O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari



Yüklə 9,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/165
tarix22.05.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#87660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
SHAXS, JAMIYAT VA DAVLAT
http:eduportal.uz


12
Shaxs ham, albatta odam, inson, individ. Lekin unda tabiiy xususiyatlar, 
ehtiyojlar, his-hayajon, tuyg‘ulardan tashqari bir qadar ahamiyatliroq 
bo‘lgan jihatlar mavjud. Masalan, shaxs uchun qator qadriyatlar muhim. Bu 
qadriyatlarga misol qilib o‘z uyi – oilasi, mamlakati – vatani, mahallasi – 
qo‘ni-qo‘shnilari, o‘quv dargohi – sinfdoshlari yoki kursdoshlari, ishxonasi 
– hamkasblari kabilarni keltirish mumkin. Bu qadriyatlarga erishish, ularni 
saqlash va e’zozlash uning hayotining maqsadi, mazmuni bo‘lib xizmat 
qiladi. Shaxsga yashash prinsiplari, atrofdagilar bilan munosabat qonun-
qoidalari, o‘zi yashayotgan, faoliyat yuritayotgan muhitda obro‘-e’tiborga, 
nufuzga ega bo‘lish istagi kabilar xosdir.
Shaxs o‘z his-hayajon va ehtiyojlarini jilovlay oladi. Unda ong va iroda 
kuchli. Shaxs o‘z ichki dunyosini biladi, tushunadi va ma’lum tizimga sola 
oladi.
Shaxs o‘z-o‘zini va o‘z hayotini quradi. Bunda u o‘zini va o‘z atrofi dagi 
shart-sharoitlarni o‘zgartiradi, shakllantiradi. Shaxs faqat o‘z-o‘zi bilan 
ovora emas. U atrofdagilar, hayot, mahalla, mamlakat, vatan haqida doimo 
o‘ylaydi, qayg‘uradi, g‘amxo‘rlik qiladi. Inson qay darajada shaxs sifatida 
shakllanganligining o‘lchovi, me’yori sifatida uning o‘z shaxsiyati bilan 
qay darajada atrofdagi boshqa odamlarga, vataniga va hayotga ta’sir o‘tkaza 
olayotganligini keltirish mumkin.
Biz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Zahiriddin 
Muhammad Bobur kabi ajdodlarimizni tilga olganimizda ularni buyuk 
shaxslar deb ulug‘lashimiz ham shaxs tushunchasining naqadar salobatli 
ekanligini bildiradi.
Insonning shaxs sifatida shakllanishida oila, maktab, qo‘ni-qo‘shnilar, 
mahalla va do‘stlarning ta’siri katta. Oila bola uchun eng dastlabki asoslarni 
yaratsa, bolalar bog‘chasi, maktab yoki boshqa ta’lim muassasalari zarur 
bilim, ko‘nikma va malakalarni beradi. Qo‘ni-qo‘shnilar va mahalla 
an’analar, urf-odatlar bilan tanishtiradi, atrofdagilar bilan munosabatga 
kirishishga o‘rgatadi. Insonning qanday shaxsga aylanishi ko‘p jihatdan 
davlatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan siyosatiga bog‘liq. 
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim 
yo‘nalishlaridan biri aynan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga, kelajakda 
http:eduportal.uz



Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə