O’zbek I ton respubl I kas I ol I y va o’rta tal


Korxonalarni tasis etish va ro’ixatga olish tartibi



Yüklə 280,15 Kb.
səhifə8/55
tarix22.03.2024
ölçüsü280,15 Kb.
#181059
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
O’zbek I ton respubl I kas I ol-www.hozir.org

Korxonalarni tasis etish va ro’ixatga olish tartibi
Korxona, odatda, mulk egasi yoki uning vakili bo’lgan tashkilot, korxona, muassasa qarori
bilan, yo bo’lmasa, jamoa qarori bilan tasis etiladi. Korxona mulki egasi rozi bo’lgan holda va
korxona tomonidan avval olingan majburiyatlarini bajargan holda, tashkilotlarning bir yoki bir
necha bo’linmasi shu bo’linma jamoasi qarori bilan ajralib chiqishi mumkin. Korxonani tasis etish
va uning faoliyat yuritishi uchun er maydoni ajratish, zarur bo’lgan holda tabiiy resurslardan
foydalanish uchun ruxsat tuman yoki shahar hokimligi tomonidan beriladi. Korxona davlat
ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab tasis etilgan va yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan xisoblanadi.
Davlat ro’yxatidan o’tish tuman, shahar hokimiyatlarida amalga oshiriladi. Korxona davlat
ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida o’n kun muddat ichida moliya vazirligiga yagona davlat
ro’yxatiga kiritish maqsadida axborot beriladi.
Korxona davlat ro’yxatidan o’tishi uchun hokimiyatga uni tasis etish to’g’risida qaror,
korxona nizomi va boshqa hujjatlar taqdim etiladi. Agar korxona uch kun muddatda ro’yxatdan
o’tkazilmasa, yoki ro’yxatdan o’tish rad qilingan taqdirda, tasischi rad etish asoslanmagan deb
hisoblagan holda u sudga murojaat etishi mumkin. Korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun
qonunda ko’rsatilgan miqdorda badal olinadi. To’plangan mablag’lar korxona ro’yxatdan o’tgan
shahar, tuman byudjetiga o’tkaziladi.
Yangi tasis etilgan korxona yuridik shaxs hisoblanadi, o’z shohobchasini ochish, shuningdek
joriy hisob raqamiga ega bo’lgan boshqa tashkiliy birliklar tasis etish huquqiga ega bo’ladi.



Bunday bo’linmalar va korxonalarni joylashtirish masalasi mahalliy hokimiyatlar bilan


belgilangan tartibda hal etiladi. Korxona o’z tasischisi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida
Faoliyat yuritadi. Korxona nizomida korxona nomi, manzili, Faoliyat maqsadi, boshqaruv va
nazorat tashkilotlari, ularning vakolatlari, korxona mulki shakllanishi va foyda (daromad)ni
taqsimlash tartibi, korxonani qayta tashkil etish yoki faoliyatini to’xtatish shartlari ko’rsatiladi.
Nizomda shuningdek, korxona faoliyati bilan bog’liq, qonunga zid bo’lmagan boshqa qoidalar ham
ko’rsatilishi mumkin.

Yüklə 280,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə