O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə56/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Vilyam Shekspir (1564–1616). Vilyam Shekspir 1564-yilda
Angliyaning Stretford shaharchasida qo‘lqopsoz kosib Jon Shek-
spir oilasida dunyoga kelgan. U dastlabki ma’lumotni “Grammatika
maktabi”da olib, lotin tilini o‘rganadi va qadimgi Rim shoirlarining
asarlarini katta qiziqish bilan o‘qiydi.
1587-yili London teatriga ishga kirib, sahna xizmatchisidan re-
jissyorgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Aynan shu davrdan Shek-
spirning ijodiy faoliyati boshlangan. Dastlab pyesalarni qayta ishlab
sahnalashtirish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, keyinroq o‘zi dramatik
asarlar yoza boshladi va tez orada dramaturg sifatida nom qozondi.
1599-yilda Shekspir “Globus” teatriga qabul qilindi va o‘zining eng
sara asarlarini ushbu teatrda sahnalashtirgan.
Shekspirning adabiy faoliyati uch davrga bo‘linadi. Hammasi
bo‘lib u ikki poema, 154 sonet va 37 pyesa yaratdi. Shekspirning
adabiy faoliyati “Venera va Adonis”, “Lukretsiya” poemalari va qa-
tor sonetlar yozishdan boshlangan. Har ikki poemaning syujeti antik
davr tarixi va mifologiyasidan olingan bo‘lsa ham, ularda Uyg‘onish
davri ruhi aks etgan. “Venera va Adonis” (1593) poemasida kishining
his-tuyg‘ulari va tabiat manzaralari real tasvirlangan. Kitobda mu-

121
habbat va go‘zallik ma’budasi Veneraning ko‘rkam yigit Adonisga


muhabbati aks ettiriladi. Biroq yigit Veneraning ehtirosli sevgisiga
e’tibor bermaydi. Uning istaklarini rad qiladi. Ovga mehr qo‘ygan
Adonis Veneraning ogohlantirishlariga quloq solmaydi. Natijada bir
kuni ov qilib yurgan vaqtida uni yovvoyi to‘ng‘iz yorib halok etadi.
Veneraning hayotga bo‘lgan ehtirosi poemaning markaziy mavzusi-
dir. Bu ma’buda tabiat ramzi hisoblanadi. Yam-yashil dalalar, go‘zal
o‘tloqlar, qushlarning yoqimli sayrashlari Veneraning hayotbaxsh
intilishlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Adonisning o‘limi uning tabi-
atga zid xatti-harakatlarining oqibati deb qaraladi, poemada bu du-
nyo quvonchi o‘rta asr tarkidunyochiligiga qarshi qo‘yiladi.
Shekspir 1609-yilda 154 sonetdan iborat to‘plamini nashr ettirdi.
Uning ilk sonetlarida Italiya Uyg‘onish davri poeziyasining dast-
labki vakili Petrarkaning ta’siri ko‘rinsa ham, lekin Shekspir ijodiy
evolyutsiyasi davomida bu janrning shartli belgilari doirasini yorib
chiqib, sonetlarni yangi mazmun bilan boyitdi. Shekspir sonetlari
zamondosh Renessans shoirlari Sidney va Spenser sonetlaridan farq
qiladi. Chunki ularning lirik ijodida umumlashtiruvchi holat yo‘q
edi. Shekspirning lirik qahramoni o‘ziga xos xususiyatlari bilan nam-
oyon bo‘luvchi takrorlanmas hayotiy obrazlardir. Shoir Uyg‘onish
davri kishilarining asosiy xususiyatlari – sevgi va do‘stlik, ularning
xushchaqchaq hayotga intilishlari, fikr va his-tuyg‘ularini aks etti-
radi.
“shirin so‘z” deb ataganlar. To‘plamning 66-sonetida lirik ha-
rorat tovushlar garmoniyasi orqali to‘la ochiladi. Bir o‘rinda nafrat,
qiziqqonlik, ikkinchi holda vazminlik hukmron. Uning ba’zi sonet-
larida dramatik va lirik holat uyg‘unligi namoyon bo‘ladi.
Shekspir merosini olimlar uch davrga bo‘lib o‘rganadilar. Birin-
chi davrga adibning 1591–1601-yillarda yozgan “Venera va Adonis”
(1593), “Lukretsiya” poemalari (1594), 154 sonet (1609) va tarixiy
xronikalari kiradi.
Dramaturgning XVI asr tarixchisi Xolenshadning “Angliya, Shot-
landiya va Irlandiya xronikalari” (1377) dan olingan ma’lumotlar

122
asosida yozilgan 10 ta dramasi tarixiy xronikalar deb atalgan turku-


mini tashkil etadi.
Shekspirning “Richard III” (1592), “Genrix IV” (1600), “Gen-
rix V” (1599) tarixiy dramalari xronika janrining yuksak namunalari
sanaladi Shuningdek, Shekspir bu davrda o‘zining “Tit Andronik”
(1594), “Romeo va Juletta” (1595), “Yuliy Sezar” (1599) fojealarini,
“Qiyiq qizning quyilishi” (1594), “Yoz oqshomidagi tush” (15994–
1595), “Venetsiyalik savdogar” (1595), “Vindzorlik nozaninlar”
(1597), “Yo‘q narsadan bir talay g‘avg‘o” (1598–1599), “Bu sizga
yoqadimi?” (1599–1600), “O‘n ikkinchi kecha yoki turfa hangoma-
lar” (1690) nomli komediyalarini ham yaratgan.
Adib ijodining ikkinchi davriga uning 1601–1608-yillarda yarat-
gan mashhur sahna asrlari kiradi. Ular “Hamlet” (1600–1601),
“Otello” (1604), “Qirol Lir” (1605–1606), “Makbet” (1606), “An-
toniy va Kleopatra” (1607), “Koriolan” (1608), “Afinalik Timon”
(1608) fojialaridir.
Shekspir ijodining uchinchi davriga mansub asar “Perikl” (Peri-
clus) 1608–1612-yillarda yozilgan, “Sembelin” (1609–1610), “Qish
ertagi” (1610–1611), “Bo‘ron” (1611) tragikomediyalari hisobla-
nadi.
Shekspir tragediyalarining eng mashhuri “Hamlet” tragediyasi
hisoblanadi. Tragediyada tasvirlangan O‘rta asr Daniyasi shartli,
ramziy ma’noga ega bo‘lib, Daniya orqali butun Angliya, qirol sa-
royi, ingliz aristokratiyasi tasvirlanadi. Dramaturg o‘z davri ruhini
chuqur anglab yetgan va uni san’at vositalari orqali ifodalay olgan.
Shekspir o‘z zamonasi oldinga surgan masalalar, voqea va xarakter-
larni yuksak ijtimoiy-falsafiy umumlashtirishlar darajasiga ko‘tardi,
kichik davlatda bo‘lib o‘tgan shaxsiy masala orqali Renessansning
so‘nggi davrlarida Ovrupa mamlakatlarining hammasida ro‘y be-
rayotgan ijtimoiy-siyosiy krizis, umumjahon tarixiy ahamiyatiga
ega bo‘lgan ziddiyatlar, asrlar davom etgan ijtimoiy-iqtisodiy fo-
matsiyalar almashishi jarayonini ifoda ettirgan. Albatta, tragediyan-
ing mazmuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu jarayonni tasvirlamaydi, ammo

123
personajlarning psixologiyasi, fikr-tuyg‘ulari, xatti-harakatlarida


chuqur ma’no bor, pyesada ana shu ulkan o‘zgarishlarning kishilar
ongiga qanday ta’sir etayotganligi badiiy vositalar orqali aks ettiril-
gan. Hamlet uchun masala qirolning qatl etilishi, o‘ch olishda emas,
balki nima uchun shunday bo‘ldi, insonning burchi, yashashning
ma’nosi nimadan iborat ekanligini anglab yetishida.
Shekspir “Hamlet”i shoh asar deb tanilishining sababi unda jami-
yatning eng katta muammolari – tarix, davlat, siyosat, falsafa, axloq,
odob, estetika, din masalalarini qamrab, bularning hammasini san’at
tili bilan insonning ruhiy kechinmalari orqali berilishidir.
Dunyo adabiyoti tarixida hali hech qaysi asar haqida shunchal-
ik ko‘p va shunchalik qarama-qarshi tadqiqot yaratilgan emas
(1877–1935-yillar orasida ikki mingdan ortiq kitob va maqolalar
yozilgan).
Shekspir asarlari XX asrning 30–40 yillaridan boshlab, taniqli
o‘zbek adiblari tomonidan ona tilimizga tarjima qilina boshlan-
gan. Ayniqsa uning asarlari G‘.G‘ulom, M.Shayxzoda, Uyg‘un,
B.Boyqobilov, J.Kamol tomonidan mahorat bilan o‘zbek tiliga
o‘girilgan.
Demak, Uyg‘onish davrida Ovrupa madaniyati, ilm-fani, san’ati
beqiyos darajada rivojlandi va yuksaldi. Antik merosni o‘zlashtirgan
Uyg‘onish davri vakillari poetik prinsplarni shakllana boshlagan
milliy adabiyotlar nuqtaiy nazaridan idrok qildilar. Adabiyot va
jamiyat munosabatlari, so‘z san’atining ijtimoiy hayotdagi o‘rni va
vazifalari yangicha talqin qilinib nasroniy cherkovining adabiyot-
ga ta’siri susaya bordi. Aynan shu davrda “Adabiy til” tushunchasi
paydo bo‘ldi va uning umumxalq tili bilan munosabati masalasiga
oydinlik kiritildi, badiiy ijodning individual tabiati, san’atkorning
ijodiy erkinligi e’tirof etildi, poeziya mavjudligining asosi sifatida
inson – ijodkor markazga qo‘yildi. Natijada jahon adabiyoti tarixida
muhim bosqich sanalgan Uyg‘onish adabiyoti keyingi davrlar ad-
abiyotiga ijobiy ta’sirini o‘tkazdi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə