchun jo’natdim. Odamlarim Qora yo’taliq daryosini kechib o’tib keldilar. Men ularni kutib olishga chiqdim. Bu paytda basmillar lashkarboshisi qarluqlarga dushman bo’lib qoldi.
Menga dushman bo’lib qolgan basmillar mening uyimga keldi. Men ularni o’zimga qo’shmadim.
Tashqi dushmanlardan uch qarluq, uch iduq tatar, turgashlarga qarshi O’tukan o’rmonlarida hujum qildim. Beshinchi oyning yigirma oltinchisida ular bilan urushdim. Men g’alaba qildim. So’ngra turgashlar va qarluqlarni tor-mor qilib, ularning mol-mulkini, uyini talab uyimga olib keldim…
Qarluqlarning tirik qolgani hammasi turgash xoqoniga keldi… Xitoy xoqonining qizini va sakkiz o’g’lini asirga oldim. Keyin xoqon keldi, menga hurmat ko’rsatib, ikki qizini berdi. «Sening so’zingga uchmayin, yana yanglishmayin», — dedi va qaytib ketdi. Shundan keyin sug’d va tabg’achlarga Selenga daryosi bo’yida Bay baliq shahrini qurishga buyruq berdim.

Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə