O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə40/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Vergiliy (m.o. 70 y) Rimning eng ulug‘ shoiri Publiy Vergiliy
Maron miloddan oldingi 70 yilda Italiyaning shimolidagi Mantuya
shahri atrofida tug‘ilgan. Vergiliy oldin Kremonda, keyinchalik Mi-
lan, Rim shaharlarida tahsil oladi; ritorika , falsafa bilimlarini, ay-
niqsa adabiyotni chuqur o‘rganadi. Birq tabiatan yumshoqligi, uy-
atchanligi, notiqlikka qiziqishi va iste’dodining yo‘qligidan faqat bir
marta sud ishida qatnashib, tez orada o‘z yuritiga qaytib ketadi, bu
yerda dehqonchilik qiladi va adabiyot bilan shug‘ullanadi. 41 yilda
Oktavian Avgust o‘zining qo‘shinini Italiyaning shimoliga joylashti-
radi, Vergiliyning mansabdor muxlislari uni imperator bilan tanishti-
radilar. Shoir Avgust saltanatiga chuqur samimiyat va xayrixohlik
bilan qaragan va o‘z asarlarida Avgust saltanatini kuylovchi, uning
ishlarini tarannum etuvchi ulug‘ saroy shoiri darajasiga ko‘tariladi.

82
Rim eposi asoschisi Vergiliyning “Eneida” dostoni, Homerning


dostonlari bilan tenglashtirilgan.
Vergiliydan hammasi bo‘lib uchta asar yetib kelgan. Bu-
lardan birinchisi “Bukolikalar”(cho‘pon she’rlari), ikkinchisi
“Gerogikalar”(dehqon qo‘shiqlari) va uchinchisi “Eneida” dostoni-
dir. Mazkur asarlardan tashqari bizga qadar “catalepta”, ya’ni “may-
da-chuda she’rlar” deb ataluvchi yana bir to‘plami saqlanib qolgan.
Bu to‘plamga kirgan she’rlarning ko‘pchiligi neoteriklar, ayniqsa,
Katull usulida yozilgan turli-tuman vazndagi she’riy asarlardan ibo-
rat.
Vergiliyning birinchi yirik asari “Bukolikalar” o‘nta she’rdan
iborat to‘plamdir. Bu to‘plamga kiritilgan she’rlarni ko‘pchiligi
eklogalar, ya’ni she’riy parchalar deb ham ataladi. “Bukolikalar”
muallifining diqqat makazida turadigan asosiy masala – dehqon-
chilik ishlarining boshqa kasblarga nisbatan a’loligini, oddiy qishloq
hayotining go‘zalliklarini madh qidishdan va shu yo‘sin yer egalar-
ining manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Vergiliyning dehqonchilik haqida yozilgan ikkinchi asari –
“Georgikalar” dostoni ham mazmun jihatidan birinchi to‘plamga
juda yaqin turadi. Didaktik mazmundagi ushbu asar yirik-yirik to‘rt
qismdan iboratdir. Bu qismlardan birinchisi g‘allakorlikka, ikk-
inchisi bog‘dorchilik va tokchilikka, uchinchisi chorvachilikka va
to‘rtinchisi asalarichilikka bag‘ishlanadi.
Doston muallifining otashin vatanparvarligi, qishloq hayotiga
bo‘lgan jo‘shqin muhabbati, ayniqsa dehqonlarga samimiy xay-
rixohlik bilan qarashi – asarning yuksak badiiy mahorat bilan yozil-
ishini ta’minlagan.
Vergiliyni Rim she’riyatining cho‘qqisiga olib chiqqan, uning
shuhratini yer yuziga taratgan ulug‘ asari “Eneida” dostonidir. Qa-
dimgi ma’lumotlarga qaraganda, shoir asar ustida o‘n yil ishlagan
va uni m.o. 19 yilda tugatgan. “Eneida” dostonining butun voqeasi
Troya shahri tor-mor qilinganidan so‘ng bosh qahramon Eneyning
o‘z hamrohlari bilan birga Italiyaga qarab yo‘lga chiqishi, uning

83
dengizda tortgan og‘ir mashaqqatlari, nihoyat manzilga yetib keli-


shi, Rim davlatini barpo qilish yo‘lida olib borgan kurashlari tasviri-
dan iborat. Asar har biri olti bobdan(qo‘shiqdan) iborat, ikki qismga
ajratib yozilgan. Birinchi olti bob qahramonning Troyadan chiqib
Italiyaga yetib kelish davrida kechirgan saoguzashtlariga, keyingisi
Italiya tuprog‘idagi janglariga bag‘ishlanadi.
Vergiliy o‘z asarini oxiriga yetkazolmagan bo‘lsa kerak. Chun-
ki dostonda troyaliklar bilan rutullar o‘rtasidagi urushdan keyingi
voqealarni, masalan, troyaliklarning lotinlarga qo‘shilib, har ikkala
xalqning totuvlashib ketganini, Eneyning Laviniyaga uylanishi, ular-
dan Iulning tug‘ilishi, Iul naslidan Romul hamda Rem degan egizak
bolalarning dunyoga kelishi, shular tomonidan Rim shahrining barpo
etilishi va, nihoyat, dastlabki Rim podshohlari avlodlarining(Yuliy
Sezar, Oktavian Avgustning ajdodlari) tarqalishi haqidagi afsonalar-
ni ko‘rmaymiz.
Vergiliyning Rim she’riyatini rivojlantirishga hissasi beqiyos.
Yunon dostonchiligining eng murakkab bo‘lgan gekzamert vaznini
lotin she’riyati talablariga moslashtirishga ko‘plab shoirlar uringan-
lar, biroq bu o‘lchovni mislsiz kamolot bosqichiga ko‘tarish faqat
Vergiliyga nasib qilgan.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə