O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə41/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Goratsiy (m.o. 65) Vergiliyning zamondoshi va do‘sti, Avgust
davrining ikkinchi ulug‘ shoiri Kvint Goratsiy Flakk miloddan old-
ingi 65 yilda Italiya janubidagi Vinuziya shaharchasida tug‘ilgan.
Uning otasi soliq yig‘uvchi bo‘lib, Apuleyada uncha katta bo‘lmagan
mulkka egalik qilgan. Goratsiy avval Rimda, keyin Afinada saboq
oladi, o‘tmishdagi ulug‘ yunon shoirlarining asarlarini qunt bilan
o‘rganadi. O‘zining aytishicha ilk she’rlarini yunon tilida yozgan.
Uning dastlabki she’rlariyoq kitobxonlarga, shu jumladan Vergiliy-
ga manzur bo‘ladi. Aynan Vergiliy uni adabiyotning atoqli homiysi
Silniy Metsenat bilan tanishtiradi. Shoir sevgi-muhabbat, do‘stlik,
hayot oqimining tez oqarligi haqida yozdi. Avgustning muruvvati
va Metsenantning himmatlari tufayli Goratsiy tez orada muhtojlik
tashvishlaridan qutulib, dorilamon hayot kechira boshlaydi.

84
Goratsiy she’riyatning turli janrlarida ijod qildi: oda, satira, mad-


hiya, nomalar shular jumlasidan. Shoir ijodida san’at va she’riyatning
jamiyatdagi o‘rni masalalariga katta e’tibor qaratilgan. “Avgustga
noma”da she’riyat insonni shakllantirishi, unga taskin berishi, dar-
diga davo bo‘lishi haqida so‘z yuritilsa, “She’riyat san’ati haqida”
nomasida asarni qanday qurish va so‘z boyliklaridan umumli foy-
dalanish, xarakterlarni qanday yaratish haqida maslahatlar beradi.
Uning mashg‘ur “Haykal o‘rnatdim men” qasidasida ijodkor va
she’riyatning umriboqiyligi mavzusi qalamga olingan.
Goratsiyning ijodiy me’rosi bizgacha deyarli to‘la holda yetib
kelgan. Ular quyidagilar:
1. “Epodlar” deb ataluvchi 17 she’rdan iborat bitta to‘plam.
2. “Satiralar” deb ataluvchi 18 she’rdan iborat ikkita to‘plam.
3. “Qasidalar” deb nomlanuvchi 103 she’rdan iborat to‘rtta
to‘plam.
4. “Nomalar” deb ataluvchi 23 she’rdan iborat ikkita to‘plam.
5. “Bayram madhiyasi” she’ri.
Goratsiy ijodida favqulotda o‘rin tutadigan shoh asari shubhasiz,
uning “Qasidalar”idir. To‘rt majmuadan iborat bo‘lgan qasidalarn-
ing birinchi uch qismini shoir miloddan avvalgi 23 yilda, to‘rtinchi
qismini 13 yilda nashr qildiradi. Shoirning o‘zi to‘rtala to‘plamga
kirgan asarlarining barchasini “qo‘shiqlar”, “she’rlar” deb atagan
bo‘lsa ham, antik davrda “qasida” nomi bilan mashhur bo‘lgan.
“Qasidalar” muallifi qadimgi yunon shoirlari ixtiro etgan rang-
barang va murakkab she’riy vaznlardan ustalik bilan foydalangan
va shu orqali Rim she’riyatining shaklini boyitib, unga turli-tuman
go‘zal va nozik taronalar bag‘ishlagan. Qasidalar mazmun jihatidan
ham, janr jihatidan ham benihoyat xilma-xildir.
Goratsiy ijodining butun mazmuni – xoh “Epodlar” da bo‘lsin,
xoh “Satiralar”da bo‘lsin, xoh “Qasidalar”da bo‘lsin – asosan shod-
xurramlikni, yor-do‘stlikni, may va ishq-muhabbatni targ‘ib qilish-
dan iboratdir. Uning fikricha inson uchun bularning birontasidan
saqlanishning hech qanday zaruriyati yo‘q.

85
Goratsiy lotin tilida mutlaqo yangi lirika yaratdi. Qasidalardagi


fikriy teranlik, shakliy rang-baranglik, uslubining nafisligi, ixcham-
ligi, sodda va ravonligi – ulug‘ shoir tomonidan Rim she’riyatiga
kiritilgan yangiliklarning yorqin namunasidir. Shoir o‘z ijodiga
yakun yasab, “Qasidalar” uchinchi majmuasining “Haykal” nomli
mashhur 30-qasidasida Rim she’riyatining taraqqiyoti yo‘lidagi
buyuk xizmatlarini, inchunin, lirik shoir sifatida abadiy barhayot
qolajagini e’tirof etar ekan, g‘urur bilan yozilgan bu so‘zlarda hech
qanday mubolag‘a bo‘lgan emas.
Ulug‘ rus shoiri A.S.Pushkinning mashhur “Haykal” she’rining
yaratilishiga Goratsiyning “Haykal o‘rnatdim men” (“Exegi monu-
mentum”) qasidasi turtki bo‘lgan. Ruschada uni “Pamyatnik neru-
kotvorniy”, “Poxvala pissam” deya atashgan. Antik davrning bu
qasidasidan ilhomlangan M.Lomonosov, G.Derjavin, V.Kapnist,
A.Vostokov, S.Tyutchev kabi XVIII asr mualliflari ham haykal ma-
vzusida o‘z qasidalarini yozishgan. Ammo faqat Pushkinning qasi-
dasi davrlar osha sevib o‘qilmoqda.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə