O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə51/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Kerakli jihozlar:

Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “Q” tovushi bilan tanishamiz.
Quyon so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Quyon men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: Q-q-q-u-yon, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: Qu-u-u-yon 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Qu-yo-yo-yo-n 3- to‘rtburchak chiziladi: — Quyon so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“Q” tovushi) Bugun siz “Q” tovushi bilan tanishasiz. “Q” tovushi bolalarga talaffuz qildiriladi. “Q” tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) Tarbiyachi “Q” tovushining hosil bo‘lishini tushuntiradi. “Q” tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd etiladi. “Q” tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so‘raladi:
Q” tovushi qanday tovush?
Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
Q” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
Q” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “Q” tovushining so‘z boshida (qush, qish, qop, qarg‘a), o‘rtasida (Oqila, Aqida ), oxirida (o`roq, taroq, ayiq) kelishi; haqida so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytishi, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “Q” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.
Bolalar bilan amaliy mashq “Eslab qoling va aytib bering”
Tarbiyachi bolalarga qofiyadosh so‘zlarni aytadi, bolalar takrorlaydilar.
Qor-tor, qo‘y-so‘y, qosh-tosh, qayiq- ayiq, o‘roq- so‘roq, qoya- soya.



Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə