O’zbek I ton respubl I kas I ol I y va o’rta tal



Yüklə 280,15 Kb.
səhifə6/55
tarix22.03.2024
ölçüsü280,15 Kb.
#181059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
O’zbek I ton respubl I kas I ol-www.hozir.org

O’rta bo’g’in rahbarlari 
(boshqaruv bosqichiga ko’ra quyi bo’g’in rahbarlarining
faoliyatini uyg’unlashtiradi va nazorat qiladi). Keyingi davrlarda o’rta bo’g’in boshqaruvchilari soni
va ahamiyati ortdi. O’rta bo’g’in raxbarlarining eng yorqin namoyondalari - bo’lim boshliqlari
(biznesda), dekan, mintaqa bo’yicha savdo bo’limi boshqaruvchisi, shohobcha (tarmoq) direktori,
tsex boshlig’i va h.k. Armiyada leytenantdan boshlab polkovnikkacha bo’lgan zobitlar o’z
qismlarida o’rta bo’g’in rahbarlaridir. O’rta bo’g’in rahbarlarining faoliyati ham juda turli-tuman.
Bazi tashkilotlarda o’rta bo’g’in rahbarlariga katta vakolatlar berilib, natijada ularning faoliyati
muammolarni aniqlash, ijodiy tavsiyalar ishlash, boshqaruv qarorlari qabul qilish kabi vazifalarni
hal etuvchi oliy bo’g’in rahbarlari faoliyatiga o’xshab ketadi. Masalan, sanoat korxonasidagi ishlab
chiqarish bo’limi. Rahbar faoliyati quyi bo’g’in rahbarlarining faoliyatini uyg’unlashtirish va
boshqarish, maxsulot ishlab chiqarish to’g’risidagi malumotlarni tahlil etish, muhandis va boshqa



yangi mahsulot ishlab chiqaruvchi bo’linmalar rahbarlari bilan o’zaro aloqada bo’lishdan iboratdir.


O’rta bo’g’in raxbarlari oliy va quyi bo’g’in rahbarlari o’rtasida vositachi sifatida amal
qiladilar. Ular oliy bo’g’in rahbarlari boshqaruv qarorlari qabul qilishlari uchun axborot
tayyorlaydilar. o’rta bo’g’in rahbarlari ish vaqtining katta qismi barcha bo’g’in rahbarlari bilan
muloqotda bo’lishga sarflanadi.
Yuqori bo’g’in rahbarlari — oliy tashkiliy (institutsional) daraja vakillari. Ular uncha ko’p
emas, hatto yirik korxonalarda ham bir necha kishidan iborat bo’ladi. Yuqori bo’g’in rahbarlari
bo’lib, biznesda-direktorlar kengashining raisi, korporatsiya prezidenti, vitse-prezident, armiyada -
general, davlat arboblaridan — vazir, oliy o’quv yurtida — rektor.
İ
nstitutsional darajadagi rahbarlar faoliyati asosan uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarni
ishlash, maqsadlarni belgilashdan iborat. Tashkilotni muhit o’zgarishga moslashtirish. Tashkilot va
tashqi muxit, jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni boshqarishdan iboratdir. Ular tashkilot uchun
muhim qarorlarni qabul qilishda masuldirlar. Yuqori bo’g’indagi kuchli rahbarlar butun tashkilot
faoliyatiga tasir etadi. Muvaffaqiyatli faoliyat yurituvchi yuqori bo’g’in rahbarlari juda qadrlanadi
va ular mehnatiga yuqori haq to’lanadi. Lekin ular lavozimning o’z qiyinchiliklari ham mavjud —
yuqor bo’g’in rahbarlari kun davomida juda katta surat va hajmda ish bajaradilar, buning asosiy
sababi - ular faoliyati aniq bir vaqt bilan chegaralanmaydi. Odatda bunday rahbarning ish haftasi
60-80 soatga teng bo’ladi.
Xulosa 
1.
İ
shlab chiqarish jamoasi — ishlab chiqarish maqsadlari majmuini amalga oshirish uchun
tashkil etilgan ishchilar guruhi.
2.
İ
shlab chiqarish jamoasining maqsadi jamoa talab va ehtiyojlaridan kelib chiqadi.
3.
İ
shlab chiqarish jamoasi rasmiy va norasmiy bo’lishi mumkin.
4.
Boshqaruv - har qanday ishlab chiqarish jamoasi uchun muhim faoliyat.
5.
Jamoani boshqarish — boshqaruvni aniq amalga oshirish.
Rahbar (boshqaruvchi)lar 3 ta toifaga bo’linadi: quyi bo’g’in, o’rta bo’g’in va yuqori
bo’g’in.
Savollar
1.
İ
shlab chiqarish jamoasi qaysi tamoyimar asosida tashkil etiladi?
2.
İ
shlab chiqarish jamoasi deganda nimani tushunasiz?
3.
İ
shlab chiqarish jamoasini boshqarish qaysi xususiyatlari
bilan ajralib turadi?
4.
Boshqaruv tuzilmasini qaysi turi ishlab chiqarish jamoasini boshqarishga taalluqli?
5.
Boshqaruv ishining qaysi bo’g’in shakllari sizga malum ?



3-mavzu:



Yüklə 280,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə