O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə59/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Lyudovik XIV (1643–1715) zamonasida absolyutizm mustahka-
mlanadi. Anarxiyaga chek qo‘yish, juz’iy narsalarni umumiylikka
bo‘ysundirish absolyutizm himoyachilari ilgari surgan muhim ma-
salalardandir. Siyosatdagi singari adabiyotda ham qatiqqo‘llik bilan
ish tutiladi. Barcha ijodiy jarayonlar ma’lum qoidaga itoat ettiriladi.
Klassitsizm yozuvchilari absolyut hokimiyat mamlakat milliy
birligi manfaatlariga mos keladi, deb uni mustahkamlash g‘oyasini
qo‘llaydilar. Ular qirollik siyosati bilan hisoblashishga majbur
bo‘lganliklaridan qisman saroyga bog‘liq ham edilar. Lekin bulardan
qat’iy nazar, ular ijodida davlat manfaatlarini ko‘zlash hamma vaqt
birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun klassitsizm nazariyachilari
va yozuvchilari mamlakat xalqi ruhini aks ettiruvchi adabiyot yarat-
ishga intiladilar. Bu badiiy ijodning shakllanishida davrning ilg‘or
ratsionalistik falsafasi, xususan, Dekartning “haqiqatini anglash
uchun yagona mezon aql-idrokdir”, degan qarashlari katta ta’sir
ko‘rsatadi. Shunga binoan, ular idrokni san’atga ham to‘g‘ri yo‘l
belgilab beruvchi birdan-bir mezon deb hisoblab, uni his-tuyg‘uga
qarshi qo‘yadilar.
Fransiyada klassitsizm adabiy yo‘nalish sifatida to‘la qaror
topib, adabiy jarayonda yyyetakchi mavqe egallagan bo‘lib, fran-
suz klassitsizmi Ovrupa dagi boshqa xalqlar adabiyotlariga jiddiy
ta’sir ko‘rsatgan. Fransiyada klassitsizm madaniyatining gullab-yas-
hnashiga asos bo‘lgan qator omillar mavjud edi. Klassitsizm dav-
lat va millat manfaatlariga to‘la mos edi. Mazkur sharoitda klassit-
sizm hukumat tan olgan rasmiy va chin ma’noda yyyetakchi badiiy
metod bo‘lib qoldi. Fransuz klassitsizmining gullab-yashnashiga
asos bo‘lgan yana bir muhim omil Dekart ta’limoti bo‘lib, u XVII
asr fransuz falsafiy tafakkurining cho‘qqisi hisoblanadi. Dekart fal-
safada ratsionalizm oqimining asoschisi, unga ko‘ra, haqiqatning
bosh mezoni va manbai ongdir. Ya’ni Dekart haqiqat manbai bor-
21
Quronov D, Mamajonov Z, Sheralieva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. –
Toshkent: Akademnashr, 2010.
-
B.136.

128
liqda yoki tajribada emas, balki tafakkur qurilmalarida deb biladi.


Shundan kelib chiqqan holda klassitsizmning asosiy tamoyillari bel-
gilanadi. Ularga ko‘ra, san’at aql tomonidan qat’iy tartibga solinishi
kerak, badiiy asar aqlga muvofiq va aniq tahlilga imkon beradigan
tarzda qurilishi lozim, san’at asarining kuchi tafakkur qudrati va
mantig‘i bilan belgilanadi.
Olamga xos muayyan qonuniyat asosidagi tartibot san’atda ham
bo‘lishi lozim deb bilgan klassitsizm nazariyotchilari badiiy ijodda
belgilangan qoidalarga og‘ishmay amal qilishni talab etadi.
Klassitsizm yozuvchilari mutlaq hokimiyat mamlakat milliy
birligi manfaatlariga mos keladi deb, uni mustahkamlash g‘oyasini
qo‘llaydilar.
Ular mualliflar tabiatga taqlid qilish kerak degan prinsipni ilgari
surdilar. Lekin voqelikni «qo‘pol» tomonlariga emas, balki faqat
go‘zal tabiatga taqlid qilishga chaqiradi. Klassitsizmda qahramonlar
xarakteri umumiy va biryoqlamadir.
Klassitsizm nazariyasi bo‘yicha butun adabiy janrlar «yuksak»
(tragediya, epos, qasida) va «tuban» (komediya, satira, epigramma)
janrlarga bo‘linadi.
«Yuksak» janrlarda dav lat ishlari, qirol va hukmron tabaqa va-
killarining harakatlari tantanali uslubda tasvirlanishi kerak. «Tuban»
janrlarda esa uchinchi toifa vakillarining kundalik turmushi kulgili
manzaralarda aks ettirilishi lozim. Klassitsist yozuvchilar asar tilin-
ing aniq, obrazlarning ratsional, kompozitsiyasining pishiq, uslub-
ning qo‘pol iboralardan holi bo‘lishiga katta e’tibor beradilar. Biroq
go‘zallikni idrok qilishda yagona mezon sifatida iste’dodga ortiqcha
baho beradilar. Qahramonlarning oldindan belgilab qo‘yilgan sxema
va logik qonunlarga ko‘ra «yaxshi» va «yomon»ga ajratilishi nati-
jasida xarakterlarning hayotiyligi chegaralab qo‘yilgan.
Klassitsizmda muhim o‘rin egallagan drama janrida 3 birlik qo-
nuniga rioya etish talab etiladi:
1) zamon (voqea bir kunda bo‘lishi kerak) birligi;
2) makon (hodisalar bir joy, bir binoda bo‘lishi kerak) birligi;

129
3) harakat (yagona syujet yo‘li) birligi.


Klassitsizm antik adabiyotga taqlid qilish asosida kelib chiqqan
yo‘nalish hisoblanadi. “Gumanistlar qadimgi grek va Rim madani-
yatini o‘rganish va uning ilg‘or g‘oyalarini targ‘ib etishda jiddiy ish
qildilar. Biroq ularning antik san’at haqidagi nazariyalarida bir qa-
tor nuqsonlar mavjud edi. Bunga sabab o‘rta asrlar adabiyotidagi
milliy xususiyatlarni e’tiborga olmaslikdir. Shuning uchun klass-
itsizm Fransiyadan boshqa mamlakatlarda o‘z rivoji uchun zamin
topolmadi”
22
.
Klassitsist yozuvchilar Rim va grek san’atining yuqori bosq-
ichiga ko‘tarilgan davrda yaratilgan asarlariga ergashib, o‘sha davr
adabiyotining namunalari va qoidalarini o‘zgarmas, hamma davr
uchun bir xilda xizmat qiluvchi va o‘rnak bo‘luvchi ijoddan iborat,
deb ulug‘lab, ularning nazariy qarashlari va amaliy yutuqlarini qa-
bul qildilar. Biroq, mavhum g‘oyalarni ideallashtirish, davrning real
hayotidan uzoqlashib, xalq turmushidan ajralib qolish, janrlarni qat-
tiq logik qonunlarga bo‘ysundirish klassitsizm adabiyotini cheklab
qo‘ygan edi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə