O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

Adabiyotlar
1.
Darsliklar. 
2.
Sayfi Saroyi. Guliston bit-turkiy. Uch bulbul gulshani. To`plam. T.,1986. 
3.
Sayfi Saroyi. She`rlar. T.,1968. 
4.
Sa`diy. Guliston. T.,1968. 
5.
E.Fozilov. XIV asr Xorazm yodnomalari. T., 1973. 
6.
B.To`xliev. O`zbek adabiyoti. Darslik. 9-sinf. T., 2000. 
Sayfi Saroyi XIV asrda yashab ijod qilgan turkiy adabiyot vakillaridan biridir. U 
adabiyotimizda shoir va tarjimon sifatida o`z o`rniga ega.
Manbalardan ma`lum bo`lishicha, Sayfi Saroyi 1321 yilda Qamishli yurtida 
tug`ilgan. Qamishli-Xorazmdagi qishloqlardan birining nomi. Ammo u nom Volga 
bo`yida ham ko`p uchraydi. U Qamishlidan bilimini oshirish uchun Saroyga keladi. 
Saroy-Oltin O`rda davlatining poytaxtidir. Muhammad ibn Arabshohning yozishicha, 
«Saroy tutgan o`rni va xalqining juda ko`p bo`lishi bilan eng katta shaharlarning 
birisi edi. U fan markaziga aylandi. Oz vaqti ichida bu erda ko`plab atoqli, mashhur 
kishilar to`plandi». Ular orasida Qutbiddin ar-Roziy, Ma`sud Taftazoniy, Kamoliddin 
at-Turkmaniy, Hofiz ibn Bazzoziylar bor edi. Shuningdek, mashhur shoir Kamoliddin 
Xo`jandiyning ham XIV asr oxirlarida Saroyda yashab ijod etganligi yaxshi ma`lum. 
Shoir shu erda yashab turgan davrida «Saroyi» degan taxallusini olgan. Sayfi-uning 
ismi bo`lib, «Qilich» degan ma`noni bildiradi. /B.To`xliev. 9-sinf. 189-190-betlar/.
Sayfi Saroyining yashab ijod qilib o`tgan davri tarixda O`zbekxon o`g`li Tinibek 
va Jonibeklarning hukmronligi davriga to`g`ri keladi. XIII asrdagi mo`g`ullar istilosi 
mamlakatni izdan chiqargan edi. Bu bosqin tufayli ko`plab kishilar qirildi. Ko`plab 
shoirlar o`zga yurtlarga kyetib qoldi. Sayfi Saroyi ham shulardan biri edi. U shunday 
yozadi: 
O`sib tuprog`im uzra nayzalar, men evdin ayrildim, 
Vatandin benishon o`ldimda, o`zga yurtga evrildim. 
Nechun menga falak javr ayladi, qanday gunohim bor? 
Iloho ayla kam jabring, men elga sodiq ul erdim. 
Demak, Sayfi Saroyi Movarounnahrda, Oltin O`rda davlatining poytaxti Saroyda 
yashab ijod qilgan. Misr va Turkiyada ham yashagan. «Guliston bit-turkiy» 


48
kitobidagi quyidagi misralar shoirning Misr maliklaridan birining xizmatida 
bo`lganligi, qarib qolganligi tufayli o`z vataniga kyetish uchun malikdan ruxsat 
so`raganidan dalolat beradi: 
Ilohiy bu qari miskin qulingni, 
Bag`ishla ko`rguzub to`g`ri yo`lingni. 
Maliklar rasmidir dilshod qilmoq, 
Qarisa qullarin ozod qilmoq. 
Qari yorli quling Sayfi Saroyi, 
Faqiru benavo lutfing gadoyi. 
Ani lutfing bilan dilshod qilg`il, 
Bag`ishlab yozuqin ozod qilg`il. 
Adib taxminan 1396 yilda vafot etgan. 
Sayfi Saroyining o`zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo`shgan hissasi bebahodir. 
Undan bizgacha, bir qancha g`azal, qasida, qit`a, ruboiylar, «Suhayl va Guldursun» 
dostoni, «Sinbondnoma», «Guliston» kabi asarlarining erkin tarjimalari yetib kelgan. 
Bulardan tashqari, Sa`diy «Guliston»i tarjimasiga kiritilgan original she`riy parchalar, 
masnaviylar ham Sayfi Saroyi qalamiga mansubdir. Shoir g`azallarida shakl va 
mazmun birligini birinchi o`ringa qo`yadi. Shoirning «Shoirlar ta`rifida» degan 
masnaviysida ijodkorlarga talabchan munosabatda bo`ladi: 
Jahon shoirlari, ey gulshani bog`, 
Kimi bulbuldurur so`zda, kimi zog`. 
Kimi to`ti tegin chaynar shakarni, 
Kimi lafzi bilan o`rtar durarni. 
Kimining so`zlari mavzunu shirin, 
Kimining loyiqi ta`rifi tahsin. 
Kimi o`zganing ash`orin menim der, 
Kimi hayvon kabi shalg`am cho`pin er. 
Kimi ma`ni tuzub vaznin tuzotur, 
Kimi vaznin buzub, san`at kuzotur. 
Sayfi Saroyining lirik she`rlari miqdor jihatdan juda oz. Devon tariqasida tartib 
berilmagan. Bizgacha undan faqat «Gulistoni bit-turkiy» asarining kirish qismidagi 
va so`nggi varaqlaridagi «Ko`ngul», «Topulmas», «Ko`zlaring», «Taolalloh zehi 
surat», «Ul yuzi oy», «Yangi oy», «Qamar yuzingdin», «Erur», «Tutar», «Meningtek 
nechalar hayron», «Ko`rinur» kabi g`azallari va bir «Bahor tasviri» she`ri yetib 
kelgan. Shu she`rlar ham shoir she`riyati haqida ma`lum tasavvur uyg`otadi. 
Sayfi Saroyi she`rlariga nazar solsak, mavzu jihatdan turlicha ekanligini 
ko`ramiz. Ishq-muhabbat, vafodorlik va sadoqat mavzulari yetakchilik qilgani holda, 
odamiylik, inson qadr-qimmati, ijtimoiy mavzular ham uchraydi. Shoir so`z 
o`yinlaridan mahorat bilan foydalanadi. «Erur» radifli g`azali bu jihatdan 
xarakterlidir: 
Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur, 
Bo`yina oshiq sanubar, yuzina gul, zor erur. 
Og`zi fistuq, ko`rki tangsuq, o`zi mushfiq yor erur, 
Husnining chovi Xitou Chin ichinda bor erur. 


49
Asli alchin, so`zlari chin, ko`zlari totor erur, 
Ming yashar har kim dudog`i sharbatin totor erur... 
Vasfina Sayfi Saroyining ishi ash`or erur, 
Andin o`zga birla oshiqqa emak osh, or erur. 
Sayfi Saroyi g`azallari o`zining ohangdorligi, sodda va o`ynoqiligi bilan ham 
ajralib turadi. 
Yangi oydur qoshing, ey ko`rka boyim, 
Qilur ta`zim yuzungni ko`rsa oyim. 
Su ichkanda dudog`ingdan su tomsa, 
Bitar qandu shakar ul erda doyim... 
Shoir yaxshilikni ilgari suradi. Yomonlik qilganga ham yaxshilik qil deydi: 
Yamonlik qilgan erga, ezgulik qil, 
Qopar it og`zini luqma otadur. 
Sayfi Saroyining bunday qarashlari «Gulistoni bit- turkiy»da keltirilgan baytlarda 
ham ko`rinadi. 
etganicha kuching ko`ngul yopqil, 
Kim xaloyiq senga duo qilg`ay. 
Tushgan er hojatin ravo qilsang, 
Haq sening hojating ravo qilg`ay. 
Yoki: 
Sindirur bo`lsa urib oltin qadahni katta tosh, 
Sinmas oltin qiymati, ortmas bahosi toshning. 
Sayfi Saroyi shoir Xorazmiyning tabiat go`zalligini madh qilgan bir g`azaliga 
nazira tariqasida yigirma to`rt baytlik qasida ham yozgan. Uning bu qasidasi 
Iskandariya hokimiga bag`ishlangan. U bizgacha yetib kelgan o`zbek tilida yozilgan 
XIV asr qasidasining ilk namunasidir. 
Sayfi Saroyining «Suhayl va Guldursun» dostoni ham xarakterlidir. Bu doston 
haqida manbalarda ma`lumot yo`q edi. 1966-67 yillarda farg`onalik Kamolxon 
Sultonov degan kishining qo`lida saqlangan qo`lyozma asosida u topildi. Bu 
qo`lyozmada Sayfi Saroyiga zamondosh Tug`lixoja Xorazmiy, Mavlono Ishoq 
Xorazmiy, Mavlono Ahmad Urganjiy kabi shoirlarning bir qancha g`azallari berilgan. 
So`nggida Sayfi Saroyining ikki bayti, uch qit`asi va 82 bayt-164 misradan iborat 
«Suhayl va Guldursun» dostoni berilgan. Bu liro-epik asardir. Doston asosida 
dunyoviy ishq yotadi. Sevgida vafodorlik, mardlik tarannum etiladi. Manbalarda 
qayd etilishicha, doston 1394 yilda yozilgan. Asar Nizomiyning «Xisrav va Shirin», 
Navoiyning «Mehr va Suhayl» asarlarini eslatadi. Dostonning qisqacha syujeti 
shunday: Amir Temur Urganchga hujum qiladi. Ko`p kishi asir olinadi. Ular orasida 
Suhayl ham bor edi. Temurning qizi Guldursun Suhaylni ko`rib sevib qoladi. 
Guldursun qorovullarni mast qilib, Suhaylni banddan ozod qiladi. Ular qochadilar. 
Sahroda ochlik va suvsizlikdan Guldursun holsizlanib qoladi. Uzoq qishloqqa suv 
izlab ketgan Suhayl qaytib kelganda Guldursun vafot etgan bo`ladi. Dahshatga 
tushgan Suhayl shunday qarorga keladi: 
Menga yaxshi bukun yor birla o`lmak, 
Na lozim g`am bilan dunyoda qolmak. 


50
U o`ziga tig` sanchadi va halok bo`ladi. Shamol bo`lib, ularning jasadini qumlar 
bilan ko`madi. 
Suhayl oh urdi, shu dam qo`pdi bo`ron, 
Aningtekkim, buzuldi charxi davron. 
Alar uzra to`kildi, ko`mdi tuproq, 
Bu sirni tanho sahro bildi ko`proq. 
Sayfi Saroyining bulardan tashqari, Sa`diyning «Guliston» asarini tarjimasi 
hisoblangan «Gulistoni bit-turkiy» asari ham yetib kelgan. Olimlarimizning qayd 
etishicha, hijriy 793, melodiy 1390-91 yillarda tarjima qilingan bu asar fors-tojik 
shoiri Sa`diy Sheroziyning «Guliston» asarining o`zbek tilidagi eng birinchi ijodiy 
tarjimasidir. Sa`diy bu asarni 1258 yilda yozgan edi. 
Sayfi Saroyi «Gulistoni bit-turkiy» asarining jahon bo`yicha birdan-bir nusxasi 
Leyden universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Bu qo`lyozmaning fotonusxasi
Moskva va Toshkentda ham saqlanmoqda. Farg`onada topilgan «Yodgornoma»da 
bor.. Sayfi Saroyi «Guliston»ning asosiy mag`zini olib uni o`z zamonasi ruhini aks 
ettiruvchi yangi hikoyatlar, qit`a va baytlar bilan to`ldirib, ona tilida xalqiga taqdim 
etadi. Sayfi Saroyi «Guliston»idagi hikoyatlar quyidagi boblarga bo`lingan: 
Birinchi bob-sultonlar haqidagi hikoyatlar. 
Ikkinchi bob-faqirlar axloqi haqidagi hikoyatlar. 
Uchinchi bob-qanoatning foydasi haqidagi hikoyatlar. 
To`rtinchi bob-sukutning foydasi haqidagi hikoyatlar. 
Beshinchi bob-ishqdagi yigitlik sifati haqidagi hikoyatlar. 
Oltinchi bob-qarilikdagi zaiflik sifatlari haqida. 
Yettinchi bob-tarbiyaning ta`siri haqida. 
Sakkizinchi bob-suhbat odoblari haqida. 
Har hikoyatning oxirida masal yoki falsafiy chekinishlar mavjud. Masallar, 
to`rtlik, baytlar shoirning mulohazalarini tasdiqlash uchun xizmat qilgan. 
Asardagi hikoyatlar mavzulari rang-barang bo`lganidek, obrazlar ham xilma-
xildir. Shohlar, vazirlar, amaldorlar, ruhoniylar, olimlar, hunarmandlar, dehqonlar, 
darveshlar, o`g`rilar, pahlavonlar, savdogarlar va boshqalar. Shartli tarzda nomlanuvi 
«Asir, podsho va vazir» haqidagi (asir podshoni so`kishi, ikki vazir ikki xil talqin 
etishi), («Podsho va uch o`g`li») kichik o`g`ilning ko`rimsiz, ammo jasurligi), 
«Malik, qul va kema», «No`shiravon va kiyik ovlash», «Tosh bilan bog`liq hikoyat», 
«Pahlavon va shogirdi» (shogirdning xiyonati va 360 usul), «Pahlavon va so`kish», 
«O`g`ri, shoir va itlar» kabi hikoyatlar xarakterlidir. 
Umuman, «Gulistoni bit-turkiy»dagi hikoyatlarni o`qish, undagi mazmun va 
mohiyatni anglash, hikoyatlardagi qiziqarli tasvirlar har bir o`quvchini o`ziga rom eta 
oladi.

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə