Referat mavzu: Surunkali yallig’lanish. Kafedra : Normal va patologik fiziologiya Fan : Patologik fiziologiya



Yüklə 60,72 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü60,72 Kb.
#182827
növüReferat
1   2   3
Surunkali yallig\'lanish (2)

Ikkinchi bosqichi makrofaglardan yallig'lanish jarayoni avj olib borishida ishtirok etadigan turli biologik faol moddalar ajralib chiqishi bilan ta'riflanadi. Hozirgi vakqda makrofaglar ishlab chiqaradigan 50 dan ortiq biologik faol moddalar borligi aniqlangan. Bularning alohida diqqatga sazovor bo'lganlari quyidagilardir:
1) fermentlar — neytral va nordoi proteazalar. Elastaza va kollagenaza singari neytral proteazalar to'qimalar shikastlanganda ajralib chiqadigan yallig'lanish mediatorlari jumlasiga kiradi. Boshqalari, masalan, plazminogen aktivatori plazmin hosil bo'lishiga yordam beradi. Nordon proteazalardan fosfataza valipazafaolishtirok etadi;
2) plazma oqsillari— to'qima omili va V, VII, IX, X omillar singari komplement oqsillari va koagulyant-oqsillar;
3) reaktiv kislorod metabolitlari;
4) lipidlar mediatorlarijumladan araxidonat kislota metabolitlari va trombotsitlarni faollashtiruvchi omili
Surunkali yallig'lanish birmuncha uzoq davom etib borishi bilan ham o'tkir yallig'lanishdan farq qilishini aytib o'tish kerak. Chunonchi, o'tkir yallig'lanish 2-3 hafta davom etsa, surunkali yallig'lanish 1 -1,5 oydan ko'ra uzoqroq cho'ziladi. Lekin tasvir etilayotgan shu ikki turdagn yallig'lanishning bir-biridan muhim farqi yallig'lanish infiltratining morfologik xususiyatlaridadir.
Surunkali yallig'lanish infiltratda mononuklear hujayralar makrofaglar, limfotsitlar va plazmatik hujayralar paydo bo'lishi bilan ta'riflanadi. Bularning oraskda yallig'lanish o'chog'ida keyinchalik boshlanadigan reparativ jarayon uchun zarur bo'luvchi fibroblastlar va kollagen topiladi.
Makrofaglarni odatda yemirilgan to'qima qoldiqlari, halok bo'lgan leykotsitlar va boshqa zarrachalarni chaqqonlik bilan yig'ishtirib, yo'kqtib turadigan «farroshlar» deb hisoblashadi. Lekin bu hujayralar yallig'lanish va immunitetning avj olishida muhim o'rin tutadi. To'qima makrofaglari ilgari retikuloendotelial sistema (RES) dsb atalib kelgan monotsitar makrofagal sistema tarkibiy qismlarinnng biridir. Bu sistema ko'mikdan ishlanib chiqadigan hujayralar (jumladan, qon monotsitlarn) va to'qima makrofaglaridan iboratdir. Bu hujayralarning hammasi ko'mikdagi umumiy manbadan qon monotsiti hosil bo'ladigan hujayradan kelib chiqadi. Qondan monotsitlar har xil to'qimalarga migratsiyalanib o'tadi va makrofaglarga aylanadi. Makrofaglar oylab umr ko'radigan hujayralardir. To'qima makrofaglari biriktiruvchi to'qimada bir tekis tarqaladi yokn jigar (Kupfer xujayralari ko'rinishida), taloq va limfa tugunlari (sinus gistiotsitlari ko'rinishida) singari organlarda to'planib boradi. O'pkada ular alveolyar makrofaglar ko'rinishida bo’ladi. 5) proliferatsiya hamda boshqa hujayralar funksiyasini tartibga soluvchi omillar: interferon, fibroblastlarga ta'sir o'tkazuvchi o'sish omili, T va V- limfotsitlarni faollashtiruvchi, shuningdek fibroblastlar tomonidan kollagenaza ishlanib chikishini jonlantnruvchi interleykin-1 va boshqalar.
Yuqorida aytib o'tilgan mediatorlarning hammasi makrofaglarni organizmning kuchli himoyalovchi omiliga aylantiradi. Shu bilan birga yot antigenlarga qarshi ishga tushishi mumkin bo'lgan bu kuchli qurol makrofaglar haddan tashqari faollashib ketgan chog'larda organizmning o'z to'qnmalarini ham ancha zararlantirishi mumkinki, autoimmun kasalliklar paytida shunday hodisa kuzatiladi.
Surunkali yallig'lanishda qonda aylanib yurgan monotsitlar xemotaksik omillar ta'siri ostida to'qimaga migratsiyalanib o'tib, bu yerda makrofaglarga aylanadi. Yallig'lanish o'chog'ida makrofaglarning yig'ilib qolishi uchun limfotsitlar tomonidan ajratib chiqaradigan omillar alohida ahamiyatga ega.
Makrofaglar, neytrofillardan farq qilib, o'zining yashash layoqatini uzoq vaqt mobaynida saqlab qoladi. Makrofaglarning bo'linish jarayonida ko'p yadroli ulkan hujayralar paydo bo'ladi.

Yallig'lanish infiltratida limfotsitlarning har xil turlari topiladi, bunday hodisa immun yallig'lanishda kuzatilishi bilangina qolmaydi. Masalan, sil qo'zgatuvchilari, ya'ni mikobakteriyalar antigen xususiyatlarigaegadir, shu munosabat bilan limfotsitlar sil granulyomasida bo'ladi. Har qanday yallig'lanish ham hujayra antngenlari paydo bo'lishi bilan birga davom etib borishini va yallig'lanishning immunologik komponenti shu antigenlarga bog'liq bo'lishini ta'kidlab aytib ketish kerak.



Foydalanilgan adabiyotlar:
1- “Patofiziologiya” darslik ( Abdullayev .N.H) 2010yil
2-WWW.Wkipedia.uz
3-Yang J, Zheng Y, Gou X, et al. Prevalence of comorbidities in the novel Wuhan coronavirus (COVID-19) infection: a systematic review and meta-analysis. Int J Infect 3-Dis.2020; S1201-9712(20)30136-3. doi: 10.1016/j.ijid.2020.03.017 pmid:32173574
4 Ma R.C.W. Holt R.I.G. COVID-19 and diabetes. Diabet Med. 2020;https://doi.org/10.1111/dme.14300
5-W.-J. Guan, Z.-Y. Ni, Y. Hu, W.-H. Liang, C.-Q. Ou, J.-X. He, et al.Clinical characteristics of coronavirus disease 2019 in China. N Engl J Med (2020), 10.1056/NEJMoa2002032
Yüklə 60,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə