O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Seneka (taxm. m.av. 4 – milodiy 65-yy)



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə43/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Seneka (taxm. m.av. 4 – milodiy 65-yy) Lutsiy Anney Seneka I
asrda yashab ijod qilgan Rim faylasufi, yozuvchisi, taniqli davlat ar-
bobi. Ispaniyalik taniqli tarixchi Senekaning farzandi bo‘lgan Lutsiy
siyosatga erta kirib kelgan. Saroy fitnalarida ishtirok etganliga uc-
hun sakkiz yilga Korsika oroliga surgun qilingan. Oroldan qaytaril-
gach, bo‘lajak imperator Neronga murabbiy etib tayinlangan. Neron
taxtga o‘tirgandan so‘ng(54 y.) juda katta nufuzga ega bo‘ldi, bavlat-
ni boshqarishda bevosita ishtirok etdi, dunyo-dunyo boylik orttirdi.
Imperatorga qarshi uyushtirlgan fitnada qatnashganlikda ayblanadi
va shogirdi bo‘lgan Neronning buyrug‘iga binoan o‘zini o‘ldiradi.
U o‘z dunyoqarashi bilan stoiklar oqimining yirik namoyan-
dalaridan hisoblanadi. Stoitsizm miloddan avvalgi IV asrda Yunon-
istonda paydo bo‘lgan va keyinchalik Rimda taraqqiy etgan buyuk
ta’limotlardan. Uning vakillari xudojo‘ylik, kamtarlik, taqdirga
bo‘ysunish, erkinlik va tenglik, o‘tkinchi dunyo lazzatlariga hirs
qo‘ymaslik, komillikka intilish kabi g‘oyalarni ilgari surishgan.
Senekaning falsafiy, axloq-odob mavzuida yaratilgan “Muruvvat
haqida”, “Baxtli hayot haqida”, “Lutsiyga axloq haqida nomalar”
kabi dunyoga mashhur risolalari hamda “Aqldan ozgan Gerkules”,
“Troyalik ayollar”, “Medeya”, “Fedra”, “Edip”, “Agamemnon”,
“Fiest”, “Gerkules Etada”, “Finikiyalik ayollar” va “Oktaviya” kabi
o‘nta tragediyasi saqlanib qolgan.
Shoirning deyarli barcha tragediyalari uning falsafiy dunyoqa-
rashlari, ma’naviy va axloqiy e’tiqodlariga asoslangan bo‘lib, stoik-
lar falsafasi tarannum etiladi.
Seneka dramaturgiyasining xususiyatlari “Medeya” tragediya-
sida aniq-ravshan namoyon bo‘ladi. Asar buyuk yunon tragediya-
nivisi Yevripidning “Medeya”siga taqlidan yozilgan bo‘lsada, ular

88
o‘rtasida katta tafovut mavjud. Yevripidning asarida Medeya o‘z far-


zandlarini sevgan mehribon ona, vafodor rafiqa sifatida tasvirlanadi.
Medeyaning ruhiy iztiroblari shu qadar teran va chuqur tavsif qilina-
diki, tomoshabin va o‘quvchida achinish va xayrixohlik uyg‘otadi.
Senekaning tragediyasi qahramoni esa, bemehr, qahri qattiq ona,
o‘ziga qarshi bo‘lgan har qanday narsani yanchib tashlashga qodir,
insoniylik qiyofasini yo‘qotgan yovuz jodugar. Asarda o‘z ifodasini
topgan g‘oya – dunyoning bevafoligini uqtirish, ehtiroslarga beril-
ishning ayanchli oqibatlarini ko‘rsatish va har qanday hirsni jilov-
lab turish zarurligini targ‘ib etish, qahramonning qilmishlarini qattiq
qoralashdan iborat.
Seneka axloqiy-falsafiy mavzularda bir qator risolalar yozgan.
U ko‘plab ma’naviy bilimlardan, kundalik hayotiy jarayonlarda naf
keltirishi mumkin bo‘lgan ta’limotlarni ajratib olgan. Senekaning fi-
kricha, falsafa – dilning malhamidir. Uning yozishicha, donishman-
dlar ana shu malham bilan o‘z ruhlarini davolaydilar, o‘zgalarning
qalbida ham himmat, muruvvat, qadr-qimmat, sadoqat, iroda, ma-
tonat hislarini tarbiyalaydilar. Stoitsizm ta’limotining tarafdori si-
fatida u ushbu ta’limot qoidalariga amal qilgan holda, chinakam
baxtni moddiy boylikda emas, balki ruhiy osoyishtalikni izlashda,
deb hisoblagan.
Senekaning asarlari Ovrupada o‘rta asrlar va Uyg‘onish davri-
dan boshlab keng yoyildi va shuhrat qozondi. Uning tragediyalar
Uyg‘onish davri yozuvchilariga, ayniqsa fransuz klassitsizmi va-
killariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, Kornel, Rasin kabi fransuz
tragediyanavislarining asarlarida bu o‘zining yorqin ifodasini topdi.
Xullas, Rim adabiyoti yunon adabiyoti erishgan barcha yutuqlar-
dan va, shu bilan birga, ellinizm davri adabiyotining bu xazinaga
qo‘shgan qator yangiliklaridan to‘la-to‘kis foydalanib, ham shakl,
ham mazmun jihatidan yana bir daraja yuqori bosqichga ko‘tariladi
va, keyinchalik, yangi dunyo Ovrupa adabiyotiga kuchli ta’sir
ko‘rsatishga qodir bo‘lgan qudratli bir adabiyotga aylanadi. Darhaq-
iqat, Uyg‘onish davrining qalam ahllari, XVII asr yozuvchilari o‘z

89
faoliyatlarida yolg‘iz Rim adabiyoti namunalariga taqlid etadilar.


Faqat XVIII asrga kelib gumanistlar (Lessing, Gyote, Shiller) bevos-
ita yunon adabiyotiga murojaat qila boshlaydilar. Binobarin, qariyb
besh asr davomida Ovrupa xalqlari badiiy ijodining shakllanishida
asosiy rolni yunon adabiyoti emas, balki Rim adabiyoti o‘ynaydi.
Rim adabiyoti namoyandalarining asarlaridan namunalar o‘zbek
tiliga ham tarjima qilingan. Bu borada Oybek, E.Vohidov, Muxam-
mad Ali, S.Xo‘jayev tomonidan qilingan tarjimalar ahamiyatlidir.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə