O’zbek I ton respubl I kas I ol I y va o’rta tal



Yüklə 280,15 Kb.
səhifə9/55
tarix22.03.2024
ölçüsü280,15 Kb.
#181059
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
O’zbek I ton respubl I kas I ol-www.hozir.org

Korxona mulki
Korxona mulki, bu - uning asosiy va aylanma fondlari hamda qiymati korxonaning mustaqil
balansida aks ettirilgan boshqa boyliklardir. Korxona mulki nizomga muvofiq unga to’liq
mulkdorlik va egalik qilish xuquqi bilan tegishli bo’ladi. Tasischilarning pul va moddiy badallari,
mahsulot sotish va xizmat ko’satish, shuningdek, xo’jalik faoliyatining boshqa turlari natijalari;
bank va boshqa kreditorlar qarzlari; byudjetdan kapital qo’yilma va dotatsiyalar, tashkilot va
fuqarolarning beg’araz va homiylik badallari, qonun tomonidan taqiqlanmagan boshqalar korxona
mulki manbasi bo’lib xizmat qiladi.
Korxona boshqa korxona, tashkilot va muassasalarga o’ziga qarashli bino, inshoot, uskuna,
transport vositalari, xomashyo va boshqa moddiy boyliklarni sotish, ijaraga berish, vaqtincha
foydalanish yoki butunlay tekinga taqdim etish, qarzga berish qonun va korxona nizomida boshqa
holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa o’z balansidan chiqarish huquqiga egadir.
Korxonalar tomonidan moddiy boyliklarni fuqarolarga qaytarmaslik sharti bilan berish
uchun mulkdor yoki uning vakili bo’lgan tashkilot ruxsatiga ega bo’lish kerak. Erga va boshqa
tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish uchun korxona o’rnatilgan tartibda to’lov
to’lashi yoki imtiyozli asosda va tekinga foydalanishi mumkin.
Korxona qonunchilikka muvofiq holda er, suv, er osti, o’rmon va boshqa tabiiy resurslarni
qo’riqlash, tiklash va mutanosib ravishda foydalanish meyorlari va talablariga o’z faoliyatida amal
qilish bo’yicha javobgarlikka ega.
Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish mehnat jamoasini ijtimoiy
rivojlantirish maqsadida qo’shimcha mablag’larni jalb qilish uchun qimmatli qog’ozlar chiqarish
huquqiga ega.

Davlat korxona mulkiy huquqlarini himoya qilishni kafolatlaydi. Davlat tomonidan korxona


asosiy va aylanma fondlari va boshqa boyliklarini faqat qonunda ko’rsatilgan hollardagina tortib
olinishi mumkin.
Korxonaning mulkiy huquqiga fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari tomonidan
keltirilgan zarar sud qarori bilan qaytariladi Davlat mulk qo’mitasi va uning rahbarligida tuzilgan
joylardagi mulk ko’mitalari korxona mulkini xususiylashtirish bo’yicha qaror qabul qiladi va bu
jarayonni tartibga soladi.

Yüklə 280,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə