O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi to‘G‘risidagi nizomni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari



Yüklə 69,53 Kb.
səhifə5/26
tarix30.12.2022
ölçüsü69,53 Kb.
#98064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
8-B

2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
2) davlat ta’lim talablari takomillashtirilishini va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida ta’lim sifati monitoringi olib borilishini tashkil etish;
3) o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va nashr etish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
4) bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va reabilitatsiya qilishni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
5) maktabgacha ta’lim tashkilotlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
(12-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
6) Vazirlik tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
7) hududiy bo‘linmalarda va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlar bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish;
8) idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga ko‘maklashish, ularni rivojlantirish konsepsiyalari va istiqbollarini belgilash.
13. Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;
2) hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlaydi;
3) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi vaziri (keyingi o‘rinlarda Vazir deb ataladi) va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini o‘z vakolatlari doirasida tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
4) Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
(13-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
5) hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil etadi;
6) maktabgacha ta’limni rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga ko‘maklashadi;
7) Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi;
8) boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida maktabgacha ta’lim tendensiyalari to‘g‘risida Vazirlik rahbariyati uchun axborotni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
9) maktabgacha ta’lim masalalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi;
10) Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi;
11) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi va tahlil etadi;
12) Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda o‘ziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
13) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(13-bandning 13-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə