O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI



Yüklə 9,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/165
tarix22.05.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#87660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
7
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
7
7
–– referendum o‘tkazish hamda hokimiyat va boshqaruv organlari 
tarkibini belgilash huquqi.
Ko‘rib turganingizdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat
sifatida bir qator ajralmas huquqlarga ega bo‘ldi. Bu huquqlar mamlakat 
miqyosidagi huquqlardir.
Mustaqillik O‘zbekiston Respublikasi va uning har bir fuqarosi o‘r ta-
sidagi munosabatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. 
Mustaqil inson dеganda biz o‘z yurtida erkin va baxtiyor hayot kеchirish 
uchun barcha zarur huquqlarga ega bo‘lgan, ulardan bеmalol foydalana oladigan 
shaxsni tushunamiz. Barcha inson larga, mamlakatning barcha fuqarolariga 
tеng huquq va erkinliklarni esa davlat ta’min laydi. Lеkin o‘z fuqarolariga 
huquq va erkinliklarni ta’minlash, ularni tom ma’nodagi mustaqil qilish uchun 
davlatning o‘zi mustaqil bo‘lishi shart. Chun ki haqiqiy mustaqil davlatgina o‘z 
fuqarolari manfaatlaridan kеlib chiqib, ularning tinch, osoyishta va baxtiyor hayot 
kеchirishlarini ta’minlaydigan ijtimoiy-huquqiy shart-sharoitlarni tuza oladi. 
Haqiqiy mustaqil davlatgina shaxs huquq va erkinliklari ustuvor qilib qo‘yilgan 
qonunchilikni yarata oladi. Haqiqiy mustaqil davlatgina o‘z fuqarolarining ushbu 
qonunchilik asosida ertangi kunga ishonch bilan yashashlarini ta’minlay oladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 - 2021- yillarda 
O‘zbekistonni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatar 
strategiyasining qabul qilinishi yurtimizda siz va biz, har bir fuqaro, butun 
O‘zbekiston xalqi uchun, farovon turmush, hamda huquq va erkinliklarning 
ta’minlanishi borasidagi tub islohotlarni amalga oshirishga turtki berdi. 
Harakatlar strategiyasining “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq 
tizimini yanada isloh qilish” deb nomlangan 2- yo‘nalishida “fuqarolarning 
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash” 
alohida belgilab qo‘yilgani ham davlatimizning inson manfaatlari, uning huquq 
va erkinliklariga berayotgan yuksak e’tiborining isbotidir.
Mustaqil davlatimiz boshqa davlatlarga qaram bo‘lmasdan o‘z siyosatini 
yurgizish, o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqiga ega bo‘lsa, biz, har bir 
fuqaro, ushbu mustaqillik tufayli bеrilgan huquqlarimizdan foydalanib, 
erkin va farovon yashash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Mustaqillik sharofati bilan sizning ta’lim olishingiz, dam olishingiz, 
ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishingiz, sport bilan shug‘ullanishingiz, 
malakali tibbiy xizmatdan foydalanishingiz uchun imkoniyatlar mavjud. 
http:eduportal.uz


8
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda 
boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, 
huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.
20- modda.

Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə