O’zbek I ton respubl I kas I ol I y va o’rta tal



Yüklə 280,15 Kb.
səhifə7/55
tarix22.03.2024
ölçüsü280,15 Kb.
#181059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
O’zbek I ton respubl I kas I ol-www.hozir.org

BOZOR 
İ
QT
İ
SOD
İ
YOT
İ
ShARO
İ
T
İ
DA KORXONALAR FAOL
İ
YaT
İ


Reja: 
1. Korxonalar vazifalari
2. Korxonalarni tasis etish va ro’ixatga olish tartibi
3. Korxona mulki
4. Korxona xo’jalik mexanizmi, uni shakllantirish va rivojlantirish
Tayanch iboralar: 
korxona, mulk, davlat mulki, shaxsiy mulk, boshqaruvchi, bo’ysunuvchi,
soliq, nizom fondi, tushum, pul.
Korxonalar vazifalari
Korxona yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi subekt bo’lib, mulkdan
foydalanish asosida u mehnat jamoasi tomonidan mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi, ishlar
bajaradi va xizmat ko’rsatadi.
Korxonalar mulk shakliga ko’ra bir-biridan farqlanadi:
-
fuqarolar mulkiga asoslangan: xususiy, oilaviy korxona;
-
jamoa mulkiga asoslangan: korxona, ishlab chiqarish shirkatlari, shirkatlarga tegishli
korxona, aktsionerlar jamiyati yoki boshqa xo’jalik jamiyatlari, ijtimoiy tashkilotlar, diniy
tashkilotlar korxonasi;
-
davlat mulkiga asoslangan korxona.
Shuningdek, yuridik shaxs huquqiga ega tasischilar uyushmasiga asoslangan qo’shma
korxona ham tashkil etiladi. Qo’shma korxona tasischilari jumlasiga chet ellik yuridik shaxslar va
fuqarolar ham kirishi mumkin. Xo’jalik oboroti va ishlovchilar soniga bog’liq holda korxonalar
yirik, o’rta va kichik bo’lishi mumkin.
Kichik korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari qonun
tomonidan belgilab qo’yiladi. Korxonalarning boshqa turlari masalan, ijara korxonalari ham
mavjud. Korxonalar ko’ngilli asosda uyushma, xo’jalik assosatsiyalari, kontsern va boshqa
birlashmalarga birlashishlari mumkin. Bu birlashmalar zimmasiga bazi ishlab chiqarish, xo’jalik
vazifalarini markazlashgan holda bajarish topshiriladi.
Korxonalar xalq xo’jaligining sanoat, qishloq xo’jalik, qurilish, transport, aloqa, fan, ilmiy
tekshirish, savdo, moddiy-texnikaviy taminot, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoqlarida faoliyat
yuritadilar. Ular bir vaqtning o’zida bir necha xil faoliyat turi — agrar-sanoat, sanoat-savdo, sanoat-
qurilish, ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatlari bilan shug’ullanishlari mumkin. Bu maqsadda ular
ishlovchilarni yollaydilar, mashina va uskuna, xomashyo va materiallar sotib oladilar, ishlab
chiqarish jarayonini amalga oshiradilar, asosiy fondlar, oddiy va kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishni amalga oshiradilar, xalq istemol mollarini ishlab chiqaradilar va aholiga pulli xizmat
ko’rsatadilar. Korxona o’z mulkidan foydalanadi va uni tasarruf etadi, o’z mustaqil balansiga,
ishlab chiqarish xo’jalik faoliyati natijalari, foyda va zarar anikdangan hisob-kitob va hisobotning
tugal tizimiga ega bo’ladi. Korxona o’z faoliyati asosini mahsulot, xizmat, ishlarga bo’lgan talab
asosida amalga oshiradi. Korxona faoliyati asosini istemolchi va xaridorlar bilan tuzilgan xo’jalik
shartnomalari tashkil etadi. Korxona davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida mahsulot ishlab
chiqaradi yoki xizmat ko’rsatadi. Barcha turdagi korxonalar faoliyati moliyaviy natijasining asosiy
umumlashtiruvchi ko’rsatkichi foydadir. Soliq, davlat va mahalliy byudjetga, banklar va yuqori
tashkilotlarga majburiy to’lovlar to’laganidan so’ng qolgan mablag’ (sof foyda) korxona ixtiyorida
qoladi, u faoliyatni davom ettirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish manbai bo’lib
xizmat qiladi. Korxona o’z faoliyati uchun mulki bilan javobgar bo’ladi.
Turli mulk shakllari mavjud bo’lgan sharoitda davlat korxonalar majburiyati korxonalar esa
davlat, shuningdek, boshqa korxona, tashkilot va muassasalar majburiyatlari bo’yicha javobgar
bo’lmaydi.
Korxona to’liq xo’jalik hisobi va o’z-o’zini mablag’ bilan taminlash tamoyiliga asosan



ishlaydi. Korxona ishlab chiqarish, ijtimoiy faoliyati, mehnatga haq to’lash mehnat jamoasi


tomonidan ishlab topilgan mablag’ hisobidan amalga oshiriladi. Korxona xarajatlarni ishlab
chiqarilgan mahsulotni sotishdan qilgan daromad hisobidan qoplaydi.
Korxonaningtenghuquqli egasi bo’lgan mehnat jamoasi ishlab chiqarish va ijtimoiy
rivojlanish masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi. Korxona faoliyatida erishilgan yutuq va
ko’rilgan zararlar korxona sof foydasi darajasida, har bir ishlovchi farovonligida aks etadi. Kam sarf
qilib, eng yaxshi mahsulot ishlab chiqarish va uni bozorda sotishni taminlay oladigan korxona katta
foydaga erishadi va ishlab chiqarish hamda ijtimoiy rivojlanish, mehnatga haq to’lash sohasida
imkoniyatlarga ega bo’ladi. Samarali mehnat qiluvchi, istemolchi va jamiyat uchun zarur, yuqori
sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi, doimo xarajatlarni qisqartirish yo’llarini izlovchi, mahsulotni
arzonlashtirishga harakat qiluvchi korxona yaxshi foyda, yaxshi ish haqiga ega bo’ladi, o’z mehnat
sharoiti va turmush farovonligini yaxshilashga erishadi.
Bozor iqtisodiyoti yillar davomida rivojlanishga harakat qilmaydigan, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish ustida bosh qotirmaydigan, istemolchi uchun zarur mahsulot ishlab
chiqarishga intilmaydigan, o’z faoliyatiga xo’jasizlarcha, javobgarlikni xis qilmagan holda
munosabatda bo’ladi, intizomsiz, tartibsizlarga nisbatan keskin munosabatda bo’ladi. Yaxshi
ishlaydigan, umumiy yaxshi ishlashga harakat qiladigan bozor iqtisodiyotida sharoitida o’z
qobiliyati, tashabbuskorligi, ijodkorligini namoyon qilish uchun keng imkoniyat yaratadi. Bozor
ijodkor, unumli, samarali mehnatni taqdirlab, xafsalasizlarni pul bilan jazolaydi.
Korxonaning asosiy vazifasi - ijtimoiy ehtiyojlarni yuqori istemol sifatlariga ega bo’lgan
mahsulotlar bilan kam sarf qilib taminlanishi, buning asosida bugun jamoa farovonligi, korxona
mulki egasi manfaatlarini taminlashga erishishdir. Bu vazifani amalga oshirish yo’lida korxona
quyidagilarga erishishi lozim:
-
ishlab chiqarishning rivojlanishi va samaradorligi ortishi; uni har tomonlama
jadallashtirish, fan-texnikani taraqqiy ettirish, mehnat unumdorligini oshirish, resurslarni tejash,
foydani ko’paytirish;
-
jamoani ijtimoiy jihatdan rivojlantirish, ijtimoiy sohaning zamonaviy moddiy asosini
shakllantirish,
yuqori 
unumdor mehnat uchun imkoniyatlar yaratish, mehnatga qarab taqsimot
tamoyilini amalga oshirish, atrof muhitni himoya qilish va yaxshilash;
-
mehnat jamoasining o’z-o’zini boshqarishi, har bir ishlovchini davlat, jamoa, xususiy
mulqdan haqiqiy mulkdor sifatida foydalanishga qiziqtirish, shuningdek, ularda jamoa va davlat
ishlariga qiziqish uyg’otish.

Yüklə 280,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə