O`zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Kuch layoqatini rivojlantirish usullari



Yüklə 458,04 Kb.
səhifə14/111
tarix11.05.2022
ölçüsü458,04 Kb.
#86463
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111
Jismoniy sifatlar

1.4. Kuch layoqatini rivojlantirish usullari

Kuch layoqatining yo`naltirilgan rivojlanishi faqat mushaklar maksimal taranglashgandagina yuz beradi. Shuning uchun kuch tayyorgarligi usuliyatining asosiy muammosi, mashg`ulotlar jarayonida mushaklar kuchlanishining eng yuqori darajasini ta`minlashdir. Usuliy jihatdan maksimal kuchlanishlar hosil qilishning turli yo`llari bor o`ta og`ir yuklarni bir necha marta ko`tarish, katta bo`lmagan og`irlikdagi yuklarni ko`p martalab ko`tarish mushaklar doimiy cho`zilgan holda tashqi qarshiliklarni yengish va h.k. Keltirilgan mushak kuchlanishlarini hosil qilishning quyidagi usullari mavjud:



  1. Maksimal urinishlar usuli

  2. Chegaraviy bo`lmagan urinishlar usuli

  3. Izometrik urinishlar usuli

  4. Izokinetik urinishlar usuli

  5. Dinamik urinishlar usuli

  6. Jadal” usul

Ta`kidlab o`tish kerakki, usullarning bunday nomlanishi kuch mashg`ulotlari nazariyasi va amaliyotida keng tarqalgan ularning yaxshi tomoni qisqaligida. Lekin ilmiy nuqtai nazardan kuchni rivojlantirish usullarini bunday nomlash juda ham to`g`ri emas, chunki masalan, maksimal izotermik va izokinetik urinishlar usullari, qaytarma mashqlar sinfiga ham kiradi. Mushaklarning dinamik qisqarishi nafaqat dinamik urinishlar usuliga, boshqa ko`plab usullar uchun ham xosdir.


Yüklə 458,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə