O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Tayanch so’z va iboralar: 
ma’lumotlar ombori,
 
leksikografiya, kompyuter 
leksikografiyasi, kompyuter lug’atlari, kodlash va dekodlash, lemmatizatsiya, 
matnlar korpusi, korpus lingvistikasi, virtual matnlar korpusi, parallel matnlar 
korpusi, on-line lug’atlar, kitobiy lug’atlar, elektron lug’atlar. 
Ma’lumki, leksikografiya tilshunoslik fanining amaliy sohalaridan biri 
hisoblanadi. U yunoncha “lexikos – so’z”, “lug’at”, “grapho – yozaman” degan 
ma’nolarni anglatadi. Leksikografiya bo’limida lug’atlar, ularni tuzish yo’llari va 
tamoyillari o’rganiladi. Avtomatizatsiya ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga 
kirib kelishi natijasida lug’atlar ham elektron holatda yaratilish imkoniyati yuzaga 
keldi. Kompyuter yordamida lug’atlar bilan ishlashning optimallashuvi natijasida 
kompyuter leksikografiyasi yo’nalishi shakllandi. Kompyuter leksikografiyasi 
amaliy tilshunoslikning muhim tarkibiy qismi bo’lib, unda lingvistik va dasturiy 
ta’minot asosida ishlaydigan, kodlash va dekodlash prinsipi asosida yaratilgan 
kompyuter lug’atlari, ularni tuzish dasturlari, algoritmlari o’rganiladi. Mazkur 
sohaning rivojlanishi natijasida turli nomlarda elektron lug’atlar yaratilmoqda. Eng 
mashhur elektron lug’atlar sirasiga CONTEXT, ABBY LINGVO, 
М
ULTITRAN, 
POLYGLOSSUM, MULTILEKS kabilar kiradi.
Leksikografiya sohasiga kompyuter texnologiyalarining tatbiq etilishi 
lug’at tuzish ishlarini ancha yengillashtiradi. Lug’at tuzish jarayonining naqadar 
murakkabligini bir tilshunos olim hazilomuz tarzda quyidagicha izohlagan: 
“Agar 
biror kishi og’ir jinoyat sodir qilsa, uni katorgaga surgun qilish shart emas. U 
lug’at tuzsin, shunda u katorganing barcha azoblarini, qiyinchiliklarini tortgan 
bo’ladi”
. Axborot manbalarini yig’ish bo’yicha maxsus dasturlar (Database 
Software) lug’at asosini tashkil etuvchi barcha ma’lumot va misollarni jamlash va 
sistematik tarzda ishlov berishga qulaylik tug’diradi. Bundan tashqari boshqa 
maxsus dasturlar lug’atni tahrir qilish va chop etish borasidagi ancha mashaqqatli 
mehnatni bir qancha osonlashtiradi. Elektron lug’atlar ham o’z navbatida 
an’anaviy lug’atlarga qaraganda bir muncha ko’proq afzalliklarga ega. Bugungi 
kunda masalan, ABBY LINGVO kompaniyasining lug’at va tarjima dasturlari 


80 
ulardan foydalanuvchi har bir xaridorga o’z lug’atini tuzishga yoki mavjud lug’at 
so’z boyligini to’ldirib borish imkonini beradi. Ochiq turdagi internet lug’atlari 
(

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə