Osiyo xalqaro universiteti



Yüklə 389,39 Kb.
səhifə1/10
tarix30.05.2023
ölçüsü389,39 Kb.
#114395
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Davolash ishi ishchi o\'quv daster dekanataga





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI


Ro‘yxatga olindi. №_______

2022 yil “____” ____________






TASDIQLAYMAN”
Osiyo xalqaro universiteti rektori
___________S.S. Dexkanov
“____”__________2022 yil

GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA, EMBRIOLOGIYA”


FANINING ISHCHI O’QUV DASTURI


Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo’nalishi:

900000 – Sog’liqni saqlash va ijtimoiy taminot
910000 – Sog’liqni saqlash
60910200– Davolash ishi

Buxoro-2022





Fan/modul kodi
GSE1208

O’quv yili
2022-2023



Semestr(lar)
2,3

Kreditlar
4/4

Fan/modul turi Majburiy

Ta`lim tili
O’zbek/Rus

Haftadagi dars soatlari
6/5

1

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta`lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Ma’ruza

Amaliy

Labaratoriya

Gistologiya, sitologiya, embriologiya

24

76

10

130

240

2



I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad - odam organizmi organ va to’qimalarning embrional rivojlanishi, mikroskopik va submikroskopik tuzulishi, xujayralarning sito- va gistofiziologiyasining asosiy qoniniyatlarini o’rganish, gistologik preparatlarni identifikatsiya va interpritatsiya qilish ko’nikmalarini egallash.
Fanning vazifasihujayra , to`qima va a`zolar taraqiyoti , tuzulishi va faoliyati to`g`risida zamonaviy nazariy bilimlarni egallash;

  • Mikroskopik va submikroskopik preparatlarni to`g`ri taxlil qilish borasida asosiy amaliy ko`nikmalarga ega bo`lish;

  • Odam organizmi xujayralari to`qimalari va a`zolarining embrional taraqqiyoti qonuniyatlarini o`zlashtirish;

  • Xujayra to`qima va a`zolarning yoshga nisbatan o`zgarishlari va ularning turli tasirlarga nisbatan javob reaksiyalarini to`g`ri talqin qila bilish;

  • Eng muhim sitologik gistologik va embriologik tadqiqot usullarining asoslarini o`zlashtirish.

Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi- Gistologiya, sitologiya, embriologiya fani boʼyicha olingan nazariy va amaliy bilimlar jamlanmasi, normal va patologik fiziologiya, patologik anatomiya, sud-tibbiyot ekspertizasi, akusherlik, ginekologiya, onkologiya va boshqa fanlarni oʼrganishda fundament boʼlib hisoblanadi.
II. Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg’ulotlari)
2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-mavzu. Sitologiya asoslari. Fanning qisqacha tariхi, vazifalari, nazariy va amaliy tibbiyotda tutgan o'rni. Fanning boshqa tibbiy fanlar taraqqiyotidagi roli. O'zbekistonda gistologiya maktabining yaratilishi. Sitologiya- hujayra haqidagi fan. Hujayraning tarkibiy qismlari: plazmolemma, sitoplazma, yadro. Sitoplazma tuzilmalari: organellalar, kiritmalar, ular turlari, vazifalari, gialoplazma, sitoplazma tuzilmalarining o'zaro munosabatlari. Yadro, genetik, sintetik mohiyati, asosiy tuzilmalar: kariolemma, хromatin, yadrocha, karioplazma. Hujayralarning bo'linishi: mitoz, meyoz, endomitoz va poliploidiya. Hujayra nazariyasi. Maхsus so'ruvchi, sekretor, qisqaruvchi va qo'zgaluvchi hujayralar haqida tushuncha, ularning turlari, o'ziga хos хususiyatlari. Hujayralarning hayot sikli, hujayralar sitofiziologiyasi, hujayralarning tashqi ta'sirotga javobi.


2-mavzu. To’qima. Epiteliy to’qimasi bezli epiteliy. To'qimalar haqida tushuncha. To'qimalarning tarkibiy qismi, hujayralar va hujayralararo modda. Differonlar, to'qima regenerasiyasi, regenerasiya turlari. To'qima tasnifi. Epiteliy to'qimasining morfofunksional tavsifi. Qoplovchi va bezli epiteliy. Qoplovchi epiteliyning klassifikasiyasi. Epiteliy hujayralarining o'ziga хos хususiyatlari, epiteliy hujayralari apikal yuzasining iхtisoslashuvi, epiteliy orqali moddalar transporti. Epiteliy to'qimasining regenerasiyasi, kambial hujayralar roli. Bezli epiteliy. Ekzokrin bezlarning umumiy tuzilishi tamoyillari. Sekretor sikl haqida tushuncha, sekresiya turlari.



Yüklə 389,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə