O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI



Yüklə 9,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/165
tarix22.05.2022
ölçüsü9,06 Mb.
#87660
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   165
15
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
15
15
Jamiyat
3- mavzu
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Siz jamiyat deganda nimani tushunasiz?
2. O‘zingizni jamiyat a’zosi deb hisoblaysizmi?
3. “Jamiyat” va “jamoa” tushunchalari orasidagi farqni qanday 
izoh laysiz? 
4. Rasmlarda tasvirlangan odamlarning barchasini jamiyat a’zolari 
deb atashimiz mumkinmi? Bunda ayrim odamlarning chet el fu-
qa rolari bo‘lishi mumkinligini ham e’tiborga oling.
5. Rasmlarga qarab, ularda tasvirlangan har bir shaxsni tavsifl ab 
be rish ga hara kat qiling. Bunda ular orasidagi umumiyliklar va 
farq larni alohi da ko‘rsating.
6. Chaqaloq tug‘ilganida biz odatda, “jamiyatning yangi a’zosi 
dun yoga keldi”, – deb aytamiz. Bu e’tirof qanchalik to‘g‘ri? Fik rin-
gizni asoslang. 
1
2
3
4
5
6
SHAXS, JAMIYAT VA DAVLAT
3- mavzu
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
http:eduportal.uz


16
Siz “jamiyat” so‘zini hayotda ko‘p bora eshitgansiz. Masalan, ko‘p gi-
na fi r ma larning nomi yoniga “mas’uliyati cheklangan jamiyat” deb yozib 
qo‘ yil gan bo‘ladi. Bunday fi rmalarni bir necha kishi birgalikda tadbirkorlik 
faoliyati yuritish maqsadida tashkil qiladi. Ya’ni ular birgalikda faoliyat yuri-
tish maqsadida kichik jamiyat tuzadilar. “Iste’molchilar jamiyati”, “Ko‘zi 
ojiz lar jamiyati”, “Faylasufl ar jamiyati” kabi atamalar ham qulog‘ingizga 
cha lingan bo‘lishi ehtimol. Bu jamiyatlarga o‘z navbatida iste’molchilar 
o‘z huquq larini birgalikda himoya qilish maqsadida, ko‘zi ojizlar birgalikda 
ish lab chiqarish yoki ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida, faylasuf 
olim lar falsafa sohasidagi murakkab savollarga birgalikda javob topish, 
ham korlikda ilmiy izlanish olib borish maqsadida birlashadilar.
Mana shu atalgan jamiyatlarning qay birini olmang muayyan odam lar 
ja mo asi muayyan maqsadlarni amalga oshirish maqsadida o‘zaro bir lash-
gan li gini ko‘ramiz. Lekin bu jamiyatlarning har biri tor ma’nodagi jamiyatga 
mi sol bo‘la oladi.
“Jamiyat” atamasining keng, to‘la ma’nosini o‘rganish uchun yana siz-
ning hayotingizdan misol keltiramiz. Kattalar sizga yoki o‘rtoqlaringizga 
“o‘sib, ulg‘ayib tinch farovon jamiyatimizning munosib a’zosi bo‘lib kamol-
ga yetgin” degan tilaklar bildirganligining ko‘p marta guvohi bo‘lgansiz. 
Xo‘sh, bu holda qanday jamiyat haqida so‘z bormoqda? Siz bilan biz ay nan 
mana shu siz-u biz, katta-yu kichik barchamiz a’zosi bo‘lgan keng ma’no-
dagi jamiyat bilan tanishamiz.
Eng qadimgi zamonlarda — ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar 
orasi da o‘ziga xos qoidalar mavjud bo‘lgan. Odamlar ilk bora to‘da, urug‘ 
jamoa lari va qabilalarga birlashganlarida o‘zlariga yo‘lboshchi, urug‘ 
bosh lig‘i va qabila boshliqlarini tayinlaganlar. Mehnat qurollarining tako-
mil lashuvi jarayoni mehnat taqsimotini keltirib chiqargan va odamlar orasi-
dagi tabaqalashuvga olib kelgan. Shuning uchun ham asosiy maqsadi va 
7. “Jamiyat” va “aholi” atamalarining qaysi hollarda ishlatilishini 
bila sizmi? Bilsangiz bunday hollarga misollar keltiring.
8. Rasmlardagi har xil toifadagi insonlarni nima va qanday vosita 
or qali birlashtirib turadi deb o‘ylaysiz?
http:eduportal.uz



Yüklə 9,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə