O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari



Yüklə 9,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/165
tarix22.05.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#87660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Siyosiy tartibot (rejim) 
Davlat organlari. Davlat mexanizmi
I BOB
SHAXS, JAMIYAT VA 
DAVLAT
Bizning faoliyatimiz eng muhim konstitutsiyaviy qoidaga – 
ijtimoiy adolat tamoyilini ta’minlashga qaratilishi shart.
Ijtimoiy adolat – bu siyosiy qarashlari, jinsi, millati, tili va diniy 
e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini 
ta’minlashdir.


 Shavkat Mirziyoyev
http:eduportal.uz


10
Shaxs
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Rasmlarda tasvirlangan odamlar jismoniy, moddiy, aqliy, 
ma’naviy jihatlari bilan bir-birlaridan qanchalik farq qiladilar 
deb o‘ylaysiz?
2. Sizning fi kringizcha rasmlardagi odamlarning qanday umumiy 
jihatlari bor?
1
2
3
4
5
6
2- mavzu
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
http:eduportal.uz


11
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
11
11
Odam har qanday tirik organizm kabi jonli tabiatning bitta a’zosi, 
elementidir. Lekin odam tabiatdagi boshqa mavjudotlardan o‘zining ko‘plab 
jihatlari bilan farqlanadi. Inson – tabiatdagi eng rivojlangan, ongli mavjudotdir. 
U xuddi boshqa jonzotlar kabi tirik tanaga ega. Uning xuddi hayvonlarda 
bo‘lganidek, tabiiy ehtiyojlari, mana shu ehtiyojlarini qondirishga intilishi 
chog‘ida namoyon bo‘ladigan, instinkt deb atalmish sifati bor. Lekin insonning 
hayvonlar bilan umumiy jihatlari shu bilan tugaydi. Ya’ni, odam ongli, aqlli 
mavjudot sifatidagi jihatlarini namoyon qila boshlaydiki, bu jihatlar faqatgina 
tabiatning odamzot deb atalmish qismining vakili bo‘lgan insongagina xosdir. 
Har bir alohida odam – bu individ. U ayol yoki erkak, yosh yoki qari, baland 
yoki past bo‘yli, oriq yoki semiz deb tavsifl anadigan umumiy xususiyatlarga, 
ovqat, suv, boshpana, kiyim kabi umumiy ehtiyojlarga, ota-onaga, o‘z uyiga 
bog‘liqlik, sog‘inch, muhabbat kabi tuyg‘ularda namoyon bo‘ladigan his-
hayajonga ega. Odamning bu jihatlari barcha odamlarga birdek xosdir. Ya’ni 
odam tug‘ilishi va ulg‘ayishi davomida bu jihatlar o‘z-o‘zidan ozmi-ko‘pmi 
shakllana boradi. Mana shu individ, odam, inson qanday qilib shaxsga 
aylanishi, ya’ni insonning shaxs sifatida shakllanish jarayoni insoniyatni qadim 
zamonlardan buyon qiziqtirib kelgan.
Xo‘sh, inson qanday qilib shaxsga aylanadi? Qanday insonni biz shaxs 
deb atashimiz mumkin?
3. Nima uchun odamlar tug‘ilganida bir xil imkoniyat va sifatlarga 
ega bo‘ladilar, lekin ulg‘aygan sari bir-biridan farqlana 
boradilar?
4. Inson o‘z oilasida, maktab, oliygoh yoki ishxonasida qay 
darajada nufuz, obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi nimalarga bog‘liq 
deb o‘ylaysiz?
5. Har qanday inson uchun eng qadrli bo‘lgan narsalarni sanab 
bering.
6. Alohida toifadagi insonlar uchun qadrli bo‘lgan, lekin boshqalar 
uchun uncha ahamiyatli hisoblanmagan narsalarga misol 
keltiring.
7. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga misollar keltiring. Mazkur 
qadriyatlarning inson uchun ahamiyati yuqori bo‘lishi bu inson 
haqida qanday tasavvur uyg‘otadi?

Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə