O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə54/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Servantes (1547–1616y.). Barcha zamonlar va barcha xalqlar ad-
abiyotining eng ulug‘ asari deya e’tirof etilgan “Don Kixot” roma-
nining muallifi Migel de Servantes Saavedra Ispaniyaning Alkala de
Enares shahrida tabib oilasida tug‘ilgan. Universitetni tamomlagach,
papaning Ispaniyadagi elchisi kardinal Akvaviva xizmatiga kira-
di. Kardinalning o‘limidan keyin Italiyadagi ispan armiyasi safiga
qo‘shiladi va 1571-yili Lepanto jangida ishtirok etib, qahramonlik
namunalarini ko‘rsatadi, chap qo‘lidan yaralanadi. 1574-yili Ispani-
yaga qaytayotib Jazoir korsar(qaroqchi)lari qo‘liga tushib qolib, 5
yil asirlikda bo‘ladi. Vataniga qaytgach, teatr uchun pyesalar, badav-
lat odamlarga bag‘ishlab she’rlar yoza boshladi. 1597-1603-yillarda
qamoqda, hayotining oxirgi 15 yili moddiy qiyinchiliklarda o‘tdi.
1605-yili “Ayyor Idalgo Lamanchlik Don Kixot” dohiyona ro-
manining birinchi qismi chop etilgan bo‘lsa, 1616-yili romanning
ikkinchi qismi yozib tugatildi. Adibning “Ibratli novellalar” (1613)
nomli hajviy hikoyalari, podachilar hayotidan yozilgan “Galateya”
romani va “Persiles ham Sigizmunda” kabi asarlari ham dunyo
o‘quvchilarining diqqat markazida turadi.
Mana to‘rt yuz yildirki, har bir zamon va har qaysi makonda
“Lamanchlik Don Kixot” xilma-xil tushuntiriladi, har bir xalq, har
bir kitobxon uni o‘z dunyoqarashi va saviyasiga qarab baholaydi,
talqin etadi. Roman haqida minglab ilmiy kitoblar yozilgan, yuzlab
taqlidiy asarlar yaratilgan, uning asosida ko‘pdan ko‘p baletlar, op-
eralar, drama va kinofilmlar, musiqiy asarlar, haykal va rangtasvir
asarlari yaratilgan.
Antik klassik va Uyg‘onish davri adabiyoti bilan yaqindan tan-
ishish, harbiy xizmat va urushlarda qatnashish, Jazoirdagi besh yillik
tutqunlik hamda boshqa ko‘p muhtojlik va mashaqqatlar Servantes
dunyoqarashining gumanistik xarakterda shakllanishiga va uning
yirik realist yozuvchi bo‘lib yetishishiga ta’sir qildi. Servantesning

118
adabiy dahosi uning «Don Kixot» asarida yorqin ifodalangan.


«Don Kixot» romanining yaratilishi ispan madaniy hayotida juda
katta voqea bo‘ladi. Asarning muqaddimasida Servantes «ritsar ro-
manlarini sidirg‘asiga fosh etish» va ularning «qulay deb turgan iste-
hkomini ag‘darish»ni asosiy g‘oyaviy maqsad qilib ko‘yadi.«Don
Kixot», garchi o‘rta asr ritsar romanlariga parodiya sifatida yara-
tilsa ham, lekin uning mazmuni nihoyatda keng bo‘lib, butun feo-
dal jamiyati va uning urf-odatlariga qaqshatqich zarba bergan ochiq
satiraga aylanadi. Asar yozilgan paytda ham, undan avvalgi 5–6
asr mobaynida ham Ovrupa xalqlari adabiyotida ritsarlar hayotiga
bag‘ishlangan roman, dostonlarga qiziqish katta bo‘lgan. Xalq ora-
sida ritsarlar hayotiga, jangovar qahramonliklarga, jasoratga to‘la
hayotga intilish, ehtiyoj kuchli edi.
Ovrupa romantizmining yirik namoyandalari Gyugo, Bayron va
boshqa yozuvchilar ham bu o‘lmas asarga yuqori baho berganlar.
Servantes va uning «Don Kixot» romani haqida ko‘plab qimmatli
fikrlarni bayon qilgan kishilardan biri Genrix Geyne edi. U Servan-
tesni Shekspir, Gyote qatoriga qo‘ydi.Servantes o‘rta asr ritsar ro-
manlariga qaqshatqich zarba beribgina qolmasdan, yangi tipdagi re-
alistik romanchilikka asos soldi. Xalqning turmushini yaxshi bilish,
gumanistik g‘oyalarni targ‘ib qilish uchun unga keng imkoniyatlar
yaratdi, ijodining kamol topishiga yordam berdi. Bunday yutuqqa u
asarining tanqidiy yo‘nalishi bilangina emas, uning badiiy qimmati
tufayli ham erishdi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə