Referat mavzu: Surunkali yallig’lanish. Kafedra : Normal va patologik fiziologiya Fan : Patologik fiziologiya



Yüklə 60,72 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü60,72 Kb.
#182827
növüReferat
  1   2   3
Surunkali yallig\'lanish (2)







TOSHKENT TIBBIYOT


AKADEMIYASI
REFERAT


Mavzu: Surunkali yallig’lanish.
Kafedra: Normal va patologik fiziologiya
Fan: Patologik fiziologiya
Tekshirdi: Dotsent Boboyeva Zuhra Nurillayevna
Bajardi: Ravshanov Komoliddin

REJA:


  • 1. Yallig’lanishga tarif.

  • 2. Yallig’lanish turlari.

  • 3.Yallig’lanish mexanizmi.



Yalligʻlanish — kasallik qoʻzgʻatuvchi zararli omillar (fiz., kimyoviy, biol.) taʼsiriga qarshi organizmning murakkab mahalliy nomaxsus himoya reaksiyasi. Shikastlangan soha Yallig’lanish reaksiyasi tufayli organizmning sogʻlom toʻqimalaridan ajralib qoladi; u joyga qondan immun hujayralar kelib, ular har xil destruktiv effektlarni rivojlantiradi. Arteriyalar va kapillyarlarning qon bilan toʻlishi Yallig’lanish oʻchogʻida qizarish va gipertermiyaga, tomirlar oʻtkazuvchanligining oshishi shish va ogʻriqqa sabab boʻladi (nerv oxiriga bosim boʻlganligi hisobiga). Leykotsitlar migratsiyasi (birinchi navbatda, neytrofillarning) va ularning faollashishi atrofdagi toʻqimalarning sitolizi va yiring hosil boʻlishiga olib keladi. Yallig’lanish oʻchoklari zararli omilni bostiruvchi asosiy mexanizmlarga fagotsitoz, hujayradan tashqari sitoliz, nomaxsus kontaktli killing hamda komplement tizimining sitolitik reaksiyalari hisoblangan gumoral reaksiyalar kiradi. Shu bilan bir vaqtda Yallig’lanish mahalliy va umumiy immunitetining rivojlanishiga turtki boʻladi. Yallig’lanish organizmning ilk reaksiyalaridan biri hisoblanib, u organizmni yot jismlardan himoya qilish yoki parchalangan oʻz hujayralaridan tozalash kabi vazifalarni bajaradi.
Yallig’lanish uchta muhim tarkib (komponent)dan: alteratsiya (hujayra va toʻqimalarning shikastlanishigacha boʻlgan oʻzgarishlari), ekssudatsiya (suyuqlik va qon hujayralarining tomirlaridan chiqishi) va proliferatsiya (hujayralarning koʻpayishi va toʻqimalarning oʻsib ketishi)dan tashkil topgan. Yallig’lanish reaksiyalarining har qanday koʻrinishlarida bu uch komponent albatta mavjud boʻladi. Ulardan qaysi birining ustunligiga koʻra, Yallig’lanishning uchta asosiy — alterativ, ekssudativ va proliferativ shakli farq qilinadi.
Alterativ Yallig’lanish koʻpincha ichki aʼzolar (yurak, jigar, buyrak)da yuzaga keladi. Ya.ning bu shakli baʼzi bir allergik reaksiyalar, kuchli toksik (mas, patogen mikroblar ajratadigan ekzotoksin) modsalar taʼsir etganda, autoimmun jarayonlarda vujudga keladi.
Ekssudativ Yallig’lanish boshqalariga nisbatan koʻproq uchraydi; Yallig’lanish oʻchogʻida tomirlarning tavsifi oʻzgarishi hisobiga tomir devorining oʻtkazuvchanligi oshadi, natijada qonning suyuq qismi va leykotsitlar tomirdan atrofdagi toʻqimaga chiqib, Yallig’lanish oʻchogʻida toʻplanadi (bu suyuqlik ekssudat deb ataladi). Agar ekssudat deyarli tiniq va tarkibida 8% gacha oqsil boʻlsa, seroz Yallig’lanish deb ataladi. Ekssudatda maxsus oqsillar — fibrinogen koʻp boʻlsa, fibrinoz Yallig’lanish deyiladi. Yiringli Yallig’lanishda ekssudatda juda koʻp miqdorda nobud boʻlgan leykotsitlar va boshqalar boʻladi.
Proliferativ Yallig’lanish hujayra elementlarining koʻpayishi, tugunlar hosil boʻlishi bilan ifodalanadi, bu zaxm, sil, toshmali terlama kabi kasalliklarda kuzatiladi.

Yallig’lanish himoya, moslanish reaksiyasi boʻlsada, maʼlum sharoitlarda organizm uchun hayotiy zarur toʻqimalarning shikastlanishiga olib keladi. Yallig’lanishning oqibatlari har xil, yalligʻlangan soha butunlay tuzalib ketishi, baʼzan toʻqimalarning talaygina qismiga putur yetgan boʻlsa, yalligʻlangan joy chandiqlanib qolishi ham mumkin. Agar Yallig’lanish ichki aʼzolarda boʻlsa, qoʻshni aʼzolarni bir-biriga tutash joylarida bitishma hosil boʻladi, natijada shikastlangan aʼzo funksiyasi oʻzgaradi.


Yallig’lanishning har qanday koʻrinishida shifokorga murojaat etish va uning koʻrsatmalariga amal qilish lozim. Yallig’lanishning klinik belgilari: Qizarish (rubor) arterial, keyin esa venoz giperemiya rivojlanishi bilan bog’liq. Mahalliy haroratning oshishi(color) yallig’lanish o’chog’ida katabolik jarayonlar intensivligining oshishi, shuningdek arterial giperemiya tufayli to’qimalarga ko’p miqdorda iliq arterial qon kiradi. Shish (tumor) ekssudatsiya mexanizmlariga asoslanadi Og’riq (dolor) yallig’lanish mediatorlari (gistamin, kininlar) tomonidan retseptorlarning tirnash xususiyati, shuningdek ekssudatning mexanik bosimi, atsidoz va giperosmiya natijasida yuzaga keladi. Disfunktsiya (functio leasa) hujayraning shikastlanishi va o’limining natijasidir.

Yüklə 60,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə