O’zbek I ton respubl I kas I ol I y va o’rta tal



Yüklə 280,15 Kb.
səhifə11/55
tarix22.03.2024
ölçüsü280,15 Kb.
#181059
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
O’zbek I ton respubl I kas I ol-www.hozir.org

MENEJMENT NAZAR
İ
YaS
İ
VA AMAL
İ
YOT
İ
N
İ
NG R
İ
VOJLAN
İ
Sh
İ

Reja: 
1. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi
2. Menejmentning turli xorijiy maktablari
3. Menejment nazariya va amaliyotining Rossiadagi rivojlanishi
4. Menejment rivojlanishida yangi bosqich
Tayanch iboralar:

nazariya, amaliyot, ilmiy boshqarish maktabi, boshkarishda klassik


maktablar, insoniy munosabatlar maktabi, mulk ilmiy maktabi, islohot, xo’jalik yuritish, mamuriy
maktab, konventsiya
Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi 
Xorijiy menejment monopol kapitalizm davrida vujudga kelgan. U shakllanishidan oldin
boshqaruv vazifalarining ajratilishi, unga xos bo’lgan boshqaruv mehnatining tarqalishi, uning
maxsus nazariy asosi yaratilishiga ehtiyoj o’sishi yuz berdi.
Menejment nazariyasining asoschilari Teylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol va
boshqalardir. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yo’nalishi ananaviy mumtoz maktab
nomini olgan. Bu maktabning vujudga kelishida amerikalik muhandis va tadqiqotchi Frederik
Teylorning xizmati katta. Teylor xizmat pog’onasining barcha darajalarini AQShdagi
Bostlegemdagi yirik metallurgiya korxonasining kichik xizmatchisidan boshqaruvchisigacha
bo’lgan lavozimlarda ishlagan. U birinchilar qarorida ishlab chiqarishning ayrim jarayonlarini
tashkil etish hamda butun korxonani boshqarishga ilmiy yondashishni qo’lladi. Uning «korxonani
ilmiy boshqarish asoslari», «Boshqarishni ilmiy tashkil etishning tamoyil va usullari», «Sanoat
korxonalarini mamuriy-texnikaviy tashkil etish» kabi mashhur asarlari xorijda chop etilgan, ishlab
chiqarishni boshqarishni ilmiy tashkil etish bo’yicha adabiyotlarning katta to’plamiga asos soldi.
Teylor mehnat jarayonlarini maxsus funktsional boshqarish zarurligini asoslab berdi, jismoniy
mehnat bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy unsurlarga ajratib ko’rsatishga
harakat qilgan. Ularda eskicha tarzda o’lda-jo’lda, pala-partish ishlash mumkin emasligi, har bir
narsa oldindan o’ylangan, ishning barcha shartlari va usullari oldindan aniq, belgilangan bo’lishi
aks ettirilgan.
Teylor kishi aql-zakovatiga katta etibor bergan. Masalan, xona ustasi quyidagi to’qqiz
sifatga ega bo’lishi kerakligini takidlagan:
1. Aql-zakovat;

Muayyan malumot;
3.
İ
sh tajribasi;
4.
Odob;
5.
¢ayrat;
6.
Ziyraklik;
7.
Halollik;
8.
To’g’ri fikr yuritish;
9.
Yaxshi salomatlik.
Shu bilan birga Teylor bu sifatlarning barchasiga to’liq ega bo’lgan kishini topish juda
mushkul ekanligini aytgan. Ko’pchilik faqat uchta sifatga ega bo’ladi - ular oddiy ish haqi
to’lanadigan ishga olinishi mumkin. Bu sifatlarning to’rttasiga ega bo’lgan kishi nisbatan ko’p haq
to’lanadigan ishga olinishi kerak. Beshta sifatni o’zida jam etgan kishini topish ancha mushkul, olti,
etti, sakkiz sifatga ega kishini topib bo’lmaydi. Agar yuqorida sanab o’tilgan to’qqiz sifatga ega
bo’lgan kishi topilsa, uni usta lavozimiga emas, boshqaruvchi lavozimiga qabul qilish lozim. Teylor
ayniqsa ish joylarini tashkil etish.
İ
shlashning maqbul usullarini tanlash, aniq vazifalarni belgilash,
kishilarni to’g’ri tanlash va ishga qo’yishga alohida axamiyat berardi. U tomonidan ishlab
chiqarishni boshqarish bo’yicha qator tavsiyalar ishlangan. Masalan, u boshqarish bo’yicha
faoliyatning 8 ta vazifasini ajratib ko’rsatgan:



1.
İ


shlarni bajarish va taqsimlash tartibi;
2.
Chizmalar va qo’llanmalarni tuzish;
3.
Vaqtni meyorlash va mehnatga haqto’lash;
4.
İ
ntizomga rioya qilish;
5.
İ
sh uslublarini belgilash;
6.
Uskunalar ish tartibiga rioya qilish;
7.
Uskunalarni tamirlash va saqlash
Sifatni nazorat qilish Teylorning funktsional boshqaruv tizimi hozir sanoatd
a
qo’llanmasa-
da, boshqarish jarayonini funktsional taqsimlash g’oyasidan boshqarishning tartibli (yo’nalishli)
tizimida ham foydalanadi. Teylor mamuriyat va taminlovchi ijtimoiy jihatlarini hisobga olish
muhimligini takidlab, bu ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning muhim tamoyillaridan
biri ekanligini aytgan. U ijtimoiy demagogiya usullarini inkor etmay, ulardan foydalanishni tavsiya
qilgan. U ishchilar va tadbirkorlar o’rtasida «sinfiy hamjihatlik»ni taminlash, ular o’rtasida
munozaraga yo’l qo’ymaslik zaruriyatiga tayangan va uni menejmentning eng muhim vazifalaridan
biri deb hisoblagan. Teylor fikriga binoan, bunday vazifani faqat ilmiy jihatdan tashkil etilgan
boshqaruv tizimi - menejment nazariyasigina hal etishi mumkin.
Teylorizm ilmiy boshqaruv harakatini boshlab berdi. Bu harakat AQShni qamrab olib,
boshqa kapitalistik mamlakatlarga ham yoyiddi. Teylor tizimi ilmiy menejment rivojlanishi uchun
asos bo’lib xizmat qildi.
İ
qtisodiyotni boshqarish sohasining yana bir yirik nazariyotchisi - Garrington Emerson
(1853-1931) edi. U «Unumdorlikning o’n ikki tamoyili» asarini yozib, bu asarda u birinchi bo’lib
inson faoliyatini maqbullashtirishga qarashlar tizimini bayon qilib berdi. Emerson quyidagi
tamoyillarga asoslangan maksimal mehnat unumdorligiga erishish usulini ishlab chiqdi.
1.
Aniq belgilangan g’oya va maqsadlar;
2.
Aqli rasolik;
3.
Asosli maslahat;
4.
Qatiy intizom;
5.
Xodimlarga nisbatan adolatli munosabat;
6.
Markazlashtirish;
7.
Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va doimiy hisob-kitob;
8.
Meyor va tartib;
9.
Sharoitni mo’tadillashtirish;
10.Operatsiyalarni meyorlash;
11.YOzma standart qo’llanmalar;
12.Unumdorlik uchun rag’batlantirish.
O’z xulosalariga qo’shimcha qilib boshqarish uslubini bayon qilish bilan muallif klassik
kontseptsiyaga salmoqli xissa qo’shadi Saoat korxonalarini tashkil etish va boshqarish masalalarini
o’rgangan yana bir amerikalik iqtisodchi Gamilton Cherch (1866-1936) o’z diqqat etiborini
boshqarishning umumiy nazariy tamoyillariga qaratdi. Amerikalik boshqa nazariyotchilardan farqli
G. Cherch tayyor qonun-qoidalarni tavsiya qilmagan. U barcha sanoat korxonalarini boshqarishning
umumiy nazariy vazifalari bilan uni tashkil etish tamoyillarini ko’rsatib berdi. O’zining «
İ
shlab
chiqarishni boshqarish asoslari» kitobida boshqarish vazifalarining quyidagi tasnifini bayon qilib
bergan: loyihalashtirish, uskuna bilan taminlash, buyuruvchilik, xisob-kitob va amalga oshirish. G.
Cherchning ayrim nazariy qoidalari hozirga davrda ham ilmiy va amaliy qimmatga egadir.
İ
lmiy boshqaruv rivojlanishiga hisob-kitob va rejalashtirishning chizma usulini
ishlabchiqqan Genri Gant (1861-1919) va ishni maqbullashtirish uchun standart harakatlarni qo’llab
ayrim ishlarni bajarish usullarini taklif etgan Frenk Gilbert (1868-1924) salmoqli hissa qo’shganlar.
Shuningdek menejment nazariyasiga frantsuz muxandisi Anri Fayol muhim hissa qo’shgan, u
boshqaruv vazifalarini maqbullashtirish — oldindan ko’ra olish, tashkil etish, buyurish, kelishuv,
nazorat qilishga tenglashtirgan. 1916 yilda uning «Umumiy va sanoat boshqaruvi», 1924 yilda
«Mehnatni ilmiy tashkil etish» va «
İ
jobiy boshqaruv» asarlari chop etildi. Genri Ford ishlab
chiqarish korxonalarini boshqarishningtashkiliy-texnikaviy tamoyillarini yaratdi. Bu faqat



boshqaruv texnikasi va tashkil etishning rivojlanishida emas, balki mehnat unumdorligi o’sishida


ham yangi bosqich bo’ldi. Ford ham Teylor singari kam xarajat bilan yuqori mehnat unumdorligiga
erishishni maqsad qilib qo’ygan bo’lsa-da, unga boshqa yo’l bilan erishishga harakat qildi. Teylor
inson mehnatini tashkil etishga alohida etibor bergan bo’lsa, Ford texnika, texnologiya, ishlab
chiqarishni takomillashtirishga etibor bergan.
Shunday qilib, Teylor va uning izdoshlari boshqaruv nazariyasi rivojlanishining boshqaruv
kontseptsiyasi vujudga kelgan XIX-XX asrlar chegarasida asrimizning 20-yillarigacha davom etgan
davrni qamrab olgan birinchi bosqich namoyondalaridir.
XX asrning 20-yillaridan menejment rivojlanishining yirik kapitalistik ishlab chiqarish
extiyojlariga asoslangan yangi bosqichi boshlandi. Nazariyotchilar teylorchilikni nisbatan
moslashuvchan tizim bilan almashtirishga harakat qildilar. Ular boshqarishning ijtimoiy va ruhiy
jihatlariga etibor berib, ularni ilmiy menejment tarkibiga kiritdilar.
Davlat va iqtisodiyotni boshqarish nazariyasining ayrim jihatlari sharqning iqtisodiy g’oya
rivjlanishiga hissa qo’shgan yirik alloma va davlat arboblari - Farobiy,
İ
bn Sino (1X-X asr), Xos
Xojib (XI-XII asr), Amir Temur.
İ
bn Xoldun (XIII-XIV asr), Bobur, Alisher Navoiy (XIV- XV asr)
asarlarida yoritilgan.

Yüklə 280,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə