O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə50/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1. Ovrupa o‘rta asrlar adabiyotiga ta’sir ko‘rsatgan omillarni
ayting?
2. O‘rta asrlar adabiyoti qanday davrlarga bo‘linadi?
3. Kelt eposi qanday xususiyatlarga ega?
4. “Beovulf” dostonining asosiy xususiyatlari.
5. “Roland haqida qo‘shiq” dostoni qahramonlik eposining na-
munasi sifatida.
6. Ovrupa xalqlari qaxramonlik eposi va “Alpomish” dostoni
o‘rtasidagi umumiy va o‘ziga xosliklar haqida ma’lumot bering.
7. Ritsarlik poeziyasining paydo bo‘lish asoslari va asosiy jan-
rlari?
8. Kurtuaz-ritsarlik romanlari qanday turkumlavrga bo‘linadi?

103
9. Fablio – shahar adabiyotining xarakterli janri sifatida.


Adabiyotlar
1. European literature and the Latin Middle Ages. Ernst Robert
Curtius 2013 Princeton University Press. P.662
2. Қаюмов О. Чет эл адабиёти. – T. : Ўқитувчи, 1987.
3. Qosimov A. Xo‘jayev S. Jahon adabiyoti: Antik davrdan
XVII asrgacha. – Farg‘ona, 2016.
4. Гюнтер де Бройн. Тристан ва Изолда. – T. : Ўзбекистон,
1994.
5. Англия шеърияти. Ҳалқ балладалари. «Қузғун учар
қузғун томон...», «Робин Гуд Шерифни қандай меҳмон қилгани
ҳақида», «Эшикни ёп, кампир!»// Jahon adabiyoti, 2014. №5.

104
G‘ARB UYG‘ONISH DAVRI ADABIYOTI


REJA
1. Ovrupa Uyg‘onish adabiyoti asoslari,
2. Italiya Uyg‘onish adabiyoti.
2.1 Dante Aligeri ijodi;
2.2 Petrarka ijodi;
2.3 Bokachcho ijodi.
3. Fransiya adabiyoti. Rable ijodi.
4. Ispan adabiyoti. Servantes ijodi.
5. Angliya adabiyoti. V.Shekspir ijodi.
Tayanch so‘z va iboralar: Renessans, gumanistlar, Antik adabiy 
merosi , Dante Aligeri ,” Ilohiy komediya”, Petrarka, Bokkachcho, 
Dekameron”, Rable, “Gargantyua va Pantagryuel”.
Ovrupa o‘rta asrlar tamaddunining yakunlanishi insoniyat tarixi-
da Uyg‘onish(yoki ilm-fanda qabul qilingan, fransuz atamasi Renes-
sans) nomini olgan ajoyib davr bilan bog‘liq. Uyg‘onish antik yoki
o‘rta asrlarga nisbatan ancha qisqa muddat davom etgan bo‘lsa-da,
fan va madaniyatda erishilgan ulkan yutuqlar uni alohida bir bosqich
sifatida e’tirof etish imkonini beradi.
XIV asrning o‘rtalarida Italiyada, XV asrning ikkinchi yarmida
Fransiya, Angliya, Ispaniya, Germaniya va Niderlandiyada katta
iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ovrupa ning turli mam-
lakatlarida yuz bergan bu protsessni italyanlar – Kvinkvechento,
fransuzlar – Renessans, nemislar – Reformatsiya, umuman olganda
Uyg‘onish deb ataganlar. O‘rta asrlar feodalizmi sharoitida shakllana
boshlagan kapitalistik munosabatlar G‘arbiy Ovrupa da Renessans
(Uyg‘onish) harakatining paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Madaniyat
tarixida Renessans nomi bilan yuritiladigan ushbu harakat dastlab

105
Italiyada (XIV) va keyinchalik Ovrupa ning boshqa mamlakatlarida


ham yuzaga keladi.
Ishlab chiqarish shakllarining yangi kurtaklari–manufakturaga
o‘tish, buyuk geografik kashfiyotlar (Ovrupa uchun Amerikaning
kashf etilishi, Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi) va dunyo
miqyosida savdo-sotiqning rivojlanishi absolyutizmning g‘alabasi
natijasida feodal tarqoqlikka chek qo‘yilib, milliy davlatlarning pay-
do bo‘lishi, buyuk dehqonlar urushi va xalq qo‘zg‘olonlari – bular
ijtimoiy hayot va ijtimoiy tushunchada qator yangiliklar tug‘diradi.
Antik madaniyat ta’sirida Italiyada san’at mislsiz darajada yuk-
saldi. Italiya, Fransiya, Angliya, Ispaniya va Germaniyada yangi
zamon adabiyoti vujudga keldi.
Uyg‘onish davri madaniyatining ahamiyati uning feodal tuzumi
va cherkovga qarshi g‘oyaviy kurash olib borishi bilan belgilanadi.
Shaxs erkinligi va uni cherkov sirtmog‘idan ozod etish hamda dun-
yoviy madaniyat yaratish uchun o‘z bilim va kuchlarini sarf etgan bu
titanlar – o‘zlarini gumanistlar (lotincha – humanis ya’ni insoniylik)
deb atadilar.
Inson shaxsini ulug‘lash, kishi ongini dinning sarqitlaridan to-
zalash, tabiat va jamiyatni inson manfaatlariga xizmat ettirish
uyg‘onish davrining muhim xususiyatlari hisoblanadi.
Uyg‘onish davrining xususiyatlaridan yana biri antik madaniyat-
ga bo‘dgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Gumanistlar o‘zlarining
ilg‘or fikrlarini asoslash va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash
uchun antik davr ulug‘ siymolari ijodiga murojaat qiladilar. Ular rim
va grek adabiyoti janrlarining turli uslub shakllarigagina emas, balki
ularning tarixiy manbalari, g‘oyaviy mazmuniga ham diqqatlarini
qaratdilar. Italyan olim va yozuvchilari, jumladan birinchi guman-
ist Bokachcho unutib yuborilgan qadimgi qo‘lyozmalarni qidirib
topishga kirishdilar.
Uyg‘onish davrining yana bir xususiyati shundaki, guman-
istik adabiyotning rivoj topishi va uning realistik mazmunda
bo‘lganligidadir. Gumanistlar antik manbalardan tenglik va adolat

106
uchun kurash g‘oyalarini oldilar. Antik adabiyotning bunday xu-


susiyatlaridan ta’sirlanish F.Rablening “Gargantyua va Pantagryul”,
M.Servantesning “Don Kixot”, V.Shekspir va Q.Marloning tragedi-
yalarida yaqqol gavdalanadi. Xalq turmushidan olingan tematik
obraz va folklor motivlari Bokachcho va M.Novarskaya ijodida
yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Uyg‘onish davri vakillari yangi gumanistik ideallar uchun kurash-
da antik meros bilan bir qatorda ikkinchi zo‘r manba – xalq ijodidan
ham foydalanganlar. Xalq yaratgan asarlarning mazmuni, obrazlar
sistemasi, shakli, jamiyat hayotining turli tomonlarini xalq nuqtai
nazaridan baholashi bilan gumanistlarga katta ta’sir etgan. Tenglik,
adolat, vijdon erkinligi g‘oyalari va hayotni sevish, dunyo lazzatlar-
idan foydalana olishni gumanistik yozuvchilar faqat folklordagina
topadilar. Uyg‘onish davrining eng buyuk gumanist yozuvchilari
Bokachcho, Ramble, Servantes va Shekspir ana shu tuganmas man-
badan to‘la foydalanganlar.
Ovrupa mamlakatlari gumanizmi va realistik san’atining shak-
llanishida antik va xalq elementlari bilan bir qatorda italyan guman-
izmi va adabiyoti ham katta rol o‘ynagan. Uyg‘onish davri avval Ital-
iyada XVI asrda boshlangan bo‘lib, Fransiya, Germaniya, Ispaniya,
Angliya va boshqa mamlakatlarda san’at va adabiyotning rivojlan-
ishida antik meros, xalq ijodi bilan bir qatorda italyan gumanizmi,
Petrarka va Bokkachcholarning roli ham nihoyatda katta bo‘lgan.
Antik madaniy meros bilan qiziqish, xalq ijodidan foydalanishning
o‘zi ham boshqa Ovrupa mamlakatlarida italyan gumanizmi ta’siri
ostida boshlangan edi.
Ovrupa Uyg‘onish harakatining ilk vatani – Italiyada kapitalis-
tik sanoatning dastlabki shakli – manufaktura yuzaga keladi. Mam-
lakatning bir qancha shaharlarida savdo-sotiq tez sur’atlar bilan
rivojlanadi. Venetsiya va Genuya savdo bilan mashhur bo‘lgan bir
vaqtda Florensiya sanoat va bank ishlari bilan shuhrat qozonadi. Bu
yerda jun va ipakchilik sanoati avj oladi. Ishchilar bir korxonaga
birlashtiriladi va ularni ekspluatatsiya qilish kuchayadi. Binobarin,

107
bu davr dastlabki kapital to‘plash davri edi. Italiyada shahar-respub-


lika tartiblarining g‘alaba qilishi, hunarmandchilikning va savdo-
sotiqning tez rivojlanishi Renessans harakatining hammadan oldin
shu mamlakatda yuzaga kelishiga zamin hozirladi.
Mamlakat madaniy hayotida misli ko‘rilmagan yangiliklar yuz
bera boshlaydi. XIII-XVI asrlar mobaynida Italiya shaharlarida 22
universitet ochiladi; ularda ilohiyot ilmi emas, balki huquqshunos-
lik, meditsina fanlari o‘rgatiladi. Antik tarix, adabiyot va san’atni
o‘rganish dunyoviy fanlarning rivojiga, shubhasiz, jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi. Bu o‘zgarishlar XV-XVI asrlarda buyuk geografik kash-
fiyotlarni keltirib chiqaradi. Matematika, fizika, astronomiya fanlari
sohasida erishilgan qator yutuqlar Uyg‘onish davrida faqat gumani-
tar bilimlar emas, balki tibbiyot fanlarining ham rivojlanganligidan
darak beradi.
Italiya Uyg‘onish davri adabiyoti – dunyoni insonparvarlik
nuqtaiy nazaridan talqin qilish, insonning o‘zini Parvardigor yarat-
gan eng oliy va mahbub jonzot sifatida tasdiqlashi, odamzodning
kuch-qudratiga ishonch, hurfikrlilik, xurofotlarga nafrat omili sifa-
tida dunyoga keldi. Bu davr italyan adabiyotining atoqli namoyan-
dalari Franchesko Petrarka va Jovanni Bokkachcholardir. Petrarka
lotin tilini o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan vulgar so‘z qatlamlaridan
tozalagan bo‘lsa, Bokkachcho nasrda adabiy tilning yaratuvchisi
bo‘ldi.
Italiyadagi Uyg‘onish davrining eng gullab-yashnagan vaqti XVI
asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Yagona italyan adabiy tilin-
ing shakllanish jarayoni aynan shu davrda yakunlandi.
Uyg‘onish davrida italyan tasviriy san’atida ham jiddiy burilish
sodir bo‘ladi. Shaharlarning taraqqiy etishi natijasida arxitektura,
haykaltaroshlik va rassomlik san’ati, badiiy adabiyot kamol topadi.
Italyan gumanist yozuvchilari klerikal ruhdagi adabiyotdan foy-
dalanib, diniy syujetlarni real voqelikka bog‘lashga intiladilar. Yangi
tematikaga murojaat etish badiiy tasvir usullarini ham o‘zgartiradi.
Bu hol, shubhasiz, o‘rta asr adabiyotidagi allegorizmdan realizmga

108
qarab yo‘l ochadi. Garchi yangi zamonning birinchi shoiri Dante ijo-


dida hali simvolistik tasvirlar mavjud bo‘lsa ham, lekin u asta-sekin
kamayib boradi. Dastlabki gumanistlar – Petrarka va Bokachcho
asarlarida mavhum simvolik iboralar ikkinchi o‘ringa qo‘yilib, real-
izm esa birinchi o‘ringa chiqariladi, voqelikni tipik ravishda, xarak-
terli detallar bilan aks ettirishga kirishiladi.
Italiya Uyg‘onish davri adabiyotini o‘rganish florensiyalik mash-
hur shoir Dante Aligeri(1265–1321) ijodidan boshlanadi. U ikki
katta davr oralig‘ida yashab ijod qildi. Dante o‘rta asrlarning so‘nggi
va shu bilan birga yangi zamonning eng avvalgi shoiri edi.
Dante XIII-XIV asrlarda Italiyaning asosiy madaniy markazi
bo‘lgan Florensiyada tug‘ildi. U she’riyatga erta kirib keldi va ijodin-
ing ilk davrida provans shoirlari ta’sirida asarlar yaratdi. She’riyatda
fors tili hukmron bo‘lgan bir muhitda Alisher Navoiy o‘zbek tilida
ijod qilganday, Dante ham o‘z ona tili – italyan tilida ijod qilgan.
Dante sevgilisi Beatrichega bag‘ishlab “Yangi hayot” she’riy
to‘plamini (1283–1292) chop ettirdi va unga 30 ta sonet(o‘n to‘rtlik)
va kanson(qo‘shiq) kiritdi. Shoir to‘plamda Florensiya go‘zali Bea-
triche Portinarining o‘lmas she’riy obrazini yaratdi. She’rlar xro-
nologik tartibda joylashtirilib, ularning mazmuni nasriy hikoyalar,
falsafiy izohlar bilan sharhlangan.
Shoir to‘qqiz yoshligida ilk bora o‘zi bilan tengdosh bo‘lgan
Beatricheni uchratib, yoqtirib qoladi. To‘qqiz yildan so‘ng ular
yana uchrashadilar, qizning ochiq chehra bilan ta’zim qilishi shoirni
hayajonga soladi. Shu kuni u tush ko‘radi va uni birinchi sonetida
tasvirlaydi. “Yangi hayot” to‘plami G‘arbiy Ovrupa adabiyotidagi
birinchi avtobiografik qissa bo‘lib, unda shoir sevgan qalbning nozik
ruhiy kechinmalarini ustalik bilan tahlil qila olgan.
Dante Beatrichening vafotidan so‘ng ilmiy-falsafiy masala-
lar bilan shug‘ullanadi. 1305-yili u roman tilshunosligi bo‘yicha
dastlabki tadqiqot hisoblanuvchi – “Xalq nutqi haqida” risolasini,
1307–1308-yillari o‘zining mashhur “Ziyorat” traktatini yaratadi.
“Ilohiy komediya” – Danteni butun dunyoga ma’lumu-mashhur

109
qilgan, italyan she’riyatining buyuk durdonalaridan bo‘lib, shoirning


o‘zi asarni “Komediya”(o‘rta asrlarda qayg‘u, g‘am bilan boshlanu-
vchi, xursandchilik bilan yakunlanuvchi har qanday asar komediya
deb atalgan) deb nomlagan. “Ilohiy komediya”ga kirgan dostonlar
“Do‘zax”, “Arosat (A’rof)” va “Jannat” deb atalgan.
Dante tasvirlagan “Do‘zax” (asarning birinchi qismi) yer marka-
ziga voronka shaklida o‘yib tushirilgan joy bo‘lib, unda 9 pog‘onali
chuqurlik bor. Gunohkor jonlar shu pog‘onali chuqurlarda azob
chekadilar. Pastki pog‘onaga tusha borgan sari jon qattiqroq azo-
blanadi. Muhimi shu yerdaki, Dante o‘zining siyosiy muholiflarini
do‘zahga tashlaydi, ayniqsa, xristian dini ruhoniylarini qattiq qora-
laydi va ularni do‘zaxning so‘nggi pog‘onalariga joylashtiradi.
Dantening tasviricha, “A’rof” (poemaning ikkinchi qismi) yer
kurrasiga qarama-qarshi joylashgan. Yer bilan uni katta okean ajratib
turadi. Okean o‘rtasidagi orolda baland tog‘ bor. Tog‘ yetti pog‘onali
bo‘lib, ulardan o‘tib borayotganida aybdorning bittadan gunohi yu-
viladi, 7 pog‘onadan ko‘tarilganda 7 gunoh (mag‘rurlik, ichi qora-
lik, g‘azab, umidsizlanish, tamagirlik, mechkaylik, buzg‘unchilik)
yo‘qoladi va u jannatga chiqadi. “Jannat” ham 9 qavatga bo‘linadi,
jon qancha yuqori pog‘onaga ko‘tarilsa, u go‘yo xudoning shuncha
ko‘p marhamatiga muyassar bo‘ladi.
Dante tabiat hodisalari tasviriga alohida ahamiyat beradi.
“Do‘zax” dagi qayg‘uni aks ettirgan bo‘yoq va zulmat “A’rof”da
ochiq va moviy osmon bilan almashadi. Dante “Jannat” dagi
bog‘larni o‘z vatanidagi yashnagan go‘zal bog‘lar bilan taqqoslaydi.
Dantening “Ilohiy komediya” sining kompozitsiyasi puxta ishlan-
gan. Asar tuzilishida uchlik (poemaning uch qismdan tashkil topishi,
uch yirtqich hayvon, iblisning uch yuzliligi, hatto she’rlarning ter-
sina – uch misrali ekanligi) troitsa haqidagi xristian ideyasi simvoli
sifatida ko‘rinsa ham, lekin asarning yaratilishida antik adabiyot
manbalari asosiy rol o‘ynaydi.
“Ilohiy komediya” nafaqat Dantening, shuningdek, butun o‘rta
asrlar g‘arb she’riyatining eng nodir asaridir. Osiyoda “Ramayana”

110
va “Shohnoma”, “Go‘ro‘g‘li” va “Xamsa” kabi buyuk asarlar dunyo


madaniyati va she’riyatida qanday ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, “Ilo-
hiy komediya” Ovrupa va jahon madaniyati va she’riyatida shunday
ahamiyat kasb etdi.
Buyuk italyan shoiri Franchesko Petrarka (1304 – 1374)ning
ijodi ilk Uyg‘onish davriga to‘g‘ri keladi. Uning ota-onasi Floren-
siyalik bo‘lib, Dante kabi Oq gvelflar partiyasi tarafdorlari bo‘lgan
va shahardan quvg‘in qilinishgan. Aretsso shahrida tug‘ilgan Pe-
trarka, huquqshunoslikni Italiya universtetlarida o‘rgandi, biroq
yurist bo‘lib ishlamadi. Antik madaniyat, uning tarixiga qiziqqan
bo‘lajak shoir, lotin tilini mukammal o‘rgandi. U o‘z hayotini qad-
imgi davr olimlari, rimlik shoir va faylasuflarning qo‘lyozmalarini
tadqiq etishga bag‘ishlashga qaror qildi. Kutubxonalarga kirib ish-
lash imkoniyatini unga ruhoniy rutbasi berar edi. Kardinal Jovanni
Kolonni bilan birga Ovrupa ning ko‘plab mamlakatlari va shahar-
larida bo‘lgan Petrarka, bir necha yil Fransiyaning janubida yashadi
va o‘zining sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullandi. 1342-yili Rimda
unga dafna daraxti yaproqlaridan shuhrat chambari taqdim etildi. Bu
milliy shoirga bo‘lgan yuksak ehtirom edi. 1327-yilning 6-aprelida
Avinon shahrida uning hayotidagi muhim voqealardan biri sodir
bo‘ldi. Bu yerda u ilk bora Laura bilan uchrashdi. Go‘zal xonimning
qiyofasi bir umrga qalbiga muhrlandi. Shoir unga bag‘ishlab ko‘plab
she’rlar, sonetlar bitdi. Lauraga bag‘ishlangan she’rlari ikki qism:
“Madonna Lauraning hayoti” va “Madonna Lauraning o‘limi” dan
iborat bo‘lgan “Qo‘shiqlar kitobi” (1358) to‘plamida jamlagan.
“Afrika” epik dostoni va buyuk rimliklar hayotiga bag‘ishlangan
“Mashhur kishilar haqida” asari Petrarkaning qalamiga mansub.
Shoir tiriklik chog‘laridayoq Italiya adabiy dunyosining yetakchi-
siga aylandi.
Biroq Petrarka jahon adabiyoti tarixida, avvalo, sonetlar muallifi
sifatida nom qozondi.
Sonet janri XIII asrda italyan she’riyatida paydo bo‘ldi. Dan-
tening Beatrichega bag‘ishlangan she’rlari sonet shaklida yozilgan

111
bo‘lsa-da, bu janrni XIV asrda Petrarka yuqori pog‘onaga ko‘tardi.


Ovrupa dagi ko‘plab mamlakat shoirlari uning an’analarini davom
ettirdilar.
Sonet janri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular quyidagilar-
dan iborat: sonet o‘n to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak. Ular to‘rt
bandga bo‘linadi: ikkita birinchi va ikkinchi bandlar to‘rt qatorli
bo‘lib, katrena deb ataladi, uchinchi va to‘rtinchi bandlar uch qatorli
tersetlardan iborat. Petrarkaning sonetlari aynan shu tarzda qurilgan:

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə