Oʻzbekiston metallurgiya kombinati



Yüklə 215,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix23.12.2023
ölçüsü215,77 Kb.
#155323
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O\'zmetkombinat AJ tarkibiy bo\'linmalari va filiallaridagi bo\'sh

6-bob. Yakuniy xulosa
32.
Tanlov komissiyasi a’zolarining yakuniy xulosasi Tanlov bayonnomasida quyidagi
takliflardan birini tanlash yoʻ li bilan aniqlanadi (3-ilova):
- mehnat shartnomasi tuzish tavsiya etiladi (sinov muddati bilan)/mehnat shartnomasi tuzish
tavsiya etilmaydi;
-boshqa ishga oʻtkazish tavsiya etiladi/boshqa ishga oʻtkazish tavsiya etilmaydi.
- zaxiraga olish tavsiya etiladi.
Tanlov komissiyasining qarori, agar unda komissiya a’zolarining umumiy sonining kamida
uchdan ikki qismi qatnashgan boʻlsa, huquqiy hisoblanadi. Tanlov komissiyasining xulosasi
komissiya a’zolarining umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlarning teng
taqsimlanishi bilan yakuniy qaror yoʻnalish rahbarining xulosasi asosida qabul qilinadi.
33.
Holis kuzatuvchilar va Korporativ xavfsizlik va resurslarni himoya qilish
departamentining ob’ektiv vakillari tanlovning barcha bosqichlarida qatnashish huquqiga ega.
34.
Nomzod tanlov komissiyasi xulosasidan norozi boʻlgan taqdirda, xulosa qabul qilingan
kundan boshlab 3 (uch) ish kuni muddatida tanlov natijalari boʻyicha komissiya xulosasi ustidan
kombinatning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashga mas1ul boʻlimi orqali
kombinat rahbariyatiga shikoyat qilish huquqiga ega.
35.
Agar me’yoriy-huquqiy hujjatlarda boʻsh lavozimga qabul qilish/oʻtkazishda nomzod
tegishli vazirlik yoki boshqa idora bilan kelishilishi kerakligi koʻrsatilgan boʻlsa, mas’ul kotib
tegishli hujjatlarni vazirlikka yoki idoraga kelishish uchun yuboradi hamda ijobiy javob olgandan
soʻng mehnat munosabatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish choralarini koʻradi.
7-bob. Nomzodlarni zaxiraga olish tartibi


36.
Kombinatning tarkibiy boʻlinmalarini kadrlar bilan oʻz vaqtida ta’minlash maqsadida
test sinovlarida yaxshi natijalarni koʻrsatgan, ammo suhbat natijalari boshqa nomzodlarga
qaraganda past boʻlgan nomzodlar bayonnomada “zaxiraga olish tavsiya etiladi ” iborasi bilan
rasmiylashtiriladi va kombinatda yangi ochilgan boʻsh ish oʻrinlar uchun takroriy tanlov
oʻtkazmasdan mutaxassisligi boʻyicha qabul qilinishi/oʻtkazilishi lozim.

Yüklə 215,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə