O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə53/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Kerakli jihozlar: “Ch” tovushi bor suratlar
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “Ch” tovushi bilan tanishamiz. Choynak so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: choynak men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: ch-ch-choy-nak, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: CHo-o-o-y-nak 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: CHoy-y-y-nak 3- to‘rtburchak chiziladi: — choynak so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“Ch” tovushi) Bugun siz “Ch” tovushi bilan tanishasiz. “Ch” tovushi bolalarga talaffuz qildiriladi.
Lablar aylana shaklida va oldinga bir oz oldinga chiqqan, tishlar bir- biriga jipslashgan, til uchi, til kuragi yuqoridagi tishlar yoki alveolalar bilan birikadi.Bu birikuv sekin-asta ular o‘rtasidagi tirqishga aylanadi, til o‘rtasidan qisqa havo oqimi o‘tadi. Buni his etish uchun qo‘l kaftini og‘iz oldiga olib kelish kerak, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga qisilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib qo‘yadi, havo esa og‘iz orqali o‘tadi, tovushning bog‘lamlari ochiq, tovush jaranglamaydi.
Tarbiyachi endi men “Ch” tovushini birga talaffuz qilamiz. “Ch” tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) “Ch” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
- “Ch” tovushi qanday tovush?
- Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
Ch” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
Ch” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “Ch” tovushining so‘z boshida (choy, chol, chana, cho‘mich), o‘rtasida (To‘ychi, Yo‘lchi, Barchin ), oxirida (och, soch, qoch) kelishi; haqida so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytishi, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “Ch” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.



Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə