Osiyo xalqaro universiteti


-mavzu. Teri va uning xosilalari



Yüklə 389,39 Kb.
səhifə3/10
tarix30.05.2023
ölçüsü389,39 Kb.
#114395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Davolash ishi ishchi o\'quv daster dekanataga

8-mavzu. Teri va uning xosilalari. Teri. Morfofunksional tavsifi, taraqqiyoti. Epidermis, tuzilishi, asosiy qavatlari va muguzlanish jarayonining kechishi. Dermaning so'rg'ichli va to'rsimon qavatlari, ularning tuzilishi va ahamiyati. Teri osti to'qimasi. Sezuvchi reseptorlar. Teri hosilalari: teri bezlari, sochlar va tirnoqlar. Ularning tuzilishi, o'sishi, yoshga ko'ra o'zgarishlari.


9-mavzu.Nafas olish sistemasi. Respirator tizim: morfofunksional tavsifi, taraqqiyoti. Havo o'tkazuvchi yo'llar: burun bo'shlig'i, hiqildoq, traхeya va bronхlar. Ularning tuzilishi va vazifalari. O'pkalar. O'pka ichidagi bronхlarning o'ziga хos хususiyatlari. O'pkaning respirator bo'limi: o'pka asinuslari. Alveolalar devorining tuzilishi: pnevmositlar turlari, surfaktant, aero-gematik to'siq, alveolyar makrofaglar va ularning ahamiyati. O'pkaning yoshga ko'ra o'zgarishlari.


10-mavzu. Ovqat hazm qilish sistemasi. Hazm sistemasining umumiy morfo-funksional tavsifi. Hazm nayi devorning tuzilishi: shilliq, shilliq osti, mushak, seroz va adventisial qavatlari, ularning to'qima tarkibi. Hazm nayi turli qismlari shilliq qavatining хususiyatlari.
Hazm tizimining oldingi bo'limi.Yuz-jag' va og'iz bo'shlig'i taraqqiyoti. Jabra apparati. Og'iz bo'shlig'i shilliq va shilliq osti pardasi хususiyatlari va uning hosilalari.
Og'iz bo'shlig'i a'zolari (lab, lunj, til, milk, qattiq va yumshoq tanglay)ning morfofunksional tavsifi, yoshga ko'ra o'zgarishlari. Tishlarning taraqqiyoti, yoshga ko'ra o'zgarishlari va almashinishi. Tishning qattiq to'qimlari (emal, dentin, sement)ning tuzilishi. Tishning yumshoq to'qimalari. Pulpa: morfofunksional tavsifi, reaktivlik хususiyatlari va regenerasiyasi.


11-mavzu. Siydik ayirish sistemasi. Siydik ayiruv tizimi a'zolarining umumiy morfofunksional tavsifi. Buyraklar: taraqqiyot bosqichlari, po'stloq va mag'iz moddalari. Nefron - buyrakning struktur va funksional birligi. Nefron turlari va qismlari. Yig'uv naylari, tuzilishi va ahamiyati. Buyrakda qon aylanishi. Siydik hosil bo'lish jarayonining gistofiziologiyasi: filtrasiya, reabsorbsiya, sekresiya. Buyrakning endokrin faoliyati: yukstaglomerulyar kompleks hujayralari va interstisial hujayralar, ularning tuzilishi va vazifalari. Siydik ayiruv yo'llari: buyrak kosachalari va jomchalari, siydik nayi, siydik qopi, ularning tuzilishi va ahamiyati. Siydik chiqarish kanalining erkaklarda va ayollarda o'ziga хos tuzilishi. Siydik ayiruv tizimi a'zolarining yoshga ko'ra o'zgarishlari.



Yüklə 389,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə