O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə46/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Fransiya o‘rta asrlar adabiyoti. Zamonaviy Fransiya hududida
qadimda kelt xalqlari guruhiga mansub bo‘lgan gall qabilalari is-
tiqomat qilgan bo‘lib, ular keyinchalik rimliklar tomonidan bosib
olingan. V asrga kelib german qabilalaridan bo‘lgan franklar gall
yerlarini bosib olganlar va tez orada ular mahalliy xalqlarning
ta’sirida assimilyatsiyaga uchraganlar.
Uzoq vaqt mobaynida hozirgi Fransiya hududi Frank davlati
tarkibida bo‘lgan. Buyuk Karl (768–814) qirolligi davrida mamlakat
har tomonlama rivojlanib qudratli davlatga aylangan. Karlning va-
fotidan keyin mazkur davlat parchalanib ketishi natijasida (843-yil)
Reyn daryosining g‘arbiy hududida Fransiya davlati shakllana bosh-
lagan. Buyuk Karlning nabirasi “taqirbosh” laqabli Karl bu davlat-
ning birinchi qiroli hisoblanadi.
Aynan IX asrda fransuz tili shakllana boshladi. Agar kato-
lik cherkovining tili lotin tili bo‘lsa, oddiy xalq “roman” tilida
so‘zlashgan. Bu tilning shakllanishiga gallar va german qabilalar-
ining ta’siri bo‘lgan bo‘lsa-da, uning asosini “vulgar lotin”i tashkil
etdi. Asrning boshlaridayoq (813-yil) Tur ibodatxonasidagi diniy
va’zlar xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun roman tilida o‘qila bosh-
langan edi.
Bizgacha o‘rta asrlar adabiyotidan epik dostonlar, kichik hajmda-
gi lirik she’rlar, roman va diniy mavzudagi dramalar, latifaga yaqin
turuvchi hikoya – fabliolar yetib kelgan.
Qahramonlik eposi. O‘rta asrlar qahramonlik dostonlari (fr.
chansons de geste) ning syujetlari real tarixiy voqealar asosiga quril-

95
gan bo‘lib, ularni ijod qilish jarayonini ikki bosqichga ajratish mum-


kin: xalq ijodiyoti tarixiy voqealarga poetik ishlov bergan bo‘lsa,
keyinchalik u shoirlar tomonidan birlashtirilib sayqallangan.
Baxshi (jongler) ritsar va qirollarning jasoratlari, o‘zaro qarama-
qarshiliklar, nizolari haqidagi qo‘shiqlarning muallifi va ijrochisi
bo‘lgan.
Fransuz epik dostonlarini shartli ravishda uch turkum(sikl)ga
ajratish mumkin: 1. Qirollik turkumi. Bu turkumdagi dostonlar
markazida Buyuk Karl obrazi bo‘lib, u Fransiyaning ramzi sifati-
da tasvirlangan. 2. Goran de Monglanga bag‘ishlangan dostonlar-
da ideal vassal tarannum etiladi. 3. Feodallar o‘rtasidagi nizolarga
bag‘ishlangan Doon de Mayans yoki feodal turkumi.
Roland haqida qo‘shiq” dostoni XI-XIV asrlarda Fransiyada
paydo bo‘lgan ko‘plab dostonlar orasida eng mashhuri sanaladi.
Mualliflarining nomi saqlanib qolmagan bu dostonlarni truver
15
lar
yozishgan, ularni joglerlar arfa yoki viola musiqa asboblari jo‘rligida
ijro qilishgan. Aksariyat dostonlar qirol Buyuk Karl va uning saf-
doshlari amalga oshirgan “ulug‘” ishlarga bag‘ishlangan.
“Roland haqida qo‘shiq” da ham Karl va uning sodiq ritsari
Roland madh qilinadi. Doston 1100-yillarda yaratilgan bo‘lib,
unda Karlning Ispaniyaga qilgan yurishi haqida hikoya qilinadi.
Bu voqealar aks ettirilgan XVIII asr solnomasi matnida qirol Karl
armiyasining ar’ergardi
16
. Pireney tog‘larida tor-mor qilinganligi,
halok bo‘lganlar orasida Breton chegara qo‘shinlarining boshlig‘i
Xroulend bo‘lganligi haqida xabar beriladi. Bu tarixiy voqea dos-
tonning markaziy mavzusiga aylanadi. Biroq asarda ko‘p narsalar
o‘zgartirilgan: yosh qirol Karlning 778-yillarda bo‘lib o‘tgan yurishi
yetti yilgi urush sifatida, uning o‘zi esa yoshi ulug‘ mo‘ysafid qilib
tasvirlanadi, ar’ergardga hujum qilgan basklar o‘rnini saratsin
17
lar
egallagan.
15
Truver(fr. trouvere) – ixtiro qilmoq, topmoq.
16

Ar’ergard –qo‘shinning chekinishini pana qiluvchi guruh.


17
Truver(fr. trouvere) – ixtiro qilmoq, topmoq.

96
Dostonda franklarning Ispaniyaga yurishi bilan bog‘liq ko‘plab


voqealar keltirilgan: saratsinlar bilan olib borilgan muzokaralar,
Ganelonning xiyonati, Rolandning kam sonli qo‘shini bilan saratsin-
larning son jihatidan yigirma barobar ko‘p qo‘shiniga qarshi Ron-
seval darasida olib borgan jangi. Ronseval darasidagi jang asarning
kulminatsiyasi bo‘lib, aynan shu epizodda Rolandning jasorati, so-
diq do‘sti Oliverning aql-zakovati, ularning vatan manfaatlari uchun
fidokorligi namoyon bo‘ladi. Oliver o‘q tegib o‘ldi, o‘n ikkita jasur
per
18
lar halok bo‘ldi, yaralangan arxiyepiskop Turpin yiqildi. Og‘ir
yaralangan Roland jang maydonida yolg‘iz qoladi va o‘z qilichi Dy-
urendal, burg‘usi Olifant bilan vidolashadi.
Doston 291 she’r bandi(bu bandlar tirada deyiladi)dan iborat
bo‘lib, ular yagona vazn bilan birlashtirilgan. Aksariyat bandlar ox-
irida o‘ziga xos naqorat bo‘lgan “Aoy” xitobi yangraydi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə