O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI



Yüklə 9,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/165
tarix22.05.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#87660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   165
13
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
13
13
farovon turmush va taraqqiy etgan mamlakatning quruvchilari bo‘lgan 
shaxslarni voyaga yetkazishga qaratilgan. Islohotlarning markaziga aynan 
shaxs, uning erkinligi, manfaatlari, orzu-istaklari, intilishlari qo‘yilgan.
Shaxs
deganda o‘ziga xos xususiyatlar, xohish-istaklar, orzu va 
intilishlar, bilim, ko‘nikma, malakalarga ega, ma’naviy dunyosi boy bo‘lgan 
inson tushuniladi.
Ijodiy faoliyat
O‘zingizning bosib o‘tgan umr yo‘lingizni tahlil qiling. Bunda:
1. O‘tgan umringizni davrlarga bo‘lib oling: a)chaqaloqlik davringiz;
b)maktabgacha bo‘lgan davringiz; d)boshlang‘ich sinflardagi 
davringiz; e)yuqori sinfl ardagi davringiz.
Shaxs sifatida shakllangan kishi yetarli darajadagi aql-idrok, bilim, 
zakovat, kuch-quvvat, tajriba, kasbiy mahorat, ilmiy salohiyat, jismoniy 
va ma’naviy salomatlikka, ya’ni inson kapitali deb atalmish boylikka ega 
bo‘lishi lozim.
Insonning ma’naviy boyligi - uning dunyoqarashi, xulqi, odobi, 
madaniyati kabi ruhiy dunyosi bilan bog‘liq fazilatlari inson kapitalining 
asosiy tashkil etuvchilaridan hisoblanadi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi qilib 
aynan inson kapitalini rivojlantirish belgilanganligi ham bejiz emas. Chunki, 
inson kapitali – mamlakatimizning jahon arenasidagi raqobatbardoshligini 
ta’minlab beradigan omildir. Bu so‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan 
qabul qilinayotgan yangi qonunchilik hujjatlarida ham o‘z aksini topmoqda.
Siz o‘sib, ulg‘ayib shaxs sifatida shakllanib borar ekansiz o‘zingizda 
vatanga bo‘lgan muhabbatni tarbiyalab borishingiz kerak. Sizdagi 
vatanparvarlik ruhi va davlatning sizning shaxsiy kamolotingiz bo‘yicha 
g‘amxo‘rligi siz va vatan o‘rtasidagi maqsadlar, intilishlar mushtarakligidan 
darak beradi. Mana shu mushtaraklik sizning shaxsligingizning ravnaqi
siz kabi yosh avlodning kamol topishi, bular esa o‘z navbatida vatanning 
kelajakdagi taraqqiyoti kafolatidir. Chunki Vatan kelajagi siz yosh avlodning 
qo‘lingizda.

Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə