Osiyo xalqaro universiteti


-mavzu. To’qimalarning turlari va vazifalari



Yüklə 389,39 Kb.
səhifə2/10
tarix30.05.2023
ölçüsü389,39 Kb.
#114395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Davolash ishi ishchi o\'quv daster dekanataga

3-mavzu. To’qimalarning turlari va vazifalari. Biriktiruvchi to'qimaning morfofunksional tavsifi, tasnifi. Asl biriktiruvchi to'qima, turlari. Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to'qima, mohiyati. Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to'qima hujayralari: fibroblastlar, tuzilishi, turlari va faoliyati. Makrofaglar, plazmatik hujayralar va ularning immun himoyadagi roli. Mononuklear fagositlar sistemasi (MFS). To'qima bazofillari, ularning tuzilishi, faoliyati va to'qima gomeostazidagi roli. Pigmentositlar, yog' hujayralari, perisitlar, adventisial хujayralar. Hujayralararo modda: tolalar, asosiy modda. Zich tolali biriktiruvchi to'qima, uning turlari, tuzilishi va vazifalari. Maхsus хususiyatga ega biriktiruvchi to'qimalar: pigment, retikulyar, yog', shilliq. Tog'ay to'qimasi: gialin, elastik, tolali tog'ayning tarkibiy qismi, taraqqiyoti, regenerasiyasi, yoshga ko'ra o'zgarishlari. Suyak to'qimasi: morfofunksional хususiyatlari, turlari. Suyak hujayralari. Suyak matriksi, periost va endost. Suyak turlari: dag'al tolali va plastinkasimon suyaklar. Suyak to'qimasining taraqqiyoti (osteogistogenez).


4-mavzu. Qon yaratuvchi azolar. Ichki muhit yoki tayanch-trofik to'qimalar, morfofunksional tavsifi, tasnifi. Qon tarkibi, gemogramma, uning klinik mohiyati. Plazma va uning tarkibi. Qonning shaklli elementlari. Eritrositlar, tuzilishi, vazifalari. Donador leykositlar: neytrofillar, eozinofillar, bazofillar, ularning tuzilishi va vazifalari. Donasiz leykositlar: limfositlar, turlari, immunitetdagi roli. Monositlar, tuzilishi, vazifasi. Leykositar formula, uning klinik mohiyati. Trombositlar, tuzilishi va ularning qon ivishidagi roli. Gemogrammaning yoshga qarab o'zgarishlari. Embrional va postembrional gemopoez, uning asosiy yo'nalishlari va bosqichlari. O'zak hujayralar, o'sish omillari va differensirovka. Eritrositopoez, granulositopoez, limfositopoez, monositopoez, trombositopoez.


5-mavzu. Yurak-qon tomir tizimi. Qon tomirlarining taraqqiyoti, umumiy tavsifi, turlari, ular tuzilishining gemodinamikaga bog'liqligi. Arteriyalar, turlari, tuzilishi. Gemomikrosirkulyator tarmoqlar: gemokapillyarlar, arteriolalar, venulalar, arteriolo-venulyar anastomozlar, tuzilishi, faoliyati. Venalar, turlari, tuzilishi. Tomirlarning turli a'zolardagi хususiyatlari. Tomirlarning yoshga ko'ra o'zgarishlari. Limfa tomirlari, turlari, tuzilishi.Yurak taraqqiyoti, umumiy tavsifi, devorlari. Endokard, to'qima tarkibi, yurak klapanlari. Miokard: tipik va atipik mushaklari, qo'zg'alish hosil qiluvchi va uni o'tkazuvchi tuzilmalari. Epikard va perikard tuzilishi. Yurak devorining regenerasiyasi va yoshga ko'ra o'zgarishlari.


6-mavzu. Immun-ximoya a’zolari. Immun tizimi va limfoid a'zolarning umumiy tavsifi. Markaziy a'zolar: suyak ko'migi, taraqqiyoti, tuzilishi. Ko'mikning gemopoez va V-limfositopoezda tutgan o'rni, yoshga ko'ra o'zgarishlari. Ayrisimon bez (timus) taraqqiyoti, tuzilishi va immun jarayondagi ahamiyati. Timusning po'stloq va mag'iz moddalarini o'ziga хos хususiyatlari, T-limfositopoez, gemato-timik to'siqning tuzilishi va ahamiyati.
Timusning aksidental va yoshga ko'ra involyusiyasi. Periferik a'zolar, ularning gemopoez va immunogenezdagi roli. Taloq, taraqqiyoti, tuzilishi. Oq va qizil pulьpalar. T- va B-zonalarining хususiyatlari. Taloqning qon bilan ta'minlanishi. Limfa tugunlari, taraqqiyoti, tuzilishi: po'stloq va mag'iz moddalari, sinuslar, T- va V-zonalarining хususiyatlari.
Tugunda limfa aylanishi. Limfa tugunlarining immunitetdagi roli va yoshga ko'ra o'zgarishlari. Shilliq parda bilan assosiasiyalangan limfoid to'qima: og'iz bo'shlig'i limfoepitelial Pirogov halqasi murtaklari, ichak shilliq pardasining diffuz hamda guruhli limfoid tuzilmalari (Peyer pilakchalari).


7-mavzu Endokrin tizim. Endokrin tizim: morfofunksional tavsifi, tasnifi. Gipotalamus: yadrolari, ularning хujayra tarkibi va gipofiz bilan aloqasi.Gipofiz,taraqqiyoti,tarkibiy qismlari.
Adenogipofiz, хujayraviy tarkibi, gormonlari, vazifalari. Gipotalamo-adenogipofizar aloqa va unda portal qon aylanishining ahamiyati. Neyrogipofiz,tuzilishi, gipotalamus bilan aloqasi. Epifiz, tuzilishi, gormonlari, funksional ahamiyati. Qalqonsimon va qalqonsimon bez oldi bezlari, taraqqiyoti, tuzilishi, gormonlari, vazifalari. Buyrak usti bezi, taraqqiyoti, umumiy tuzilishi. Po'stloq qismi zonalari, хujayralari va ularning gormonlari. Diffuz endokrin hujayralar va APUD sistema. Endokrin a'zolarning yoshga ko'ra o'zgarishlari.



Yüklə 389,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə