O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

konkordanser
dasturlar
ishlab chiqish orqali turli xil ixtisoslik lug’atlari tuzish imkoniyati 
tug’iladi. Ushbu imkoniyatlar kompyuter leksikografiyasi uchun ulkan ahamiyat 
kasb etadi. 
Kompyuter leksikografiyasiga semantik maydon, semantik tarmoq
semantik to’r hamda freym semantikasining faol tatbiq etilishi natijasida ulkan 
kompyuter leksikografiya resurslari yaratildi. Shunday yirik leksikografik 
resurslardan biri 
FRAMENET
bo’lib, u internet tizimida on-line rejimida 
ishlaydi.
75
Mazkur tizim Ch.Fillmorning 
“Tools for Lexicon Building”
loyihasi 
asosida Kaliforniya shtati, Berkli shahridagi Xalqaro informatika institutida ishlab 
chiqilgan. Framenet resursining ma’lumotlar bazasida 10000 ta leksik birlik 
mavjud, undan 6000dan ortig’i to’liq annotatsiyaga ega. Bundan tashqari 
ma’lumotlar bazasida 800ta semantik freym ko’rsatilgan, 135000 annotatsiyali 
gaplar keltirilgan.
Elektron lug’atlar tuzish jarayonida ma’lumotlar ombori, matnlar korpusini 
yaratish, qidiruv tizimi, kodlash, lingvistik va dasturiy ta’minot unsurlari qatorida 
lemmatizatsiya 
bosqichi ham mavjud. Lemmatizatsiya bu – so’zning dastlabki
boshlang’ich formasini (lug’atdagi shaklini – lemmasini) tashkillashtirish texnikasi 
bo’lib, bu jarayon o’sha so’zning boshqa so’z-shakllaridan kelib chiqqan holda 
amalga oshiriladi. Lemmatizatsiya morfologik tahlil metodi tarkibiga kiradi, u ikki 
bosqichni o’z ichiga oladi: 1) deklarativ bosqich – bunda muayyan so’zning 
bo’lishi mumkin bo’lgan barcha shakllari (so’z-shakllar) belgilanadi; 2) protsedura 
73
http:www.corpus.leeds.ac.uk/list.html 
74
http://www.wikipedia.org/wiki/corpus linguistics 
75
http://framenet.icsi.berkeley.edu/ 


82 
bosqichi – bunda so’z asos va qo’shimchalarga, ya’ni leksemalarga yoki 
morfemalarga bo’linadi. Lemmatizatsiya so’zlarning grammatik valentligi, qaysi 
affikslar bilan birika olish imkoniyatini ham belgilab beradi. Masalan, o’zbek tilida 
so’zlarning lug’atdagi shakli – lemmasi quyidagicha: 

Ot so’z turkumi uchun – bosh kelishik, birlik shakli. 

Fe’l so’z turkumi uchun – harakat nomi shakli 

Sifat so’z turkumi uchun – oddiy daraja shakli
Daftarlarni, daftarlarga, daftarlarning, daftarlardan, daftarlarda 

daftar
Yugurdi, yugurgan, yuguryapti, yugurmoqchi 

yugurmoq
Ko’kimtir, ko’kish, ko’kroq 

ko’k
Kitobiy lug’atlar va elektron lug’atlarning farqi quyidagilarda ko’rinadi: 
1.
Kitobiy lug’atlarning tuzilishi: a) lug’atning so’zligi shakllantiriladi; b) 
misollar kartotekalari tuziladi; c) lug’at maqolalari yoziladi; d) lug’atning 
qolyozma varianti tayyorlanadi; e) qo’lyozma tahrir etiladi; f) muallif tuzatishlar 
qiladi; g) nashr uchun teriladi; h) lug’at sahifalanadi; i) korrektirovka qilinadi; j) 
lug’at nashr etiladi.
2.
Elektron 
lug’atlarning 
tayyorlanishi: 
a) 
lug’atning 
so’zligi 
shakllantiriladi; b) misollar korpusi (elektron kartotekalari) tuziladi; c) lug’at 
maqolalari yoziladi; d) lug’at maqolalarini ma’lumotlar bazasiga ko’chiriladi; e) 
bevosita ma’lumotlar bazasida lug’at matni tahrir etiladi, korrektirovka qilinadi; f) 
lingvistik ta’minot dasturiy ta’minot bilan uyg’unlashtiriladi; g) elektron lug’at.
Kitobiy lug’atlar tuzilishi sahifalar ketma-ketligiga tayanadigan chiziqlilik 
tamoyiliga bo’ysunadi. Elektron lug’atlar strukturasi gipertekst texnologiyasiga 
asoslangan bo’ladi, bu esa foydalanuvchiga lug’at maqolalarining ixtiyoriy 
qismiga tezkor murojaat qilish imkonini beradi.

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə