O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə38/138
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154894
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   138
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul-fayllar.org

Katull. Miloddan avvalgi II asrning oxiri va I asrning kirishida
boshlangan ichki ixtilof va urushlar natijasida Respublika tuzumin-
ing muqarrar halok bo‘lishini sezgan ko‘pgina respublika tarafdor-
lari, kurashni ortiq davom ettirish befoyda ekanligini tushunib, siyo-
siy ishlardan o‘zlarini chetga oladilar. Rim jamiyatining oliy tabaqa-
lari o‘rtasida xuddi ellinizm davrida bo‘lgani kabi, shaxsiy hayotga
moyillik, ijtimoiy masalalarga aloqasi bo‘lmagan san’at va adabi-
yotda ovunchoq axtarish kayfiyatlari kuchayib ketadi. Bu kayfiyat
mazkur ijtimoiy guruh kishilari o‘rtasida maxsus adabiy oqimning
tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Sitseron bu oqimga mansub adiblarni ne-
oteriklar, ya’ni yangi shoirlar deb atagan.
Neoteriklar o‘z faoliyatlarida yolg‘iz ellinizm adabiyoti qonun-
qoidalariga, ayniqsa bu davrning ulug‘ shoiri Kallimax ijodiga er-
gashadilar. Binobarin, ular ham Kallimax singari doston, tragediya
kabi yirik janrlarni inkor etib, faqatgina kichik hajmdagi asarlarni
– epilliylar, epigrammalar, elegiyalarni targ‘ib qiladilar va o‘zlari
ham muttasil shu janrlarda asar yozadilar. She’rning tashqi beza-
giga, tilning nafisligiga, vaznning rango-rangligiga va, eng muhimi,
qahramonlarning ruhiy kechinmalariga ortiq darajada e’tibor berish
– neoteriklarning asosiy xususiyatlaridandir. Binobarin, lotin adabiy
tilini taraqqiy ettirish, she’riyatni shu paytga qadar ko‘rinmagan
yangi-yangi vaznlar bilan boyitish borasida ularning xizmatlari juda
kattadir.

79
Neoteriklar harakatining rivojlangan vaqti eramizdan oldingi I


asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Bu oqimning yirik namoyandalari
Valeriy Katon, Litsiniy Kalv, Gelviy Sinna hamda Valeriy Katull
bo‘lgan. Bularning ichida hammadan ko‘ra kengroq shuhrat tarat-
gani va asarlari bizga qadar bir daraja to‘la holda yetib kelgani – Gay
Valeriy Katulldir (87–54)
Shoirning shuhratini yer yuziga faqat uning lirik she’rlari hamda
epigrammalari yoygan.
Katullning lirik she’rlari, asosan, Klodiya degan rimlik go‘zal
ayolga bag‘ishlangandir. Klodiya 58 yilda Sitseronning surgun qilin-
ishini talab etgan atoqli xalq tribuni Klodiyning singlisi, senator Me-
tellning rafiqasi bo‘lgan. Uning o‘zi ham zamonasining anchagina
nozik tabiat, dono va o‘qimishli ayollaridan biri sifatida mashhur
edi. Katull o‘zining she’rlarida ma’shuqasining ismini ochiq atamas-
dan, Sapfoga nisbatan berib, ulug‘ yunon shoirasining yurti Lesbos
nomiga monand Lesbiya deb ataydi.
Kvintiya go‘zalmish. Yo‘q. U faqat kelishgan.
Oq yuzli va tik qomat. Bir-bir ta’riflay, ammo-
Go‘zal demayman uni Kvintiya xush bichim,
Lekin unda otash yo‘q, o‘t yo‘q dilni yoquvchi.
Go‘zallik Lesbiyada. U barchani lol etgan,
Barcha jononlar sehrin jam aylagan o‘zida.
(Erkin Vohidov tarjimasi)
Biz uning asarlari orasida ishq-muhabbat, yor-do‘stlik mavzu-
larida yozilgan lirik she’rlar bilan bir qatorda, zamonasining ba’zi
bir ijtimoiy voqealarini fosh etuvchi asarlarni ham uchratamiz. Re-
spublika tuzumining kundan-kunga yemirilib borayotganini, axloq
va odobning barbod bo‘layotganini ko‘rgan shoir, albatta, bu fa-
lokatlarga beparvo qarab turolmaydi va butun nafratlarini she’rga
solib, zamonasining nopok kishilari va, xatto, Pompey, Sezar kabi
zo‘ravonlarni hamda ularning yaqin odamlarini sharmanda qiladi.

80
Shoir o‘zining zahrini hammadan ko‘ra ko‘proq Sezarning yirik


amaldori va hamtovog‘i Mamurraga sochadi.
Ikki ablah yaramas bo‘lmishlar apoq-chapoq
Biri mushuk Mamurra, birisi suyuq Sezar.
Qorong‘uda topishgan bu ikki naxs vujudda
Kir maishat, zinoning sira ketmas dog‘i bor.
(Erkin Vohidov tarjimasi)
Epigrammani kamolotga yetkazib, Rim poeziyasining maxsus
janri darajasiga ko‘targan adib ham Katull bo‘lgan. Lotin tilida lirik
poeziya yaratish tarixining o‘zi ham Katull nomi bilan bog‘liqdir.
Katull o‘zidan oldin o‘tgan qalam ahllari singari ko‘hna tarix qa-
tlamlarini axtarib, afsonaviy bahodirlarning sarguzashtlarini emas,
balki o‘zining alam-sitamlari, sevinch va armonlarini qog‘ozga
ko‘chirishni afzal ko‘radi. Shu yo‘sin shoir o‘zining hissiyotlarini
tasvirlash orqali, umuman barcha odamlarga xos ruhiy holatlarni,
ehtiroslar kurashini shu qadar noyob ustalik bilan ko‘rsatadiki,
bu jihatdan antik dunyoda o‘tgan kamdan-kam lirik yozuvchilar
Katull bilan tenglasha oladilar. Uning lirikasi nihoyatda rango-rang,
iboralari sodda, sermazmun va badiiy tasvirga boydir.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə