O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə55/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Angliyada Uyg‘onish adabiyoti
Angliyada gumanistik madaniyat yaratish uchun kurash XV
asrda boshlangan bo‘lsa-da, Oq va Qizil gul feodal urushlari uning
taraqqiyotini deyarli bir asr orqaga surdi. Gumanistik g‘oyalarning
markazi avval Oksford, keyin Kembrij universitetlarida edi. Tyudor-
lar sulolasidan bo‘lgan Genrix VII va Genrix VIII lar davrida mutlaq
hokimyat kuchaydi. Mamlakatni qirolicha Yelizaveta (1558–1603)

119
boshqargan yillarda Angliya iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan rivojlan-


gan. 1588-yili ispanlarning Buyuk Armadasini tor-mor qilgan Angli-
ya uchun dengiz yo‘llarining barchasi osonlik bilan ochila boshladi.
Ilk ingliz Uyg‘onish davrining namoyandasi Tomas Mor (1478–
1535) edi. Uning eng mashhur kitobi “Yangi Utopiya oroli haqida”
(1516-y.) asaridir. “Utopiyada” yozuvchi o‘z davridagi jamiyat haq-
ida tanqidiy fikrlar bildirgan.
T.Mordan keyin utopiya mavzusida bir qator asarlar
yaratildi.T.Kamponellaning “Quyosh shahri”, F.Bekonning “Yangi
Atlantida”, Garingtonning “Okean”, E.Kabening “Ikariyaga sayo-
hat” asarlari shular jumlasidandir.
Genri Govard Sarri ,asosan, sonet janrida ijod qildi. Petrarka
sonetlaridagi Laura syujetlarining qahramoni Jeraldining o‘ziga
xos proobrazi bo‘lib xizmat qildi. Genri Sarri ingliz adabiyotiga oq
she’rni olib kirdi, “Eneida”ni ingliz tiliga tarjima qildi. Keyinchalik
K.Marlo va U.Shekspir ham o‘z tragediyalarida oq she’rdan foyda-
landilar. XVI asrda Angliyada dramaturgiya gullab yashnadi. Ingliz
teatri xalq manfaatlarini ifoda qilganligi sababli, xalq orasida katta
shuhrat qozondi. Asr oxiriga kelib Angliyada 20 dan ortiq teatr ma-
vjud edi. Bu davrda Kristofer Marlo tragediya janrida samarali ijod
qildi.
Uyg‘onish davrida Angliyada dunyoviy mazmundagi realistik,
milliy xarakterdagi boy adabiyot yaratiladi. Bu davrda antik avtor-
larning turli asarlari bilan bir qatorda italyan, fransuz, ispan va ne-
mis tillaridagi qator asarlar ingliz tiliga tarjima qilinadi.
Kristofer Marlo (1564–1593) kenterberilik etikdo‘zning o‘g‘li
bo‘lib, Kembrij universitetida ta’lim olgan, lotin, grek tillari, adabiy-
oti va turli fanlarni astoydil o‘rgangan tom ma’nodagi gumanist edi.
U 1587-yili Londonga keladi va faoliyatini dramalar yaratish bilan
boshlaydi. Shu yiliyoq “Sohibqiron Temur” tragediyasini yaratadi,
pyesaning muvaffaqiyati nihoyatda katta bo‘lganidan ikkinchi qis-
mini ham yozadi. Birin-ketin dramaturg “Doktor Faustning fojiali
tarixi», “Maltalik yahudiy”, “Eduard II”, “Parij qirg‘ini” va “Karf-

120
agen qirolichasi Didona” tragediyalarini yaratib, ingliz dramatik


san’atida burilish yasaydi. Katta talant egasi bo‘lgan Marlo Yeliza-
veta tuzumi uchun xavfli edi. 1593-yili u maxfiy politsiya agentlari
tomonidan o‘ldiriladi. Ingliz Uyg‘onish davri tragediyasining asos-
chisi Marlo ijodi erksevarlik va demokratiya ruhi bilan sug‘orilgan
edi. Uning “Sohibqiron Temur” asari Amir Temur haqidagi birinchi
badiiy asar hisoblanadi. Umuman, ingliz dramasi, shu jumladan,
Shekspir ham Marlodan ko‘p narsani o‘rgandi. Lir, Makbet, Ko-
riolan, afinalik Timon obrazlarining prototiplari Marlo qahramon-
laridir. Undan tashqari, pyesa kompozitsiyasini tuzish, voqealarni
taqsimlash, tragediyalarda oq she’rni qo‘llash kabi badiiy usullarni
italyan adabiyotidan o‘rganib, ingliz dramasida birinchi qo‘llagan va
shu yo‘l bilan dramatik poeziyaning ta’sirchanligini oshirgan Marlo
Shekspirgacha bo‘lgan dramaturgiyaning yirik vakilidir.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə