Oʻzbekiston metallurgiya kombinati


-bob. Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida e’lon joylashtirish



Yüklə 215,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix23.12.2023
ölçüsü215,77 Kb.
#155323
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O\'zmetkombinat AJ tarkibiy bo\'linmalari va filiallaridagi bo\'sh

3-bob. Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida e’lon joylashtirish
18.
Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi e’lon, tarkibiy boʻlinmalar taqdim qilgan xizmat xatlari
(talabnomalar) da koʻrsatilgan boʻsh ish oʻrnini toʻldirish zarurligidan kelib chiqib amalga
oshiriladi. E’lon matni kadrlar tanlash boʻlimining mas’ul xodimi tomonidan tayyorlanadi. E’lon
matni kombinatning rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarida talabnoma kelib tushgan kundan
boshlab bir ish kunidan kechiktirmay, agar kerak boʻlsa, boshqa rasmiy kanallarda e’lon qilinadi.
E’londa boʻsh ish oʻrinlari, hujjatlarni topshirish muddati va shartlari, Tanlovda ishtirok
etishni istagan nomzodlarga qoʻyiladigan minimal talablar va boshqa tegishli ma’lumotlar
koʻrsatilishi kerak.
19.
Boʻsh ish oʻrinlarining ayrim toifalariga qoʻshimcha malaka talablari mavjud boʻlgan
taqdirda, ushbu boʻsh ish oʻrinlari e’lon qilinganda qoʻshimcha talablar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar
kiritiladi.
20.
Tanlov oʻtkazilishi vaqti toʻgʻrisida nomzodlarga, ularning rezyumeda koʻrsatilgan
mobil telefon raqamiga tanlov oʻtkazilishidan kamida bir kun oldin SMS-xabar yuborish yoʻli bilan
xabar beriladi.
4-bob. Test sinovlarini oʻtkazish tartibi
21.
Test sinovlari birinchi bosqichda nomzodlarning shaxsiy kasbiy bilim va koʻnikmalari
(kompetensiyalari)ni aniqlash maqsadida elektron tarzda maxsus jihozlangan xonada oʻtkaziladi.
Sinov oʻtkazish uchun shartlar:
- sinov videokuzatuv ishlaydigan alohida xonada (rasm, har ikki yoʻnalishda ham ovoz); va
videoyozuvni saqlash imkoniyati bilan amalga oshiriladi;
- har bir test topshiruvchisi uchun web-kameralar oʻrnatiladi;
- kadrlarni tanlash boʻlimi/xavfsizlikni ta`minlash va resurslarni himoya qilish departamenti
nomzodni sinovga kirishiga ruxsat berish uchun asl hujjatlarni tekshiradi. Hujjatlar boʻlmagan
taqdirda, nomzodga test oʻtkazishga ruxsat berilmaydi.
- sinovda kadrlar tanlash boʻlimi/xavfsizlik va resurslarni muhofaza qilish departamenti
xodimi ishtirok etadi va sukunatni, sinov natijalariga ta’sir qilishi mumkin boʻlgan koʻrsatmalar va
boshqa shart-sharoitlarning yoʻqligini ta’minlaydi.
22.
Test savollari (javoblar bilan) kadrlarni tanlash boʻlimining mas’ul xodimi yoki
kombinatning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan xodimlarni boshqarish departamentining soʻrovi
(buyurtmanomasi) boʻyicha ishlab chiqiladi va kadrlar tanlash boʻlimiga ularning yoʻnalishi
boʻyicha departamentlar yoki direksiyalar direktorlari bilan kelishgan holda topshiriladi.
23.
Birinchi bosqichda testdan oʻtish koʻrsatgichi 80 foizni tashkil etadi. Ish beruvchining
tashabbusiga koʻra, testning oʻtish koʻrsatgichlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

Yüklə 215,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə