O’zbekiston republikasi


Pedagogik qobiliyatning tuzilishi qanday?



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə50/67
tarix24.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#160075
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67
Yosh va pedagogik psixologiya ma\'ruzalar matni

Pedagogik qobiliyatning tuzilishi qanday?

Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobilyatlar murakkab va ko’pqirrali psixologik bilimlardan iboratligini ko’rsatib beradi. Ana shu tadqiqot ma’lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o’rin egallaydigan qator komponentlarni (tarkibiy qismlar) ajratib ko’rsatish mumkin.





Didaktik qobiliyat bu bolalarga o’quv materiallarni aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg’otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg’ota oladigan qobilyatdir.


Didaktik kasbiy mahorat, shunchaki bilimlarni osonroq, hammabop va tushunarli qilib, o’quvchilar ongiga yetkazib berish qobiliyatinigina emas, balki shu bilan birga o’quvchilarning mustaqil ishlarini, ularning bilish faolligini oqilona va mohirlik bilan boshqarib, ularni kerakli tomonga yo’naltirib turishdan iborat qobiliyatni ham o’z ichiga oladi. Mana shu qobiliyatlar asosida o’quvchilar psixologiyasiga xos doimiy ustanovka ( yo’naltirish) yotadi. qobiliyatli pedagog o’quvchilarning tayyorlik darajasini, ularning taraqqiyot darajasini, ularning taraqqiyot darajasini hisobga olgan holda bolalarning nimani bilish va nimani bilmasligini, nimalarni allaqachon esdan chiqarganliklarini tasavvur qila oladi.


Ko’pchilik o’qituvchilarga, ayniqsa xafsalasiz o’qituvchilarga, o’quv materiali oddiygina va hech qanday alohida tushuntirish hamda izoh berishni talab qilmaydigandek tuyuladi. Bunday o’qituvchilar o’quvchilarni emas, balki birinchi galda o’zlarini nazarda tutib ish olib boradilar. Shuning uchun ham o’quv materialini o’ziga qarab tanlaydilar. qobiliyatli, tajribali o’qituvchilar esa o’zlarini o’quvchi o’rniga qo’yib, kattalar uchun aniq, ravshan va tushunarli bo’lgan material o’quvchilar uchun noaniq va tushunarsiz bo’lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo’ladilar.
Snuning uchun ham bunday o’quvchilar materialning xarakteri va uni bayon etish usullarini alohida o’ylab ko’rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish jarayonida qobilyatli o’qituvchi uchun o’quvchilarning qanday tushunayotganliklari va zarur bo’lganda dars bayonotiga alohida e’tibor berishga intilayotganliklari kabi qator belgilarga qarab to’g’ri tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi.
Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko’ra bilish xarakteridagi matnda o’qituvchining fikri ayrim sinf o’quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko’rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shunday so’ng esa matnni o’quvchilarga yengil va ularnining o’zlashtirilishi uchun qulay qilib tuzish tavsiya etiladi. Qobiliyatli o’qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o’zlashtirish, o’quvchilarga bir oz nafas olib, o’zlariga kelib olishlari va o’z diqqat – e’tiborlarini bir joyga qo’yib, ayrim qo’zg’alishlarni «so’ndirib», boshqalarni esa jadallashtirib, ularning bo’shashaganligini, sustligini va loqaydligini yengishlari uchun zamin tayyorlash zarurligini ham nazarda tutadi. Bunday o’qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars o’quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishning vujudga keltirib, miya faoliyati tormozlanadi va o’quvchining so’zlari yetarlicha idrok qilinmaydi.

Akademik qobilyat- bir qancha fanlarga oid bilimdonlik qobiliyati o’qituvchi o’z fanini faqat hajmidagina emas, balki atroflicha, keng, chuqur bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib,o’quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo’lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.


Ko’pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o’qituvchi o’z fani bo’yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirish, o’quvchilarda katta qiziqish uyg’ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli, keng erudisiyali (bilimdon) odam bo’lmog’i lozim.


Bunday o’qituvchilar haqida o’quvchilar: «Mahmud aka xuddi professorning o’zginasi – ya. Biz uning bilmagan birorta sohasi bormikin deb tez – tez o’ylab turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba’zan o’qituvchilar o’z o’qituvchisi haqida «Baqir – chaqir qiladi – yu, ammo zarracha bilimi yo’q» deb butunlay teskarisini aytsalar, juda alam qiladi.

Perseptiv qobiliyat – bu o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o’quvchi shaxsining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog’liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.


Qobiliyatli o’qituvchi bolalarning har qanday mayda - chuyda hatti – harakatlarida, yorqin ifodalanadigan ayrim tashqi holatlarida hamda ularning ichki dunyosida yuzaga keladigan o’zgarishlarni sezdirmasdan bilib oladi. Ana shunday hollarda o’quvchilar: «Muhabbat opa kimningdir kayfiyatida o’zgarishlar bo’lsa yoki kimdir darsga tayyorlanmasdan kelgan bo’lsa ko’ziga qaraboq bilib oladi», deydilar.



Nutq qobiliyati - kishining o’z tuyg’u – hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir.

O ’qituvchidan o’quvchilarga uzatiladigan axborot, asosan, ikkinchi signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatdan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. («Biz uchun adabiyot o’qituvchimiz – Nazira opaning darsini eshitishdan katta lazzat yo’q. Nazira opamlar shu qadar yaxshi va chiroylik qilib gapiradilarki, hatto tanaffusga chalinadigan qo’ng’iroq ham xalaqit beradi»).


Darsda qobiliyatli o’quvchining nutqi hamma vaqt o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi. O’qituvchi yangi materialni tushuntiradimi, o’quvchilar javobini sharhlab beradimi, o’quvchilar javobini, ularning xatti – harakatlari yoki xulq - atvorini ma’qullaydimi yoki tanbeh beradimi, xullas nima qilishidan qat’iy nazar, nutqi hamma vaqt o’zining ishonchliligi, jozibadorligi kabi ichki quvvat bilan alohida ajralib turishi lozim.
O ’qituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq, ravshan, oddiy va o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishi kerak.
B eriladigan axborotlar shunday tuzilishi kerakki, bunda o’quvchilarning fikru – zikri va diqqat – e’tiborini faollashtiradigan bo’lsin. Buning uchun esa o’qituvchi o’rtaga savol tashlab, asta sekinlik bilan o’quvchilarni to’g’ri javobga olib keladi, o’quvchilarning diqqat – e’tiborini faollashtiruvchi («Bunda ayniqsa ziyrak bo’ling!», «O’ylab , yana o’ylab ko’ring!») so’z va iboralarni o’z me’yorida ishlatiladi.
O ’qituvchi uzun jumlalarni, murakkab og’zaki izohlarni, qiyin atamalarni va zarurati bo’lmasa, utrli ta’riflarni ishlatmasligi lozim. Shu bilan birga o’qituvchi shuni hisobga olishi kerakki, o’qituvchining lo’nda – lo’nda bo’lib chiqqan qisqa nutqi ko’p hollarda o’-quvchilarga tushunarsiz bo’lib qolar ekan. O’qituvchining o’z o’rnida ishlatiladigan hazil aralash va xayrihohlik bildiruvchi arzimagan kinoyali nutqi o’quvchilarni juda jonlantirib, o’quvchilar tomonidan o’ta yaxshi qabul qilinar ekan.
Q obiliyatli o’qituvchining nutqi jonli, obrazli, aniq - ravshan va ifodali, emosiyaga boy, dona – dona bo’lib bunda stilistik va grammatik xatolar mutlaqo bo’lmasligi lozim.
B ir xil ohangdagi nutq o’quvchilarni juda tez toliqtirib, ularni zeriktiradi va behafsala qilib qo’yadi. Bu bilan birga bunday nutq I.P.Pavlovning fiziologik ta’limotga ko’ra, doimiy ta’sir etuvchan qo’zg’ovchiga aylanib, bosh miya katta yarim sharlari po’stida tormozlanish jarayonini yuzaga keltirib, o’quvchini va uyquchan qilib qo’yadi. Nutq tezligi ko’p jihatdan o’qituvchining individual psixologik xususiyatiga bog’liq. Ayrim o’qituvchilar tez gapirsalar, boshqalari sekin gapiradilar. Ammo o’qituvchi o’quvchilarning bilimlarini egallab olishlari uchun eng qulay tezlikdagi nutq o’rtacha jonli nutq ekanligini esdan chiqarmasligi lozim.
Shoshqoloqlik nutq bilim o’zlashtirishiga xalaqit berib, bolalarni tez toliqtiradi va muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. O’ta sekin nutq lanjlik va zerikishga olib keladi. Nutqning balandligi - qattiq gapirish ham xuddi shu singari hollarga olib keladi. Haddan tashqari qattiq, keskin, baqirib gapirish o’quvchilarning asabiga tegib, ularni tez toliqtirib, muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. Mana shu yerda sharq mutafakkirlaridan Nasriddin Tusiyning «….o’qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharli qo’pol yoki qattiq bo’lishi mumkin emas. Dars paytida o’qituvchining o’zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin”… degan nasihatini keltirishimiz juda muhim bo’lardi. O’qituvchining bo’sh, past ovozi yomon eshitiladi Nutqi imo ishoralar turli keskin harakatlar tajribali o’qituvchilarda o’z meyorida ishlatiladi. Lekin bir xildagi tinimsiz harakatlarning haddan tashqari ko’p bo’lishi kishining asabiga tegadi.

Tashkilotchilik qobiliyati- bu birinchidan o’quvilar jamoasini uyushtira bilish bunda jamoanijipslashtira olish va ikkinchidan o’zining shaxsiy ishini to’g’ri tashkil qila olish qobiliyatidir

O’qituvchining o’z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o’z ishini to’g’ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali o’qituvchilarda vaqtga nisbatan o’ziga xos sezuvchanlik – ishni vaqtarbiya bo’yicha to’g’ri taqsimlab, mo’ljallangan vaqtdan to’g’ri foydalana olish ko’nikmasi paydo bo’ladi. Dars davomida albatta, ko’p hollarda vaqtni behuda yo’qotish ham mumkin. Lekin bu yo’qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tuzilgan hollarda bo’lishi mumkin. Tajribali o’qituvchilar vaqtni seza bilishni o’rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10,20, 30 va boshqa daqiqalari davomida mabodo ko’zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday qo’shimcha materiallarni tayyorlash yoki vaqt yetmay qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar.



Avtoritar qobiliyat – bu o’quvchilarga bevosita emosional irodaviy ta’sir etib, ularda obro’ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir. (Garchan o’qituvchining o’z fanini mukammal bilishi, sezgirligi va xushmuomalaligi asosida qozoniladi).
Avtoritar qobiliyat o’qituvchining rostgo’yligi, irodaviy uddaburonligi, o’zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi xislatlarga ham bog’liqdir.

O’quvchilar (ayniqsa, o’g’il bolalar, o’spirinlar – buni alohida ta’kidlab o’tishi kerak) talab qilishni biladigan, o’quvchilarni majbur qilmagan va do’q - po’pisa qilmagan, shu bilan birga behuda rasmiyatchilikka yo’l qo’ymagan holda o’z aytganini qildira oladigan o’qituvchilarni juda hurmat qiladilar.



Kommunikativ qobiliyat– bu bolalar bilan muloqotda bo’lishga, o’quvchilarga yondashish uchun to’g’ri yo’l topa bilishiga, ular bilan pedagogik nuqtai – nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa bog’lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.

Pedagogik takt psixologiyasini o’rganishda psixolog I.V. Straxov benihoya katta hissa qo’shgan. Uning fikricha bunda muhimi - o’quvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa bilish tarbiyaviy ta’sirni qo’llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olish, o’quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir. Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri – har qanday pedagogik ta’sirga nisbatan qo’llaniladigan chora – tadbirlarni (rag’batlantirish, jazolash, pand –nasihat) his eta bilishdan iboratdir.



Pedagogik xayol – bu kishining o’quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyihalashtirishda o’z ish – harakatlarining natijasini oldindan ko’ra bilishda namoyon bo’ladigan qobiliyatdir.

Bu qobiliyat o’qituvchi ma’lum o’quvchidan kelgusiga kim chiqishini ko’z oldiga keltirishida, tarbiyalanuvchilardan u yoki bu xildagi xislatlarni o’sib rivojlanishini oldindan ko’ra bilishida namoyon bo’ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm tarbiyaning kuchiga o’quvchilarga bo’lgan ishonch bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham o’quvchilar ayrim o’qituvchilar to’g’risida: «Axmat akamlar, ichimizdagi eng yaramaslarga ham ishonchlarini yo’qotmasdilar, shuning uchun ham biz ularni hurmat qilardik», degan fikrlarni izhor qilardilar.



Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati- bu qobiliyat bir vaqtning o’zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo’lib, o’qituvchi ishida g’oyat muhim ahamiyatga egadir

Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zining diqqat e’tiborini o’quv materialini qanday bayon etilishiga , uning mazmuniga, o’z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishiga yki o’quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni kuzatib, ularni toliqqan toliqmaganliga e’tiborli yoki e’triborsizligiga, darsni tushunish tushunmasligiga ahamiyat berib, o’quvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o’zining shaxsiy xulq atvoriga ( yurish turishiga, o’zining qanday tutishiga, mimika va pontamimikasiga ) e’tibor beradi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qobiliyatlardan tashqari o’qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik, kabi qator ijobyuiy xislatlariga ega bo’lishi lozim. U o’quvchilarni tarbiyalar ekan, o’zining xulq- atvori, yurish- turishi, xullas, butun o’qituvchilik shaxsi bilan o’quvchilarga o’rnak bo’lishi kerak. O’qituvchining o’zini qo’lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir.


Xulosa qilib, shuni aytish joizki, o’qituvchining barcha ijobiy, umum insoniy axloq me’yorlariga mos keluvchi xislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi xislatlarni olib qaraydigan bo’lsak, bularning barchasi ham o’ta muhim omillardir. Jumladan,o’qituvchining tashqi qiyofasi uning obro’si shakllanishiga ta’sir etadi. O’qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta- saranjonligi, sipogarchiligi, uning qiliqlari, o’zining chiroylik tutishi, uning qaddi- qomati va yurish- turishlari o’quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi.
Sharq mutafakkirlari o’qituvchi o’zi o’qib tursagina – o’qituvchi bo’la oladi, agar u o’qishni to’xtatib qo’yar ekan. Unda o’qituvchilik ham o’ladi, deb juda haqqoniy aytganlar. Bu haqiqatni yoshi qancha bo’lishidan qa’tiy nazar barcha o’qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə