Oʻzbekiston metallurgiya kombinati


Test sinovlari tugashi bilan test natijalari kombinatning rasmiy kanallariga joylashtirib boriladi. 25



Yüklə 215,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix23.12.2023
ölçüsü215,77 Kb.
#155323
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O\'zmetkombinat AJ tarkibiy bo\'linmalari va filiallaridagi bo\'sh

24.
Test sinovlari tugashi bilan test natijalari kombinatning rasmiy kanallariga joylashtirib
boriladi.
25.
Test natijalari Korporativ xavfsizlik va resurslarni himoya qilish departamentiga nomzod
tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib, xulosa berish uchun kiritiladi. Nomzod tanlovning
ikkinchi bosqichiga oʻtganligi masalasi Korporativ xavfsizlik va resurslarni himoya qilish
departamentining xulosasiga asosan aniqlanadi.


26.
Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻta olmagan nomzodlar, ushbu Nizomda belgilangan
tartibda e’lon qilingan yangi tanlovda qayta qatnashishlari mumkin.
27.
Test sinovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan, lekin
shaxsiy sabablarga koʻra (mobil telefon raqami oʻchirilgan va h. k.) SMS-xabar olish imkoniga ega
boʻlmagan nomzodlar va shunga oʻxshash holatlar boʻyicha test sinovlarida qatnashmagan deb
e’tirof etiladi va test sinovlaridan oʻtmagan deb hisoblanadi.
5.bob. Suhbat oʻtkazish tartibi
28.
Ikkinchi bosqichda suhbat nomzodni baholash, uning kasbiy mahorati, bilim va
koʻnikmalari, shaxsiy fazilatlari kombinatda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlarini egallashga
qoʻyilgan talablarga mos kelishini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
29.
Agar tanlov komissiyasi a’zosi suhbatdan oʻtayotgan shaxsning qarindoshi boʻlsa yoxud
suhbat natijasidan shaxsan bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa, uning xolisligiga shubha
tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa, komissiya a’zosi oʻzini oʻzi rad qilish haqida ariza
berishi talab qilinadi, aks holda oʻtkazilgan suhbat natijasi xaqiqiy deb hisoblanmaydi.
30.
Tanlov komissiyasi xulosasi boʻyicha boʻsh oʻrinlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan deb e’tirof etilgan nomzodlar ish beruvchining tashabbusi
bilan amaliy sinovga yoʻnaltirilishi mumkin. Barcha nomzodlar bilan suhbat natijalariga koʻra,
belgilangan tartibda ushbu Nizomning 11-bandiga muvofiq suhbat/amaliyot varaqasi (2-ilova)
tuziladi.
31. Suhbat oʻtkazilishi toʻgʻrisida oʻrnatilgan tartibda xabardor qilingan, lekin oʻzining
shaxsiy sabablariga koʻra yoki Nizomda belgilangan tartibda SMS-xabar qabul qilish imkoni
boʻlmagan (mobil raqami oʻchirilgan va boshqa) holatda va shu kabi vaziyatlarga koʻra suhbatda
qatnasha olmagan nomzodlar, suhbatda ishtirok etmagan deb topiladilar va suhbatdan oʻtmagan deb
hisoblanadilar.
Nomzodlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda e’lon qilingan yangi tanlovda qayta
qatnashishlari mumkin.

Yüklə 215,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə